1. Tish aro sigmatizmini bartaraf etishda logoped bolaga yuqori va pastki tishlarni birbiriga yaqinlashtirib, tilning uchini pastki tishlar orqasiga qo’yib s tovushini talaffuz etishni buyuradi va s tovushi aniq eshitilmasa unga yordam beradi.
2. Lab va tish sigmatizmini bartaraf etishda logoped bolaga (s tovushining talaffuzida) lablarni yuqori va pastki tomonga (bunda milklar ko’rinishi kerak) yo’naltirishni taklif etadi.
3. Til oldi sigmatizmini bartaraf qilishda logoped ikki usuldan foydalanishi mumkin:
a) havo oqimini yuqori va pastki tishlar orasidan chiqarish; bunda logopedik maxsus zond yoki gugurt cho’pi yordamida tilning uchini pastki tishning orqasida engilgina bosib turiladi va havo chiqariladi;
b) tilning uchini keng yoyib yuqori va pastki tishlar orasiga olish va havo oqimini chiqarish.
4. Shovqinli sigmatizmni bartaraf etish uchun yuqorida ko’rsatib o’tilgan til oldi sigmatizmini bartaraf etishning «b» punktidagi usuldan foydalanish mumkin.
5. Burun sigmatizmini, bartaraf qilishda havo oqimi og’iz bo’shlig’idan o’tkaziladi. Buning uchun turli o’yin mashqlaridan foydalaniladi
Nazorat sаvоllаri
1. Sigmatizmning qanday turlari bor?
2. Sigmatizmlarni bartaraf etish yo’llarini aniqlang.
TMI topshirig’i: Dinamik tayyorgarlik mashqlarning bajarilishini aniqlash
10 - Аmаliy mаshg’ulоt
Mаshg’ulоt mаvzusi: Bola nutqini o’rganish, logopеdik tеkshirish o’tkazish Mаshg’ulоt mаqsаdi: Bola nutqini o’rganish, logopеdik tеkshirish o’tkazish xaqida amaliy bilimlarni bеrish bo’yicha ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Umumiy tushunchalar: Tovushlar tallafuzidagi kamchiliklar, Rotatsizm, lamdotsizm, bolalarda tovushlar talaffuzi
Kerakli jihoz va materiallar: daftar, kitoblar, tarqatma materiallar, marker, plakatlar
Ishni bajarish tartibi:
Logopediya fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
- Turli xil nutq kamchiliklari bor kishilarning nutq faoliyati ontogenezini o'rganish.
- Nutq kamchiliklarining sabablari va simptomatikasi, ularning turlari, kelib chiqish mexanizmlarini o'rganish, darajasini aniqlash.
- Nutq kamchiliklarini kishi faoliyati, shaxsiyati, xulq-atvoi ruhiy rivojlanishiga ta'sirini o'rganish
- Eshitish, ko'rish, intellektual va boshqa kamchiliklarga ega bo'lgan anomal bolalar nutqiy faoliyatining ahvoli, yetishmovchiliklarini o'rganish, aniqlash.
- Nutq kamchiliklarini aniqlash yo'llari, usullarini ishlab ch qish va amaliyotga tatbiq etish.
- Nutq kamchiliklarini sistemaga solish, tasniflash, tizimga keltirish.
- Nutq kamchiliklarining oldini olish, bartaraf etish prinsiplari va usullarini, tashkiliy shakllarini belgilash, ishlab chiqish, takomillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |