4-MA’RUZA
Mavzu: Grammatik tilshunoslik davri
Reja
1.Iskandariya tilshunoslik maktabining vujudga kelishi.
2.Aristarxning so’z turkumlari borasidagi fikrlari.
3.Dionisiyning grammatikaga doir fikrlari.
4. Grek tili sintaksisining yoritib berilishi.
Qadimgi grek tilshunosligining Grammatik davri Iskandariyada yaratilgan filologiya maktabidan boshlanadi. Iskandariya Misr davlatining markazi edi. Iskandar fath qilgan sharq mamlakatlarida grek tili, madaniyati, ilmi va falsafasi hurmat qilingan. Grek madaniyati sharq madaniyati bilan qo’shilib ketgan. Bu aralash madaniyat ellinizm deb atalgan. Bu yerda greklar, misrliklar, makedoniyaliklar va yahudiylar yashaganlar. Iskandariyada olimlar, yozuvchilar, shoirlar va kotiblar ko’p bo’lgan.
Olimlar adabiy tanqidchilikni, qo’lyozma matnlarni teshirish va o’rganish ishlarini keng ko’lamda olib borganlar. Bu ilmiy ishlar “grammatika” nomi ostida umumlashtirgan edi. Shunday ishlar bilan shug’ullangan olimlarning eng mashhuri Aristarx bo’lgan. Iskandariyada grek tilida to’g'ri yozish, to’g'ri va chiroyli so’zlash uchun grek tilining qonun qoidalari ham o’rganilar edi. Shu tariqa eramizdan ilgarigi III-II asrlarda grammatika sohasida Iskandariya maktabi yuzaga keldi. Iskandariya maktabi Aristarx, uning shogirti Frakiyalik Dianisi, Apallani Diskal va uning o’g'li Geradiyan asarlari tufayli yaratildi. Dianisi “Grammatika san’ati” nomli o’quv qo’llammasini yozdi. Afsuski, Iskandariyalik tilshunoslarning asarlari bizgacha to’la holda yetib kelmagan. Iskandatiya tilshunoslaridan ilgari grek fanida grammatika termini emas, tagrammata (ya’ni “harflar”) atamasini qo’llagan. U adabiy matnlarni analiz qiluvchi va tanqid qiluvchi keng “ filologiya” ma’nosini ifodalagan. Tilshunoslarning asarlarida so’z “ nutqning eng kichik qismi” deb, gap esa “tugal fikr ifodalaydigan so’zlar brikmasi” deb tariflanar edi. Iskandariya tilshunoslari morfologiyani, so’z turkumlarini juda mukammal yoritgan edilar. Masalan, Aristarx sakkizta so’z tukumini ajratdi. Bular ot, fe’l, sifatdosh, artikl yoki ko’rsatgich, olmosh, old ko’makchi, ravish va bog’lovchi. Grek tilining sitemali morfologiyasini birinchi marta Frakiyalik Dianisey yaratdi. Dianiseyning talimotida otlar kelishiklarga va songa ko’ra o’zgaradi. Fe’l kelishiksiz turkum bo’lib, zamon, shaxs va son qabul qiladi deb ko’rsatiladi. Dianisey beshta mayilni- aniqlik, buyuruq, istak, tobeylik va noaniqlik mayillarini; uchta nisbatni- harakat nisbati, o’zlik nisbati va o’rta nisbatlarni; uchta sonni- birlik, juftlik va ko’plik sonlarni, uchta shaxsni –nutqni so’zlovchi, nutq yonaltirilgan shaxs va so’z yuritilgan shaxslarni ajratadi.
Grammarik zamon ma’nosi hozirgi, o’rgan va kelasi zamon turlariga bo’lingan. Dianisiyaning grammatikasida sifatdoshlar fe’l va otlarga hos bo’lgan ba’zi belgilarni birlashtiradigan katigoriya deb izohlangan.
Artikl, uning ko’rsatishicha, turlanuvchi so’z turkimi, u turlangan otgan oldin ham keyin ham kelishi mumkin. Olmosh ot o’rnida qo’llanuvchi so’z bo’lib, ma’lum shaxslarni ko’rsatadi.
Ravish turlanmaydigan so’z turkimidir. U fe’l haqida ma’lumot beradi va fe’lga brikadi.
Bog’lovchi fikrni ma’lum tartibda bog’laydigan va fikrni ifodalashdagi oraliqlarni ko’rsatadigan so’zdir.
Grek tili sintaksisi Apaloniy Diskol asarlarida o’z ifodasini topdi. Biroq sintaksis morfologiyachalik mukammal ishlanmagan edi. Boshqa antic tilshunoslarga qaraganda Iskandariyaliklar tilning tovush tamonini ancha shuqur analiz qilganlar, biroq umuman olganda, fonetika (yoki “harflar haqida fan”) ancha kuchsiz ishlangan edi. Ular tovushlarni hindlar kabi fiziologik printsipda emas, akustik printsipda tasvirlaganlar. Tovushlarni unli harflar (ya’ni, o’z holisha talaffuz qiladigan va o’zini alohida eshitish mumkin bo’lgan tovushlar) hamda undosh harflar (ya’ni unlilar bilangina talaffuz qilinadigan tovushlar)ga ajratilar edi. Unlilarni chiziq, qisqa va “ikki zamonlilar” (cho’ziq va qisqa harflar sifatida qo’llana oladigan unlilar)ga bo’lishgan. Undoshlarni esa yarim unlilarga, saqov tovushlarga bo’lganlar.
Bo’g'in tuzilish, urg’u masalalari bilan ham iskandariyalik tilshunoslar qiziqqan edilar. Shunday qilib, iskandariyalik tilshunoslar grammatikani falsafadan ajratib berdilar. Qadimgi grek falsafasi va grammatikasidan hozirgi zamon lingvistikasi uchun muhim bo’lgan ikki ta’limot qoldi: birinchidan, tilning elementlari (so’z va gap) ishoradir, ikkinchidan, bu ishoralar fikr bilan shartli ravishda bog’langandir.
Iskandariyada yunonlar , misrliklar , makedoniyaliklar va yaxudiylar yashar , unda savdo- sotiq rivojlangan bo’lib , chiroyli binolar , saroylar , ibodatxonalar , chiroyli maydon va bog’lar juda ko’p edi . Ana shunday binolardan biriga muzey joylashtirildi . Bu muzey o’z zamonasining fanlar akademiyasiga o’xshagan ilmiy markaz vazifasini bajardi . Iskandariyada olimlar , yozuvchilar , shoirlar va kotiblar ham ko’p bo’lgan .
Iskandariyalik olimlar adabiy tanqidchilikni , qo’lyozma matnalrni tekshirish va o’rganish ishlarini keng ko’lamda olib borganlar . Bu ilmiy ishlar Grammatika nomi ostida umumlashtirilgan edi . Shunday ishlar bilan shug’ullangan olimlarning eng mashhuri Aristarx bo’lgan .
Bundan tashqari , Iskandariyada yunon tilida to’g’ri yozish , to’g’ri va chiroyli so’zlash uchun yunon tilining qonun - qoidalari ham o’rganilar edi . Shu tariqa miloddan avvalgi III-II asrlarda grammatika sohasida Iskandariya maktabi yuzaga keldi .
Iskandariyalik tilshunoslar , asosan, empirik xarakterdagi ishlar bilan shug’ullangan bo’lsalar-da , til ma’lumotlarini falsafiy jihatdan izohlashga ham e’tibor berdilar . Chunonchi , analogiya va anomaliya muammosi bilan jiddiy ravishda shug’ullanib , uni o’z nazariyalarining markaziy masalalaridan biriga aylantirdilar , Analogiya nazariyasi hukmron bo’lib , uning asosiy namoyandasi Aristarx edi .
Iskandariya maktabi Aristarx , uning shogirdi frakiyalik Dionisiy, Apolloniy diskol va uning o’g’li Gerodian asarlari tufayli yaratildi . Dionisiy “Grammatika san’ati” nomli o’quv qo’llanmasi yozdi . Afsuski , iskandariyalik tilshunoslarning asarlari bizgacha to’la holda yetib kelmagan . Ayrim parchalar , keyingi vadrdagi avtorlarning bergan guvohliklari va qayta qilgan bayonlari orqaligina Iskandariya grammatiklarining ta’limoti qanday bo’lganligini tasavvur qilish mumkin .
Iskandariya tilshunoslaridan ilgari grek faniga grammatika termini emas , ta grammata ( ya’ni “haflar”) termini qo’llangan . U adabiy matnlarni analiz qiluvchi va tanqid qiluvchi keng “filologiya” ma’nosini ifodalagan .Grammatik material keyinchalik alohida fan sifatida ajratila boshlangan . Iskandariyalik tilshunoslarning asarlarida so’z “ nutqning eng kichik qismi” deb, gap esa “tugal fikr ifodalaydigan so’zlar birikmasi”deb ta’riflanar edi .
Ma’lumki , bu ta’riflar bizning zamonamizgacha ham o’z kuchini saqlab qoldi .
Iskandariya tilshunoslari morfologiyani , so’z turkumlarini juda mukammal yoritgan edilar . masalan, Aristarx saklkizta so’z turkumini ajratdi . Bular : ot , fe’l , sifatdosh , artikl, yoki ko’rsatkich , olmosh, old ko’makchi, ravish va bog’lovchi .
Yunon tilining sistemali morfologiyasini birinchi marta frakiyalik Dionisiy yaratdi . Dionisiyning ta’limotida otlar b kelishiklarga va songa ko’ra o’zgaradi .
Fe’tilshunoslik kelishiksiz turkum bo’lib , zamon , shaxs va son qabul qiladi deb ko’rsatiladi . Dionisiy beshta maylni –aniqlik, buyruq, istak, tobelik va noaniqlik mayllarini ; uchta nisbat : harakat nisbati va o’zlik nisbati va o’rta nisbatlarni ; uchta sonni – birlik, juftlik,ko’plik sonlarni uchta shaxsni – nutqni so’zlovchi, nutq yo’naltirilgan shaxs va so’z yuritilgan shaxslarni ajratadi .
Grammatik zamon ma’nosi hozirgi , o’tgan va kelasi zamon turlariga bo’lingan .
Dionisiyning grammatikasida sifatdoshlar , fe’tilshunoslik va otlarga xos bo’lgan ba’zi belgilarni birlashtiradigan kategoriya deb izohlangan .
Artikl , uning ko’rsatishicha , turlanuvchi so’z turkumi , u turlangan otdan oldin ham , keyin ham kelishi mumkin .
Olmosh ot o’rnida qo’llanadigan so’z bo’lib, ma’lum shaxslarni ko’rsatadi ,
Ravish turlanmaydigan so’z turkumidir. U fe’tilshunoslik haqida ma’lumot beradi vafelga birikadi .
Bog’lovchi fikrni ma’lum tartibda bog’laydigan va fikrni ifodalashdagi oraliqlarni ko’rsatadigan so’zdir .
Dionisiyning grammatikaga oid fikrlari keyinchalik qadimgi Rimgagina emas, boshqan mamlakatlarga ham tarqaldi . masalan , arman grammatikachgilarining VII asrning oxiri VIIIasrning boshlarida Dionisiy ta’limotini sharhlaganliklari fanga ma’lum .
Grek tili sintaksisi Apolloniy Diskol asarlarida o’z ifodasini topdi . Biroq sintaksis mofologiyachalik mukammal ifodalanmagan edi . Boshqa antik tilshunoslarga qaraganda Iskandariyaliklar tilning tovush tomoninim ancha chuqur analiz qilganlar , biroq, umuman olganda , fonetika ( yoki “harflar haqidagi fan” ) ham ancha kuchsiz ishlangan edi. Ular tovushlarni hindlar kabi fiziologik prinsipda emas , akustik prinsipda tasvirlaganlar .
Tovushlarni unli harflar (ya’ni o’z holicha talaffuz qilinadigan va o’zini alohida eshitish mumkin bo’lgan tovushlar) hamda undosh harflar (ya’ni unlilar bilangina talaffuz qilinadigan tovushlar)ga a edi . Unlilarni cho’ziq , qisqa va “ikki zamonlilar” (cho’ziq va qisqa “harflar sifatida qo’llanila oladigan unlilar”)ga bo’lishgan . Undoshlarni esa yarim unlilar (l, m, n, r, s va murakkab dz , ks tovushlari)ga , soqov (unsiz) tovushlarga (soqov tovushlarni esa yengil , o’rta, bo’g’iz tovushlariga) bo’lganlar . Bo’gin tuzilishi , urg’u masalalari bilan ham iskandariyalik tilshunoslar grammatikani falsafadan ajratib berdilar .
Lotin tili orqali Iskandariya grammatikasi sistemasi o’rta asrlar davriga yetib keldi . Iskandariya maktabi yaratgan yunon tili grammatikasini qadimgi rimliklar o’z tillariga , ya’ni latin tiliga tadbiq qildilar .
Qadimgi yunon tilshunosligi hind tilshunosligi bilan bir qatorda o’z davrida arab tilshunosligiga ta’sir qildi .
Hatto analogistlar bilan anomalistlar orasidagi munozara ham rimliklarga yetib keldi . Ma’lumotlarga qaraganda , qadimgi Rimning yirik davlat arbobi va lashkarboshisi , yozuvchisi va notiqlaridan biri bo’lgan Yuliy Sezar Galliyaga yurishi vaqtida “Analogiya haqida” degan grammatik asar yozgan .
Antik tilshunoslar juda katta yutuqlarga erishgan bo’lsalarda , ularning jiddiy kamchiliklari ham bor edi . Masalan, rimlik hind tilshunoslari singari tilning tarixiy taraqqiyotini tushunmas va bitta til doirasida sheklanib qolgan edilar. Grammarik kategoriyalarni esa mantiq kategoriyalariga bo’ysundirgan edilar.
Ammo bunga qaramay , Yevropada grammatik sistema to XIX asrgacha qadimgi greklar va rimliklarning lingvistik ta’limotlariga asoslanib keldi .
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, XIX asrning yarmida tilshunoslik alohida , mustaqil fan sifatida fanlar olamiga kirib kelgan bo’lsa-da, uning tarixi miloddan avvalgi davrlarga borib taqaladi .Faqat XIX asrga kelib tilshunoslik ham boshqa qator fanlar kabi tadqiqotlar , tajribalar , izlanishlar , g’oyalar, kuzatishlar natijasi , “mahsuli” sifatida o’zining alohida o’rganish ob’yektiga va tekshirish metodiga ega bo’ldi .
Do'stlaringiz bilan baham: |