O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus


O`zbekiston Respublikasining bank tizimi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/157
Sana08.09.2021
Hajmi1,17 Mb.
#168297
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   157
Bog'liq
huquqshunoslik. ozbekiston konstitutsiyasi fanidan oquv materiallari

 
5. O`zbekiston Respublikasining bank tizimi 
Faqat  tijorat  banklari  bilan  bir  qatorda  bank  tizimiga  rahbarlik  qilish  funksiyasini 
bajaradigan bosh davlat (markaziy, milliy) banklar paydo bo`lgandan so`ng bank tizimi to`g`risida 
gapirsa bo`ladi. 
O`zbekiston  Respublikasi  bank  tizimi  –  O`zbekiston  Respublikasi  hududida  faoliyat 
ko`rsatayotgan  banklar  yig`ini  va  ular  o`rtasidagi  munosabatlar  asoslaridir.  Bizning  respublikamiz 
hududida o`ttizdan ortiq banklar mijozlarga xizmat ko`rsatadi. 
Bank  tizimi  tushunchasi  o`z  ichiga  miqdoriy  ko`rsatkichlardan  tashqari  banklar  o`rtasidagi 
o`zaro munosabatlarni amalga oshirish tartibini kiritadi. Bank tizimi – bank tashkilotlarining oddiy 
yig`ini  emas  bu,  shuningdek  ular  o`rtasidagi  bog`liqlik,  qaramliklardir.  Yangi  tashkil  qilinayotgan 
banklar  faoliyat  ko`rsatayotgan  banklar  bilan  yaqin  bog`lanadilar.  Bitta  bankning  muammosi 
boshqa  banklarga  ta'sir  qiladi,  agar  muammo  bir  necha  banklarda  bo`lsa,  bu  butun  bank  tizimiga 
salbiy ta'sir ko`rsatishi mumkin. 
Bank  tizimi  davlat  xo`jaligini  kerakli  pul  mablag`lar  bilan  ta'minlaydigan  davlat 
iqtisodiyotini qon tomirlari tizimidir. 
Ko`p  davlatlar  singari,  O`zbekiston  Respublikasi  bank  tizimi  ikki  pog`onalidir.  Birinchi 
pog`onani O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki va uning hududiy Bosh boshqarmalari tashkil 
qiladi.  Markaziy  bank  O`zbekiston  Respublikasi  bosh  davlat  banki  hisoblanadi  va  bank  tizimini 
yadrosini tashkil qiladi. 
Ikkinchi  pog`onani  mijozlarga  bank  xizmati  ko`rsatadigan  hamma  tijorat  banklar  tashkil 
qiladi. Jismoniy va yuridik shaxslar tijorat banklarga mijozlardir. Tijorat banklarining mijozlarining 
ko`pi davlat va nodavlat xo`jalik yurituvchi subyektlardir. Bu xo`jalik yurituvchi subyektlar tijorat 
banklarda  o`z  pul  mablag`larini  saqlaydilar,  ular  orqali  hisob-kitoblarni  amalga  oshiradilar, 
bankning  boshqa  xizmatlaridan  foydalanadilar.  Bank  xizmati  pullik  asosda  taqdim  etiladi.  Bank 
xizmati uchun to`lovlar bank va mijoz o`rtasida imzolangan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida 
belgilanadi. 
Yana  shuni  aytib  o`tish  kerakki,  bank  tizimi  o`z  ichiga  qator  texnik  va  tashkiliy 
ko`rsatkichlarni  ham  kiritadi.  Hamma  banklar  yagona  bank  aloqasi  orqali  bir-birlari  bilan 
bog`langanlar. Bitta bankni xizmat uchun tanlagan mijoz nafaqat O`zbekiston banklari, balki butun 
dunyo banklari mijozlari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishlari mumkin. 
Bundan  tashqari  bank  tizimidagi  etika  talablari,  bank  xodimlarining  xulqi,  muomalasi  va 
fikrlashi, bank xodimlarining boshqa sohalarga qaraganda malakali bo`lishi talab etiladi. 


 
29 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish