Diqqat
O‘qish ishida — darsni eshitish, kitob o‘qish, masalalarni yechishda, asosan, ixtiyoriy diqqat talab qilinadi.
Shuning bilan birga, o‘qish jarayonining o‘zi ixtiyoriy diqqatning hamda uning turishi va barqarorligining
o‘sishiga yordam beradi. Bolalarda ixtiyoriy diqqat bilan ishlash qobiliyatini o‘stirib borish maxsus tarbiya
vazifalaridan biridir. Maktabda ta’lim-tarbiya ishlari sohasidagi vazifalarga, jumladan, o‘quvchilar irodasi va
intizomini tarbiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan ixtiyoriy diqqatni tarbiyalash vazifasi ham kiradi. Bolalaming
yoshlari ulg‘aygan sari, diqqatning ayrim sifatlari, uning ko‘lami, ko‘chuvchanligi, bo‘linuvchanligi, kuchi va
barqarorligi o‘sa boradi.
33
Bolalaming diqqati, avvalo, ko‘lamning torligi, bir narsadan ikkinchi narsaga sekinlik bilan ko‘chishi va
zo‘rg‘a bo‘linishi bilan ajralib turadi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda biz, faqatgina juda tor konsentratsiya-
lashgan diqqatni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, agar bir qo‘lida olma ushlab turgan bolaning ikkinchi qo‘liga
ham olma bersak, u paytda ikkinchi olmani olishi bilanoq, awalgi ushlab turgan olmasini tashlab yubo- radi.
Demak, bunda bolaning diqqati o‘z qo‘lida ushlab turgan ikkita narsaga ham taqsimlay olmaydi. Keyinchalik
diqqatning bo‘linuvchanligi kattalar yordami bilan bolalaming o‘yin faoliyatlarida, o‘qish jarayonida va amaliy
mehnat jarayonida o‘sib boradi. amaliy mehnat jarayonida o‘sib boradi.
Bolalaming yoshlari ulg‘aygan sari, diqqatning kuchi va barqarorligi o‘sa boradi. Diqqatning bu
xususiyatlari bolalaming o‘yin faoliyatlarida, mehnatda va asosan o‘qish jarayonida o‘sadi. O‘qish jarayoni uchun
diqqatning ma’lum darajada kuchli va barqaror bo‘lishligi talab qilinadi. Diqqat barqarorligining o‘sishiga bolalar
ongining mazmunan boyishi va xususan, ular tafakkurining o‘sishi katta yordam beradi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar diqqatining kuchi va barqarorligi ularning tabiatidagi
hissiyotchanlik bilan ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu yoshdagi bolalaming hissiyotlari davomli va barqaror
bo‘lmaganidek, ularning diqqatlari ham aytarli barqaror bo‘lmaydi. Lekin bolalaming hissiyotlari ko‘pincha juda
kuchli bo‘ladi. Shuning uchun ularning diqqatlari, garchi qisqa vaqt ichida davom etsa ham, kuchli bo‘ladi.
Maktab yoshidagi bolalaming hissiyotlari anchagina barqaror bo‘la boshlaydi. Shuning uchun pedagog
o‘qish materialini hissiy momentlar bilan boyitar ekan, bu bilan diqqatning barqarorligi va kuchini saqlab turishga
yordam beradi. Shuning uchun diqqatga doir bu sifatlaming keyingi taraqqiyoti ham irodaning taraqqiyoti bilan
bog‘liqdir.
Nutq
Bolalar nutqining o‘sishida ularning maktabda o‘qishi, ayniqsa, katta rol o‘ynaydi. Bola maktabga
kirmasdan oldin o‘zi qanday gapirayotgan!igi ustida o‘ylab o‘tirmasdan, o‘z nutqidan aloqa va bilish vositasi
tariqasida foydalanadi. Maktabda esa bola gaplashayotgan til o‘qitiladigan va o‘rganiladigan ilm bo‘lib qoladi.
Maktabda o‘qiyotgan bola o‘z ona tilining grammatika- si bilan shug‘ullanish natijasida, o‘z nutqini grammatika
qoidalariga muvofiq sur’atda ongli ravishda tuzishni o‘rganadi. Grammatikani o‘qib o‘rganish jarayonida bola
nutqining fonetika jihati aniqlanadi, nutqning morfologiya jihati to‘g‘ri bo‘lib boradi, nutqning sintaksis tuzilishi
ancha takomillashadi.
Nutqning ayrim jihatlariga xos borgan bu sifatlar faqat grammatikani o‘qib o‘rganish natijasidagina o‘sib
qolmasdan, balki, shu bilan birga, maktabda o‘qitilayotgan boshqa fanlarning ta’siri ostida ham o‘sadi. Maktabda
o‘qitilayotgan hamma fanlarni o‘rganish va shu faniar bilan shug‘ullanish jarayonida o‘quvchi nutqining lug‘at
boyligi boyiydi, so‘zlarning mazmuni chuqurlashadi va kengayadi, har qaysi so‘zning, har qaysi terminning
ma’nosi aniqlanadi. Adabiyot darslari bilan shug‘ullanish o‘quvchilar nutqining o‘sishiga, ayniqsa, katta ta’sir
qiladi. O‘quvchilar adabiyot darslarida to‘g‘ri tuzilgan nutqning eng yaxshi namunalari bilan tanishadilar.
Tilga doir maxsus mashg‘ulotlarda, shuningdek, boshqa fanlarni o‘qitish vaqtida, o‘qituvchilar o‘quvchilar
oldiga o‘z nutqlarini muayyan talablarga javob beradigan qilib tuzish, masalan, muayyan savolga to‘liq va keng
javoblar berish, muayyan reja asosida hikoya qilib berish, bir narsani hadeb takrorlayvermaslik, ravon tuzilgan,
to‘liq gaplar bilan to‘g‘ri gapirish va boshqa shu kabi vazifalarni qo‘yadilar.
Bolalaning yozma nutqni egallashlari ularning nutqini o‘stirishda muhim bosqich bo‘ladi. O‘quvchi yozma
nutqni to‘g‘ri tushunishni o‘rganib oladi, o‘z fikrlarini yozma nutq holida bayon qilish va boshqalarga tushun-
tirishni o‘rganadi. Kitob o‘qish va, ayniqsa, o‘zidagi fikrlarni yozma tarzda ifodalab, bayon qilib berish tilning
grammatika tuzilishini egallamoq uchun katta ahamiyatga egadir. Yozma bayon qilish vaqtida fikrni to‘liq
tushun- tirib berish zarurligi o‘quvchini o‘zi yozayotgan narsaning mazmunigagi- na diqqat berib qolmasdan,
balki, shu bilan birga, o‘zining qanday qilib vozayotganiga ham e’tibor berishga majbur qiladi, uni o‘zi yozgan
fikrni qayta-qayta o‘qib, o‘z nutqini analiz qilib ko‘rishga majbur qiladi. o‘quvchi yozib bayon qilayotganida,
ko‘pincha, bu ishini bir necha marta qayta ko‘rib chiqishga, o‘zgartirishga, to‘ldirishga, qaytadan ishlab chiqishga
majbur bo‘ladi.
O‘quvchi o‘qituvchining topshirig‘iga binoan yozma ishlar bajarayot- ganida o‘zining shu ishiga baho
berilishini, ammo bu baho ishning faqat mazmuniga qarabgina herilib qolmasdan, balki, shu bilan birga, o‘z
fikrining qanday til bilan bayon qilinganiga qarab ham baho berilishini oldindan bilib turadi. Mana shu hollarning
hammasi bolani o‘z nutqini grammatika va mantiq talablariga muvofiq keladigan qilib, ongli ravishda tuzishga
majbur etadi. Yozma nutqni egallash og‘zaki nutqni va ayniqsa, monolog nutqni to‘g‘ri va kengroq qilib bilib
olishga yordam beradi.
O‘quvchi maktabda berilgan topshiriqni tayyorlash vaqtida shu topshiriqni o‘ziga-o‘zi gapirib berishni
mutlasil mashq qilib turishi o‘quvchi nulqining o‘sishiga kalta ta’sir qiladi. O‘quvchi darslarni tayyorlayotgan
vaqtda shu darslami kitobdan o‘qibgina qolmasdan, balki, odatda, u kitobdan o‘qigan narsalarini kitobni yopib
qo‘yib, o‘ziga yoki yonidagi sherigiga so‘zlab ham beradi. Bunday hollarda o‘quvchi o‘zi tayyorlayotgan darsni
grammatika qoidalariga to‘g‘ri rioya qilgan holda, ayniqsa, tushunarli qilib og‘zaki gapirib berishga intiladi.
O‘qituvchi o‘quvchining nimalarni bilganligi va bilganlarini qanday gapirib berishi bilangina kifoya qilmasdan,
balki, shu bilan birga, shu bilgan narsasini qanday qilib va qay tariqa gapirib berayotganiga ham e’tibor berishini
o‘quvchi yaxshi biladi.
34
O‘quvchi ovoz chiqarib, aynan, yoki o‘z so‘zlari bilan takrorlash yo‘li bilan o‘zining artikulatsiya
apparatini mashq qildiradi, o‘z nutqining qay darajada to‘g‘riligini nazorat qiladi, shu bilan birga, o‘zi
o‘zlashtirgan bilimlarning to‘g‘riligini va mustahkamligini ham nazorat qiladi.
Albatta, o‘quvchi nutqining o‘sishida o‘qituvchining nutqi katta rol o‘ynaydi, chunki o‘qituvchining nutqi
o‘quvchilar uchun namunali nutq hisoblanadi. Shu sababli, har bir o‘qituvchi o‘quvchilar nutqini o‘stirishga
intilib, o‘zi ham o‘z nutqini takomillashtirish ustida to‘xtovsiz va tinmay ishlashi lozim.
Mazmunli, to‘liq fikrli, to‘g‘ri tuzilgan va uslub jihatidan chiroyli bo‘lgan nutqni o‘stirish maktabda
bolalaming o‘qitish sohasida qo‘yilgan muhim vazifalarning biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |