Tishlar, ularning tuzilishi va gigiyenasi. Tishlar ikki hil bo’ladi: sut
tishlari 20 ta doimiy tishlar 32 ta. Bola 6-8 oylik bo'lganda sut tishlar chiqa
boshlaydi. Dastlab kurak tishlar, so'ng qoziq, kichik oziq tishlar chiqadi. Sut
tishlar 7 yoshdan boshlab tushib, ularning o'rniga doimiy tishlar chiqa boshlaydi. 7
yoshda 1-katta oziq tish, 8 yoshda 1-kurak tish, 9 yoshda 2-kurak tish, 10 yoshda
1-kichik oziq tish, 13-16 yoshda katta oziq tish, 11-15 yoshda 2-oziq tish, 18-30
yoshda 3-oziq tishlar chiqadi.
Doimiy tishlar soni 32 ta bo’lib, yuqori va pastki jag’da 16 tadan,
jag’larning o’ng va chap tomonida 8 tadan bo’ladi. Shulardan olingi ikkitasi
kurak, 1 tasi qoziq, 2 tasi kichik oziq tish va uchtasi katta oziq tishlardir. Doimiy
tishlarning 28 tasi 12-14 yoshgacha chiqadi 4 tasi, ya’ni yuqori va pastki
jag’lardagi oxirgi katta oziq tishlar (aql tishlar) 18 yoshdan keyin chiqadi.
Tish uch qismdan iborat: tish toji (koronka), boyni va ildizi. Tishning
ko’rinib turgan tashqi qismi koronka deb atalib, u oq emal moddasi bilan
qoplangan. Bu modda tishga qattiqlik hususiyatini beradi. Tishning milk bilan
birikkan joyi uning bo’yin qismi deb ataladi. Tishning ildiz qismi jag’ suyaklariga
birikkan bo’ladi.
Sut tishlar tushib, doimiy tishlar chiqa boshlaganda bolalarga tishni cho'tka
bilan yuvishga (uxlashdan oldin), ovqatlangandan so'ng og`izni iliq suv bilan
chayishga o'rgatish, juda sovuq yoki issiq ovqat yeyish, qattiq narsalarni tishda
chaqish zararli ekanligini o'qtirib borish kerak.
Til. Muskullardan tashkil topgan organ bo’lib, ovqatni aralashtirib xalqum
(tomoq) gacha itarib beradi. Bundan tashqari til so’zlarning ravon talaffuz qilishida
ham muhim rol o’ynaydi.
So'lak bezlar. 3 juft (til osti, jag' osti, quloq oldi) bo'lib, so'lak tarkibida
musin, ptialin uglevodlarni parchalaydi), lizosim ( mikroblarni eritadi) kabi
moddalar bor. Bir sutkada katta odamda 1,6 l so'lak ajralib so'lakning 98,5-99,5%
suv, qolgani shilimshiq moddadan iborat. So'lak ajratish markazi uzunchoq miya
va katta yarim sharlarda joylashgan.
Bola so’lak bezlaridan so’lak ajralishi 3-7 yoshlarda ko’p bo’ladi. So’lak
tarkibidagi amilaza kraxmalni disoxoritlargacha parchalovchi fermentlarning
aktivligi ham 2-7 yoshlarda eng yuqori bo’ladi. Bolaning quloq osti bezlari boshqa
so'lak bezlariga nisbatiga ko'proq so'lak tarkibida oqsil miqdori oshib boradi,11-12
173
yoshda oziq moddalarga bir kecha-kunduzda 200sm
3
, ovqat yemaganda 400-600
sm
3
so'lak ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |