O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarqand davlat universeteti



Download 1,2 Mb.
bet53/111
Sana11.06.2022
Hajmi1,2 Mb.
#653274
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   111
Bog'liq
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT-converted

VIII BOB. PUL BOZORIDA MUVOZANAT


    1. Pul tushunchasi, funktsiyalari, pul muomalasi va uni

o’lchash

Iqtisodiy adabiyotlarda pul tushunchasiga bir necha ta'riflar berilgan. Keling, quyidagilarni ta'kidlab o’tamiz:



  • bitimlar uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan moliyaviy aktivlarning turi;

  • tovar ayirboshlashda universal ekvivalent rolini o’ynaydigan maxsus tovar;

  • inflyatsiya jarayonlari, siklik tebranishlar, iqtisodiyotdagi muvozanat holatiga erishish mexanizmi, tovar va pul bozorlari faoliyatining tahlilini amalga oshiradigan muhim makroiqtisodiy kategoriya;

  • barqaror narx darajasida daromad keltirmaydigan mulkning o’ziga xos turi.

Pul – iqtisodiyot subyektlari mulkining bir turi bo’lib, mulkning boshqa turlaridan ikki xususiyatiga ko’ra farq qiladi; birinchidan, pul yuqori likvidliliklar, ya‘ni qisqa muddatda, sezilarsiz sarf - xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatiga ega; ikkinchidan baholar o’zgarmas bo’lgan sharoitda pul yoki hech qanday daromad keltirmaydi, yoki uning daromadliligi darajasi boshqa mulk turlarinikidan ancha kam. Shunga qaramasdan kishilar nima uchun mulk sifatida pulga egalik qilishga harakat qiladilar? Bu savolga javobni pulning funksiyalaridan topamiz.
Odatda pulning uch asosiy funksiyasi mavjud deb qaraladi.

Bular : 1) to‘lov vositasi (almashinuv vositasi); qiymat o‘lchovi vositasi,. jamg‘arish ( boylik to‘plash) vositasi.


Umumiy ekvivalentlilik, yuqori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal to„lov vositasiga aylantiradi. Hozirgi zamon iqtisodiyotida to’lovlar uch yo’l bilan amalga oshiriladi: 1) naqd pul to’lovi; 2) bankdagi hisobvaraqlarda yozuv orqali, ya‘ni naqd bo’lmagan pul ko’chirish orqali; 3) bir shaxsning ikkinchi shaxsga qarzdorliligini tasdiqlovchi hujjatlar( veksellar, qarz majburiyatlari) yordamida.
90
Qiymat o„lchovi sifatida pullar tovarlar bahosini ifodalaydi va turli tovarlar qiymatini taqqoslash imkonini beradi. O’z tovari uchun olgan pulini sotuvchi doim ham birdaniga ishlatavermaydi. Shu sababga ko’ra pullar ularga o’tkazilgan qiymatni saqlab turishlari juda muhim. Agar pul aytilgan xususiyatga ega bo’lsa, unda u boylik to„plash maqsadida jamg’ariladi. Pulning bu funksiyasini muqobil tarzda mulkning boshqa turlari - obligasiyalar, aksiyalar, ko’chmas mulk ham bajarishi mumkin. Rivojlangan iqtisodiyot sharoitida pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasi jamg’arish vositasi vazifasiga nisbatan muhimroq ahamiyat kasb etadi.
Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar barcha turdagi to’lov vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz depozitlarning likvidliligi djarajasi muddatli depozitlarga yoki veksellarga qaraganda yuqoriroq. Shu sababli pul massasi likvidlilik darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan agregatlarga bo’linadi. Rivojlangan mamlakatlarda pul massasini aniqlashda - M1; M2; M3; deb belgilanadigan pul agregatlaridan foydalaniladi.
Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o’zaro farq qilish mumkin. Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz:
M0- muomaladagi naqd pul;
M1 = M0 + aholining omonat kassalarida talab qilinadigan depozitlari, aholi va korxonalarning tijorat banklaridagi depozitlar, aholi va korxonalarning hisob-kitob va joriy hisobvaraqlaridagi mablag’lari;
M2 =M1 + omonat kassalarida muddatli depozitlar;
M3 = M2+ bank depozit sertifikatlari, davlat zayomlari.
Makroiqtisodiy tahlilda M1 va M2 pul agregatlari eng ko’p foydalaniladi. Pul agregatlarining dinamikasi turli sabablarga bog’liq. Masalan, daromadlarning oshishi natijasida M1ga talab tezroq o’sishga erishsa, foiz stavkasining o’sishi natijasida M2 va M3ga talab M1ga nisbatan tezroq o’sadi.

91


    1. Download 1,2 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish