20
3-Mavzu. Mоliya va tadbirkоrlik huquqi asоslari. 2-sоat.
Reja
1. O`zbekiston Respublikasida moliya tizimining konstitutsiyaviy asoslari
2. O`zbekiston Respublikasida pul tizimining konstitutsiyaviy asoslari
3. O`zbekiston Respublikasida budjet tizimining konstitutsiyaviy asoslari
4. O`zbekiston Respublikasida bank tizimining konstitutsiyaviy asoslari
5. O`zbekiston Respublikasining bank tizimi tushunchasi
1. O`zbekiston Respublikasida moliya tiziminng konstitutsiyaviy asoslari
Konstitutsiyaning 122-moddasida "O`zbekiston Respublikasi o`z moliya va pul-kredit
tizimiga ega" deb belgilab qo`yilgan. Moliya tushunchasi juda keng tushuncha bo`lib, o`z
mohiyatiga ko`ra iqtisodiy kategoriyalardan biri bo`lib hisoblanadi.
“Moliya” – lotincha ibora bo`lib, pul to`lovlari degan ma'noni bildiradi. Lekin moliyani pul
to`lovlari deb tushuntirish yetarli emas, balki bu ibora uning tashqi ko`rinishini ifoda qilib, ichki
mazmunini ifoda qilmaydi. Ana shunday to`lovlar bir tomondan budjetga, sug`urta organlariga,
soliqlar, yig`imlar, to`lovlar o`tkazish, ikkinchi tomondan esa davlat budjeti va fondlar hisobida
mablag`lar berish, bank orkali amalga oshiriladigan pul to`lovlari holida pul harakatini ifoda qilar
ekan, bu harakatlarda ijtimoiy munosabatlar aks etadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish pul mablag`larini
talab qiladi.
Moliya tizimi yordamida davlat o`ziga kerakli bo`lgan pul mablag`ini yig`ib oladi – pul
fondini tashkil qiladi va bu to`plangan pul mablag`i fondini qayta taqsimlaydi. Har bir davlat
o`zining mustaqil moliyasiga ega bulmog`i kerak.
O`zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqilligiga erishdi. Hozirgi kunda O`zbekiston
Respublikasi boshqa mustaqil davlatlar qatori faqat siyosiy mustaqillikka erishib qolmasdan,
iqtisodiy mustaqillikka ham erishmoqda, ya'ni o`zining moliyasiga va o`zining milliy daromadiga
egadir. O`zbekiston Respublikasining moliyasi mamlmkatimiz iqtisodiy tizimining muhim va
ajralmas qismi, uning tarkibiy elementidir. Mamlakatimiz iqtisodining rivojlanishi, uning
moliyasini yuksalish yo`nalishlarini belgilab beradi va mustahkamlab borishiga ijobiy ta'sir
ko`rsatadi. Iqtisodimizning taraqqiyotini yakunlovchi ko`rsatkichlardan biri milliy daromaddir.
Milliy daromadning o`sishiga mamlakatimiz sanoati, qishloq xo`jaligi va boshqa
tarmoqlarning uzluksiz taraqqiyoti sababchi bo`ladi. Moliyani mustahkamlash murakkab
vazifalardan biri, bu vazifani bajarmasdan turib, mamlakatimizni himoya qilish, xo`jalik va
madaniy rivojlanishini ta'minlash va bozor iqtisodi sharoitiga yirik qadam qo`yish mumkin
emas.
Pul resurslarini hosil etish, ularni jamlash, taqsimlash va jamlash yuzasidan paydo
bo`ladigan iqtisodiy munosabatlar moliya deyiladi.
21
Moliya pul munosabatlari bo`lsada, u ishlab chiqarishga bog`liq. Pul mablag`larini topish,
ularning taqsimlanishi va qaysi maqsadlarda hamda qanday usullar bilan ishlatilishi moliya tizimini
tashkil etadi. Agar moliyaning obyekti pul mablag`lari bo`lsa, uning subyektlari ya'ni
ishtirokchilari: firma, jamoat tashkilotlari, davlat idoralari, har xil muassasalar, turli oilalar va ayrim
shaxslar bo`ladi. Ularning hammasi pul kirimi va chiqimiga ro`para bo`ladilar, shu bilan moliyaviy
munosabatlarga kirishadilar. Moliyaning mazmuni uni bajaradigan vazifalarida ifoda etiladi.
Moliya quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) Taqsimlash vazifasi – har xil yaratiladigan milliy mahsulot va jamg`arilgan milliy boylik
pul shaklida taqsimlanadi, turli moliya fondlariga aylantiriladi.
2) Rag`batlantirish vazifasi – moliya vositasida iqtisodiy faollik qo`llab-quvvatlanadi.
Buning uchun soliqlardan imtiyoz beriladi. Soliqlar kamaytirilsa, firmaning xarajati qisqarib, uning
foydasi ko`payadi. Bu esa foydani ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun sarflash imkonini beradi.
Davlat tomonidan korxona va tashkilotlarga moliyaviy ko`mak berish ham ular ishini
rag`batlantiradi.
3) Iqtisodiy axborot vazifasi – moliyada iqtisodiy faoliyatning yakuni jamlanadi va bu
moliyaviy ko`rsatkichlar shaklini oladi. Bu foyda miqdori, rentabellik, korxonaning likvidligi,
uning pul mablag`lari va qarzining miqdori kabilardir. Shularga qarab korxonaning moliyaviy
holatiga baho beriladi.
Moliya o`z vazifalarini moliyaviy vositalar, chunonchi, soliqlar, har xil to`lovlar,
subsidiyalar, pul fondlari vositasida bajaradi. Jami moliya vositalari moliya mexanizmi deb
yuritiladi. O`zbekistonda Moliya bir qancha bo`g`inlardan iborat bo`lib, yagona moliya tizimini
tashkil qiladi. Bu tizimga quyidagilar kiradi:
1) O`zbekiston davlat budjeti – buni tarkibiga Respublika budjeti, Korakalpog`iston
Respublika budjeti va mahalliy budjetlar kiradi.
2) Budjetdan tashqari fondlar: ijtimoiy sug`urta fondi, pensiya fondi, aholi bandlik xizmati
fondlari kiradi va budjetdan tashqari maqsadga yo`naltirilgan jamgarmalari. Masalan: Bobur
nomidagi jamg`arma, Xalqaro Amir Temur hayriya jamg`armasi, bu jamgarmalarning asosiy
vazifasi Temur va Temuriylar davri tarixi hamda madaniyatini chuqurroq o`rganish, uni keng xalq
ommasi, ayniqsa yoshlar o`rtasida faol targ`ib qilish.
3) Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning moliyasi.
4) Mulkiy va shaxsiy sug`urta.
5) Davlat krediti va bank krediti – bular hammasi yig`ilib moliya tushunchasini beradi. Bu
bo`g`inlar moliya tizimini tashkil qilishi bilan birga, ham bir bo`g`in o`ziga xos xususiyati bilan
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga o`z ta'sirin ko`rsatadi.
O`zbekiston Davlat budjeti – moliya tizimi ichida markaziy o`rinni egallaydi. Davlat
budjetiga kelib tushadigan mablag`ni katta qismini korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan kelib
tushadigan daromadlar tashkil qiladi. Undan keyin esa fuqarolardan olinadigan soliqlar hisobiga
budjet daromadlari tashkil topadi. Davlat budjetining eng ko`p qismi O`zbekiston aholisini ijtimoiy
himoya qilish, kam ta'minlangan oilalarga yordam berishga sarflanadi.
Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning moliyasi – moddiy ishlab chiqarish bilan
bevosita bog`lik bo`lib, natijada milliy daromad hosil bo`ladi. Bunga korxonalar, tashkilotlar,
birlashmalar, jamoa xo`jaliklari, kooperativ va jamoat tashkilotlari moliyasi kiradi. O`zbekiston
Respublikasi bozor sharoiti munosobatlariga kirib borishida bo`larning moliyasi asosiy moliya
bo`g`inlaridan bo`lib hisoblanadi. Korxona va tashkilotlarda hosil bo`lgan moliyaviy resurslar esa
davlat budjetining asosiy daromadlar manbai bo`lib hisoblanadi.
22
Mulkiy va shaxsiy sug`urta – asosan yuridik va jismoniy shaxslarning badal pullari hisobiga
sug`urta fondi tashkil qilinadi. Sug`urta fondining asosiy vazifasi tabiiy ofat va boshqa baxtsiz
xodisalar natijasida kelib chiqqan zararni qoplashdan iboratdir. O`zbekiston Respublikasida
Sug`urta ishlari O`zbekiston Respublikasining "Sug`urta to`g`risida"gi 1993 yil 6 may qonuni
asosida amalga oshiriladi.
Shu qonunga asosan sug`urta – inson faoliyatining turli sohalarida sodir bo`ladigan tabiiy
ofatlar, favqulodda hodisa va boshqa vokealar natijasida yetkazilgan zarar, hamda talofatlarni
jismoniy va yuridik shaxslar to`lagan sug`urta badallari (sug`urta pullari) dan hosil qilingan pul
fondlari hisobidan to`liq yoki qisman qoplash yo`li bilan jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlar
sug`urtalanishini ta'minlashga doir munosabatlar demakdir.
Davlat krediti va bank krediti – bozor sharoitida juda katta ahamiyatga egadir. Davlat krediti
orqali davlat aholining vaqtincha foydalanmay turgan pul mablag`idan xalk xo`jaligini kreditlashda
foydalanadi. Davlat kreditida aholi, ya'ni fuqaro o`z xohishi bilan pul mablag`ini davlat ixtiyoriga
berib qo`yadi. Masalan omonatga pul qo`yishi, davlat zayomlarini sotib olishi misol bo`la oladi.
Bank krediti ikki xil, ya'ni qisqa muddatli va uzoq muddatli bo`ladi. Davlat banklarida
korxona, tashkilot hamda fuqarolarning pullari saqlanadi. Bu saqlanishga berilgan pullarni banklar
muhtoj korxona, tashkilot va fuqarolar uchun qarzga, ya'ni kreditga qisqa yoki uzoq muddatga
berishi mumkin. Qarzga berish hisobiga bank qarzga olingan summadan foiz hisobida daromad
oladi. Davlat krediti va bank krediti ham o`z navbatida moliya tizimining ko`zga ko`ringan
bo`g`inini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |