Lambdatsizm — (grekcha lambda harfini nomidan olingan bo’lib, l tovushini bildiradi). l tovushining talaffuzidagi kamchilikdan iborat. Til orqa tovushlaridagi kamchiliklar: kappatsizm — k tovushining nutqda yo’qligi, parakatatsizm «k» tovushini almashtirilishi. Masalan, koptok — «topto», kitob — «titob»;gammatsizm — g tovushining nutqda yo’qligi, paragammatsizm — g tovushining almashtirilishi. Masalan, gul— «dul», gilam — «dilam»;xitizm — x tovushining nutqda yo’qligi, paraxitizm x tovushining almashtirilishi. Masalan, xat — «tat», xo’roz — «to’roz»; yotatsizm — y tovushining nutqda yo’qligi, parayotatsizm y tovushining almashtirilishi (grekcha kappa, gamma, xi, yota harflarini nomidan olingan bo’lib, k, g, x, y tovushlarini bildiradi). Jaranglatish nuqsonlari—jarangli undosh tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar. Bu kamchiliklar jarangli undosh tovushlarni jarangsiz undosh tovushlarga almashtirilishidir: b—p, d—t, v—f, z—s, j—ch, g—k va boshqalar
Sigmatizm va uni bartaraf etish
S, 3 tovushlari. Bu tovushlar sirg’aluvchi tovushlar gruppasiga kiradi. Ularning talaffuzidagi kamchiliklarni to’g’rilash, yuqorida qayd etilganidek, bolada bu tovushlarni eshitib, ularni birbiridan farqlash malakalarini rivojlantirishdan boshlanadi. So’ngra artikulyatsion mashqlarўтказилади. Кейин эса шу товушларнинг тўғри артикуляцияси ўргатилади.
talaffuz vaqtida lablar iljaygansimon ochiq;
pastki va ustki tishlar esa birbiriga tegartegmas darajaga yaqin holatda bo’ladi;
tilning uchi yoyilib, yuqori milkka tegartegmas holatda bo’ladi, ya’ni tilning sathi bilan qattiq tanglay orasidagi masofa torayib boradi, yumshoq tanglay esa bir oz ko’tariladi. . Ts tovushi arti
artikulyatsiyasi profili. kulya iyasi profili.
Havo oqimi til va yuqori milkdan sirg’alib chiqadi.
3 tovushining talaffuzi s tovushi artikulyatsion holatiga ' o’xshashdir, faqat unga ovoz qo’shiladi (7 rasm).
Ts tovushi
Ts tovushi (8 rasm) qorishiq tovushdir. Ts tovushi murakkab artikulyatsiya bilan hosil bo’ladi. Tilning oldingi qismi milkka taqaladi, lekin portlash yuz bermay, og’iz bo’shlig’iga kelgan havo asosan sirg’alib chiqib ketadi. To’la bo’lmagan ana shu portlash natijasida qorishiq T Q S q Ts undoshi hosil bo’ladi.
Sh va J tovushlari
Sh — shovqinli, sirg’aluvchi til oldi tovush .Bu tovushni talaffuz etayotganda lablar bir oz cho’chchayadi, yuqori va pastki tishlar birbiriga juda yaqinlashadi, til uchi muallaq holatda bo’lib, salgina qisqaradi va yozilib tepa tishlarga tomon ko’tariladi. Pastki jag’ esa jipslashadi. Til uchi va tishlar oralig’idan sirg’alib chiqqan havo to’lqini Sh tovushini vujudga keltiradi.
Ch tovushi
Ch tovushi talaffuz etilayotganda lablar bir oz cho’chchayadi, tilning oldingi qismi milkka tegadi, og’iz bo’shlig’iga kelgan havo sirg’alib chiqib ketadi. To’la bo’lmagan ana shu portlash va havoning sirg’alib chiqishi natijasida qorishiq t Q sh q ch, d Q Q j q ch undoshlari hosil bo’ladi. Ovoz paychalari jipslashib, havo oqimi kuchli bo’ladi (10 rasm).
Turli xil sigmatizmlarni bartaraf qilish. Sigmatizm turlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |