O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarqand davlat universeteti



Download 1,2 Mb.
bet84/111
Sana11.06.2022
Hajmi1,2 Mb.
#653274
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   111
Bog'liq
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT-converted

Ma’muriy usullar antimonomol tadbirlar, majburiy standartlarni o’rnatish, tadbirkorlik faoliyatini lisenziyalash va subyektlarini ro’yxatga olish kabilarni o’z ichiga oladi.
Ijtimoiy usullarga davlat ijtimoiy ta‘minoti, minimal ish haqini o’rnatish, ishsizlik nafaqalarini berish kabilar kiradi.
Iqtisodiy usullar byudjetdan moliyalashtirish, davlat xaridi, davlat sektori faoliyati kabi to’g’ridan-to’g’ri usullarni va byudjet-soliq hamda pul-kredit siyosatidan iborat bevosita tartibga solish usullarini o’z ichiga oladi..
Davlat byudjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to’lovlari) ko’paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki byudjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi mutanosiblikni ta‘minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko’rsatish, baholar ustidan nazorat o’rnatish, eksport va import qilinadigan tovarlarga kvotalar o’rnatish va shuningdek, mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan chora- tadbirlar majmuasidan iborat.
152

12.1-rasm. Davlat xusussiy sektorlarida ish haqining


korreksiyalash

Davlat tomonidan ko’rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subvensiya va subsidiya shakllarida olib boriladi.


Subsidiyalar – bu, pul yoki natura ko’rinishidagi yordam turi bo’lib, byudjet va byudjetdan tashkari fondlardan ko’rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo’lishi mumkin. Bevosita subsidiyalarga kapital qo’yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlarni qayta tayyorlashga ajratilgan mablag’lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga soliq imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va boshqalar kiradi.
Bundan tashkari davlat aholini davlat transfertlari ko’rinishida himoya qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko’p qirrali soliqlar tizimidan foydalaniladi. Aholi davlat byudjetiga har oyda olgan daromadlariga qarab daromad soligi to’laydi, korxonalar esa olgan foydasiga qarab foydadan soliq to’laydilar. Shu kabi juda ko’p mavjud soliq turlaridan oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq siyosatini, soliq stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu bilan
153
butun makroiqtisodiy vaziyatga ta‘sir ko’rsatadi. Soliqlarni o’zgartirish orqali investitsiyalar va jamg’armalar rag’batlantiriladi.
Pul-kredit siyosati mamlakatda pul massasini tartibga solishga karatilgan va uning asosiy vazifasi baholar va real milliy ishlab chiqarish hajmining o’sishiga mos keladigan pul massasini ta‘minlashdan iborat. Bu siyosatning asosiy vositasi Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan hisob stavkasini tartibga solish, tijorat banklarining majburiy ravishda Markaziy bankda saqlaydigan zaxiralari normasini o’zgartirish, qimmatli qog’ozlar bo’yicha ochiq bozordagi operasiyalarni yo’lga qo’yish va shuningdek, boshqa tadbirlardir.
Davlat monopoliyani cheklash va raqobat muhitini yaratishi zarur. Bu vazifa monopoliyaga qarshi qonunlarga tayanilgan holda olib boriladi. O’zbekiston Respublikasida bu vazifani amalga oshirish Monopoliyadan chiqarish raqobat va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash Davlat qo’mitasi zimmasiga yuklatilgan.
Monopollashuvga qarshi kurash maqsadlarida monopol korxonalar reyestri tuziladi. Bunda monopol korxonalar tabiiy monopoliya va tabiiy monopoliya hisoblanmagan korxonalarga bo’linadi. Tabiiy monopol bo’lmagan korxonalarni monopoliyadan chiqarish chora- tadbirlari ko’riladi.
Tabiiy monopoliyalar obyektiv shart-sharoitlarga ko’ra monopol bo’lishi zarur, yoki monopoliyadan chiqarish ilojsiz bo’lgan korxona yoki tarmoqlardir.
Tabiiy monopolist korxonalar o’z mavqe‘laridan foydalanib mahsuloti va xizmatlari baxosini asossiz ko’tarib yuborishlariga yo’l qo’ymaslik uchun ularga rentabellilikning yukori chegarasi belgilab beriladi. Bu chegarani buzgan korxonaga moliyaviy jazo choralari qo’llaniladi.
Masalan, bu chegara 20% deb belgilangan bo’lsin. Korxona mahsuloti tannarxi 10000 so’m bo’lgani holda uni 13000 so’mga sotsa belgilangan me‘yoriy chegarani buzgan hisoblanadi. Chunki korxona 20% emas balki 30 foiz foyda normasi darajasida ustama belgilayapti. Shu sababli ortiqcha hisoblangan 1000 so’m (13000-12000) davlat
154
ixtiyoriga olinadi va monopolist korxonaga qo’shimcha moliyaviy jazo ham qo’llaniladi.
Davlat bu yo’l bilan iste‘molchilar huquqlarini himoya qiladi. Agar mahsulot bahosi korxonaga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra oshib ketgan bo’lsa va bu isbotlansa qonun talablari buzilmagan hisoblanadi.
Raqobat muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash maqsadida davlat mulki xususiylashtiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Davlat Mulk qo’mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda davlat mulkini bevosita bitta xaridorga sotish, investitsiya kiritish majburiyatini olib bepul tassarrufiga berish, bosqichma bosqich bahosini tushirib sotish, aksionerlashtirish kabi usullar qo’llaniladi.
Agar respublikamizda xususiylashtirishning dastlabki bosqichida uy joy fondi, savdo va maishiy xizmat obyektlari va mahalliy sanoat korxonalari xususiy shaxslarga sotilgan bo’lsa, keyingi bosqichda o’rta va yirikroq korxonalarni aksionerlashtirish yo’li bilan davlat tasarrufidan chiqarishga kirishildi.
Tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab quvvatlash, shuningdek ularning huquqlarini himoya qilish orqali ham amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotni tartibga solish vositalaridan yana biri davlat tomonidan iqtisodiyot kelajagini oldindan taxminlash (prognozlash) va uni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish hamda hayotga tatbiq etish hisoblanadi. Davlat byurtmasiga asosan uzoq va qisqa muddatlarga mo’ljallangan prognozlar tuziladi. Prognozlarda resurslar, texnologiya, ichki bozor hajmi va tarkibi, eksport va import, davlat xarajatlari, ishlab chiqarish tarkibidagi o’zgarishlar, matematik modellar asosida hisob- kitob qilinadi va iqtisodiyotning qaysi yo’nalishda rivojlanishi aniqlanadi.

155


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish