Konkurs(tanlov)lar o’tkazish. Ma’lum bir mavzu yoki muammo bo’yicha talabalar olgan bilimlarini aniqlash va baholash uchun qo’llaniladi.
Dars o’tishda boshqa qator metodlar ham mavjud bo’lib, ularni o’qituvchi mavzuning mazmuni, guruhning tayyorgarligiga qarab, qo’llashi mumkin.
Dars berish jarayonida turli metodlarni qo’llashni hozirgi paytda keng targ’ib qilinayotganiga qaramay hali kutilgan natijaga erishilgani yo’q. Buning qator sabablari quyidagicha:
qo’llash bo’yicha metodik qo’llanmalarning yo’qligi;
interaktiv metodlarni qo’llash bo’yicha o’tkaziladigan darslarga tayyorgarlikning ko’p vaqt va mablag’ talab qilishi;
interaktiv metodlarni keng qo’llash uchun barcha oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida moddiy bazaning etarli emasligi;
interaktiv metodlarni keng qo’llab, dars o’tish o’qituvchidan chuqur bilim va mahorat talab qilishi;
barcha o’qituvchilarni bunga birday jalb qilishning qiyinligi va hokazolar.
Bundan tashqari, o’quv jarayonini tashkil etishdagi qiyinchiliklar va kamchiliklar ham turli metodlarni qo’llab, dars o’tishga to’sqinlik qiladi.
O’qish jarayonini tashkil etishdagi qiyinchiliklar:
butun o’quv jarayonini tashkil qilishga tegishli;
o’quv materialining ma’lum bir qismiga tegishli bo’lishi mumkin.
Kamchiliklar esa:
umumiy xarakterga ega bo’lgan;
o’quv jarayonidagi individual to’siqlar;
guruh tufayli kelib chiqqan qiyinchilik;
dars jarayonini tashkil qilishdagi qiyinchiliklar tufayli kelib chiqqan to’siqlar.
Darsni tashkil qilish bilan bog’liq qiyinchiliklar shovqin, dars paytidagi tanaffus, darsni boshqalar tomonidan buzilishi tufayli kelib chiqishi mumkin.
Dars jarayonida qo’llanishi kerak bo’lgan texnik vositalar, darslik, zarur o’quv qurollari etishmasligi kabilar ham qiyinchiliklar tug’diradi.
O’qituvchininig O’Z fanini puxta bilmasligi, fanga doir yangiliklardan xabardor emasligi, o’zini birorbir aybi bor yoki biror narsa etishmayotganday tutishi ham dars o’tishda qiyinchilik tug’diradi.Talabalarning darsda o’zini tuta bilmasligi, o’zaro raqobatlashuvi, ham dars o’tkazishga to’siq bo’lishi mumkin.
Didaktik xarakterdagi kamchiliklar:
o’qituvchining hukmronlik rolini o’ynashi;
o’qituvchining o’zini tuta bilmasligi;
o’qituvchida sabrtoqatning etishmasligi;
xushmuomalalik, xushfe’llikning etishmasligi;
yordam berishga tayyor turishdagi kamchiligi;
xayrixoh emasligi, talabalarni ko’rko’rona so’zsiz bo’ysunishga majbur qilishi kabilardan iborat.
Dars o’tishda yuz beradigan turli kamchiliklar natijasida talabalarning o’qishdan ko’ngli soviydi. Bu individual, ruhiy va intellektual qobiliyati darajasiga nisbatan o’zlashtirish darajasini tushib ketishida ifodalanadi.
O’quv jarayonida to’sqinliklar yuz berganmi yo’qligini quyidagi mezonlar bo’yicha aniqlash mumkin:
o’zlashtirish ko’rsatkichining pasayishi; darsga qatnashish darajasining pasayishi;
materialni o’zlashtirish uchun ajratilgan vaqtda ulgurmaslik.
Demak, dars jarayonini tashkil qilishda o’qituvchi iloji boricha ana shu kamchiliklar yuz bermasligining oldini olishga harakat qilishi kerak.
Darsda pedagog interaktiv metodlarni qo’llashi uchun shaxsiy tajriba talab qilinadi.
Interaktiv metod va ularni qo’llash haqida ko’plab o’quv, uslubiy adabiyotlarni o’qish mumkin. Lekin ularni qo’llash malakasiga esa bevosita ana shu jarayonda o’zi qatnashibgina ega bo’lishi, ko’nikma hosil qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |