O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/157
Sana08.09.2021
Hajmi1,17 Mb.
#168297
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   157
Bog'liq
huquqshunoslik. ozbekiston konstitutsiyasi fanidan oquv materiallari

2 soat 
Reja: 
1. O`zbekiston Respublikasida davlat fuqaroligi va uning huquqiy asoslari. 
2.  O`zbekiston Respublikasida fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari. 
3. O`zbekiston Konstitutsiyasida insonning siyosiy huquqlari. 
4. Iqtisodiy-ijtimoiy huquqlarning Konstitutsiyaviy kafolatlari. 
5. Fuqarolarning Konstitutsiyaviy burchlari. 
 
1.  O`zbekiston Respublikasida davlat fuqaroligi va uning  
huquqiy asoslari. 
 
 
O`zbekiston  Respublikasi  davlat  mustaqilligiga  erishishi  bilan  fuqarolik  instituti 
mazmunan  tubdan  yangi  ma`no  va  mustaqil  ahamiyat  kasb  etadi.  Endilikda  fuqarolik 
davlatchiligimizni muhim ajralmas belgisidir. 
 
Fuqarolik  Asosiy  Qonunimizning  21-moddasida,  ya`ni:  "O`zbekiston  Respublikasining 
butun hududida yagona fuqarolik o`rnatildi. 
 
O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo`lganliklaridan qat`iy 
nazar, hamma uchun tengdir.  
 
Qoraqalpog`iston  Respublikasining  fuqarosi  ayni  vaqtda  O`zbekiston  Respublikasining  
fuqarosi   hisoblanadi. 
 
Fuqarolikka ega bo`lish va uni yo`qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi" deb  
mustahkamlab  quyilgan. 
 
Fuqarolik  -  bu  shaxs  bilan  davlat  o`rtasidagi  barqaror  va  doimiy  siyosiy  huquqiy  aloqa 
bo`lib,  bunda  ularning  o`zaro  huquq,  burch  va  majburiyatlari  o`z  ifodasini  topadi.  Bir  so`z  bilan 
aytganda, fuqarolik bu shaxsning muayyan davlatga huquqiy jihatdan mansubligidir.   
 
O`zbekiston Respublikasi  fuqarosi deganda,  faqatgina uning  hududida  yashashi  yoki  uning 
hokimiyatga  bo`ysunish,  huquq  va  burchlar  bilan  ta`minlanishigina  emas,  balki  shaxs  bilan 
O`zbekiston  Respublikasi  o`rtasida  o`rnatilgan  alohida  siyosiy  huquqiy  aloqalar  va  munosabatlar 
tushuniladi. Fuqarolik – bu shaxsning huquqiy holatidir. 
 
O`zbekiston  Respublikasida  har  bir  kishi  fuqaro  bo`lish  huquqiga  egadir.  Hech  kim 
fuqarolikdan yoki fuqarolikni o`zgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas.  
 
Konstitutsiya  O`zbekiston  Respublikasida,  ya`ni  uning  butun  hududida  yagona  fuqarolikni 
joriy etgan. Uning ma`nosi:  
1.  Davlatning yagonaligi, mustaqilligi va yaxlitligidir 
2.  Barcha  fuqarolar,  shu  jumladan,  Qoraqalpog`iston  Respublikasi  birdan  siyosiy,  huquqiy 
maqomga  ega,  qonunoldida  teng  va  davlat  huquqiy  munosabatlarining  to`laqonli  sub`ekti 
hisoblanadilar; 
3.  Respublikaning butun  hududida fuqarolariga ularning konstitutsiyaviy va  boshqa huquq va 
qonuniy manfaatlarining  davlat-huquqiy muhofazasi ta`minlanadi va himoya qilinadi.    
 
Hozirda  O`zbekiston  Respublikasining  1992  yil  2  iyulda  qabul  qilingan  "Fuqarolik 
to`g`risida"gi  qonuni  fuqarolikka  qabul  qilish,  unga  ega  bo`lish  va  fuqarolikni  yo`qotish  tartibini 
belgilaydi.  
- Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, ma`lumoti, tili, siyosiy 
qarashlari,  diniy e`tiqodi, mashg`ulotining turidan  qat`iy nazar, ushbu qonun kuchga kirgan 
vaqtda  (1992  yil  7  iyulda)  O`zbekiston  Respublikasida  doimiy  yashab  turgan,  boshqa 
davlatlarning  fuqarolari  bo`lmagan  hamda  O`zbekiston  Respublikasining  fuqarosi  bo`lish 
istagini bildirgan shaxslar; 
- Davlat yo`llanmasi bilan O`zbekiston Respublikasidan tashqari ishlayotgan, harbiy xizmatni 
o`tayotgan  yoki  o`qiyotgan  shaxslar,  agar  ular,  O`zbekiston  Respublikasining  hududida 
tug`ilgan bo`lsalar yoki doimiy yashaganliklarini isbot qilgan bo`lsalar, boshqa davlatlarning 
fuqarolari  bo`lmasalar  va  ushbu  qonun  kuchga  kirgandan  keyin  kechi  bilan  bir  yil  ichida 
O`zbekiston Respublikasining fuqarosi bo`lish istagini bildirgan bo`lsalar; 


 
77 
- Ushbu qonunga muvofik O`zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan shaxslar. 
 
Ota-onasidan  biri  bola  tug`ilgan  paytdan  O`zbekiston  Respublikasi  fuqarosi  bo`lgan, 
boshqasi esa fuqaroligi  yo`q shaxs bo`lgan,  yoxud noma`lum bo`lgan taqdirda, bola qayerda 
tug`ilgan bo`lishidan qat`iy nazar, u O`zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. 
 
Fuqaroligi  bo`lmagan,  O`zbekiston  Respublikasida  doimiy  istiqomat  joyga  ega  bo`lgan 
shaxslarning O`zbekiston Respublikasi hududida tug`ilgan bolasi O`zbekiston fuqarosi hisoblanadi. 
 
Ota-onasi  noma`lum  bo`lgan  va  O`zbekiston  hududida  yashayotgan  bola  O`zbekiston 
Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. 
 
Qonun  O`zbekiston  Respublikasi  fuqaroligiga  ega  bo`lishning  quyidagi  asoslarini  belgilab 
bergan: 
1. Tug`ilganda; 
2. O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi natijasida; 
3. O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan asoslar bo`yicha; 
4. Ushbu qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo`yicha. 
  
Chet  el  fuqarolari  va  fuqaroligi  bo`lmagan  shaxslar  o`z  iltimosnomalariga  ko`ra  kelib 
chiqishdan,  irqi  va  millatidan,  jinsi,  ma`lumoti,  tilidan,  dinga  munosabatidan,  siyosiy  va  boshqa 
e`tiqodlaridan  qat`iy  nazar,  O`zbekiston  Respublikasi  fuqaroligiga  qabul  qilinishi  mumkin,  lekin 
shu bilan birga O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga kirish uchun qonun tomonidan ayrim shartlar 
qo`yilgan bo`lib ular; 
1. Chet el fuqaroligidan voz kechishidan; 
2. So`nggi 5 yil davomida O`zbekiston Respublikasida doimiy yashaganligini; 
3. Qonuniy tirikchilik manbalarining mavjudligi;  
4. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini tan olishi va bajarishi shartdir.   
O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi asoslarga ko`ra to`xtatiladi: 
1.  O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi chiqish oqibatida; 
2.  O`zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo`qotish oqibatida; 
3.  O`zbekiston Respublikasining shartnomalarida nazarda tutilgan asoslarga binoan; 
4.  Ushbu qonunda ko`zda tutilgan boshqa asoslarga binoan.   
 
Fuqarolik  to`g`risidagi  qonunda  O`zbekiston  Respublikasi  fuqaroligini  yo`qotish  asoslari 
ham belgilab berilgan. Bunga quyidagilar sabab bo`ladi. 
1.  Shaxs  chet  davlatda  harbiy  xizmatga,  xavfsizlik  xizmati  va  boshqaruvining  boshqa 
idoralariga ishga kirganligi aniqlansa. 
2.  Agar  chet  elda  doimiy  yashovchi  shaxs  5  yil  davomida  uzrli  sabablarsiz  konsullik 
hisobida turmagan bo`lsa. 
3.  Agar O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg`onligi shak-shubhasiz ma`lumotlar yoki 
soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida olingan bo`lsa. 
 
Shu  sabablarga  ko`ra  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  farmoniga  asosan    O`zbekiston 
Respublikasi  fuqaroligi  yo`qotiladi.  Fuqarolik  to`g`risidagi  qonunda  ota-onalarning  fuqaroligi 
o`zgarganda bolalarning fuqaroligi masalalari ham keng yoritilgan.  
 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish