81
Pul bozori investitsiya va jamg‗armalar tengligini hamda to‗liq
bandlik sharoitini ta‘minlaydi. Faqatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida
«ixtiyoriy‘ ishsizlik bo‗lishi mumkin, deb hisoblashadi. Bu shuni
bildiradiki, AD va AS ning muvozanat nuqtasida ishlab chiqarish hajmi
(Y) uning potensial hajmiga esa (Y*) teng.
Iqtisodiyotda yaratilgan
daromadlaning bir qismi jamg‗arilishi yalpi talabning yalpi taklifni
qoplashi uchun yetishmasligiga olib kelmaydi, chunki har bir
jamg‗arilgan so‗m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb
ta‘kidlashadi.
Agarda, tadbirkorlar uy xo‗jaliklarining jamg‗armalari
miqdorida
investitsiya qilishsa, ishlab chiqarish hamda bandlik darajalari doimiy
bo‗lib qoladi.
Klassik iqtisodchilar ta‘kidlashlaricha, kapitalizmning o‗ziga xos
pul bozori mavjud va bu bozor jamg‗arma va investitsiyalarning
tengligini ta‘minlaydi. Bunda tenglashtiruvchi omil rolini foiz stavkasi
o‗taydi (7.1-chizma). Shuning uchun ham to‗liq bandlik mavjud bo‗ladi.
Bu iqtisodchilar davlatning iqtisodiyotga
aralashuvi qisqa muddatli
samara bersada, uzoq muddatga, oxir-oqibat bozor iqtisodiyotining
tabiiy harakat
mexanizmiga notabiiy aralashilganligi uchun, salbiy oqibatlarga
olib keladi deb hisoblashadi.
7.1-chizma.
Jamg‗arish-investitsiya grafigi
R
S
R
I I, S
I=S
82
7.2.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari
1936 yili ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm
iqtisodiyotiga yangi, ish bilan bandlik nazariyasini kiritadi. U o‗zining
«Pul, foiz va ish bilan bandlikning umumiy nazariyasi‘ asarida yangicha
iqtisodiy muvozanat nazariyasini izohlab berdi.
Keyns makroiqtisodiy muvozanatga to‗liq bo‗lmagan bandlik
sharoitida ham erishish mumkinligini, to‗la ish bilan bandlik qonuniy
holat
emasligini, balki tartibga solinmagan iqtisodiyotda tasodifiy ro‗y
berishigina mumkinligini isbotlab berdi. Shuningdek, bu nazariyada
iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy ofat va shu kabi
vaziyatlargagina bog‗liq emasligini, balki u tinchlik yillarida ham
ichki
omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chiqishi mumkinligi asoslagan.
Ishsizlik va inflyatsiyaning kelib chiqishi investitsiya va jamg‗armalarga
bevosita bog‗liq. Narxlarning oshishi va ish haqining pasayishi boshqa
salbiy omillar bilan birga iqtisodiyotning beqarorligiga olib keladi.
Bunday
nomutonosibliklar
rejalashtirilgan
investitsiyalar
va
jamg‗armalarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli ro‗y beradi.
Bunga
sabab
birinchidan,
jamg‗arish
va
investitsiyalash
to‗g‗risidagi qarorlarni har xil guruhlardagi odamlar turli maqsadlarda
qabul qilishi bo‗lsa. ikkinchidan, jamg‗aruvchilar va investorlarni
jamg‗arish va investitsiyalashga turlicha sabablar undaydi. Keynschilar
fikricha, jamg‗arma va investitsiyalar bitta omilga bog‗liq bo‗lmagan
holda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar qiymati
o‗zining ish haqi miqdoridan ortiq bo‗lgan
mahsulotlarni sotib olish
uchun, masalan avtomobil yoki televizor xarid qilish uchun
jamg‗arishadi. Jamg‗armalar biror shaxs yoki oilaning kelajakdagi
iste‘molini qondirish maqsadida, ya‘ni, uy xo‗jaliklari oila boshlig‗ining
nafaqaga chiqqandan keyingi hayotini yoki bolalari kelajagini
ta‘minlash maqsadida amalga oshiriladi. Bundan tashqari jamg‗armalar
tasodifiy
vaziyatlarda
foydalanish
maqsadida
ham
amalga
oshiriladi.Investorlarni investitsiya qilishga undovchi sabablar esa foiz
stavkasi bilan birga kutilayotgan sof foyda normasi hamdir.Klassiklar
nazariyasi bo‗yicha jamg‗arma va investitsiyalar miqdorini aniqlaydigan
83
asosiy omil foiz stavkasi hisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo‗jaliklari
kamroq iste‘mol qilib, ko‗proq jamg‗arishga harakat qilishadi. Uy
xo‗jaliklarida
jamg‗armalarning
ko‗payishi
kredit
narxlarining
kamayishiga olib keladi. Bu esa o‗z vaqtida investitsiyaning o‗sishini
ta‘minlaydi.
Keynschilar
fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki aholining
ixtiyoridagi daromadi iste‘mol va jamg‗arish dinamikasini belgilab
beradi. Keltirilgan nazariy asoslarga tayangan holda Keyns o‗zining
makroiqtisodiy muvozant modelini ishlab chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: