Xalqum (tomoq). Og’iz bushlig’ining davomi bo`lib, u shilliq va muskul
qavatlaridan iborat. Uning uzunligi kattalarda 15 sm bo`lib, uch qismga – burun,
og`iz va xiqildoqqa bo`linadi. Xalqumning vazifasi ovqatni ogiz bushligidan
qizilungachga, havoni burun bushligidan xiqildoqqa o’tkazishdan iborat.
biriktiruvchi to`qimadan iborat bo’lib, sеroz qavatdan tuzilgan.
Qizilo’ngach. Qizilungach to’sh suyagining orqa qismida joylashgan bo’lib,
uning uzunligi yangi tug’ilgan bolalarda 10-11 sm, bir yoshda 12 sm, 5 yoshda 16
sm, 12 yoshda 18-19 sm, kattalarda 25-32 sm, diamеtri 2-3 yoshda 10 mm, 6
yoshda 12-14 mm ga tеng. Qizilo’ngach dеvori ichki shilliq, o`rta muskull, tashqi
seroz qavatlardan tashkil topgan.
Me’da. Qorin bo’shlig’ining yuqori qismida, diyafragma ostida joylashgan.
U to’rt qismdan; kirish, tub, tana va pilorik yoki chiqish qismidan iborat.
Bolaning yoshi ortishi bilan me'daning hajmi orta boradi. Yangi tug'ilgan
bolada 30-45 sm
3
, 1 yoshda 400-500 sm
3
, 2 yoshda 600-750 sm
3
, 6-7 yoshda 950-
1100 sm
3
, 11-12 yoshda 1500 sm
3
bo'lib, kattalarda 3000-3500 sm
3
, uzunligi 25-30
sm, eni 12-14 sm ga teng. Vazni yangi tug’ilgan bolalarda -6,5g, 14-20 yoshda
127 g, 20 yoshdan so`ng 155 g. Me`da hajmi yosh bilan barobar 24 marta, gavda
esa 20 marta kattalashadi.
2 yoshgacha me'da noksimon, 7 yoshda kolbasimon shaklda bo'ladi. Yosh
bola me'da shilliq qavati juda nozik bo'lib, ko'p kapillyar qon tomirlari bilan
ta'minlangan.
Me'da bezlari ishlab chiqaradigan ishlarning hazm qilish kuchi va
kislotaliligi ancha past bo'ladi. Bu shira tarkibida ximozin, lipaza, pepsin,amilaza
vaboshqa ko'plab fermentlar bo'lib, biroq ular juda kam miqdorda bo'ladi.
Bir yoshgacha sutdagi oqsillarga ta'sir etuvchi ximozin fermenti aktivligi
yuqori bo'lib, yosh oshishi bilan lipaza fermenti aktivligi ortib boradi, me'da
harakatlari o'zgaradi.
Me’daning ichki shilliq pardasi tagida mayda bezchalar bo’lib, ularning soni
yangi tug`ilgan bolada 2 mln, 10 yoshda 17 mln, 15 yoshda 22 mln, kattalarda 35
mln ga еtadi. Ularda shira ishlab chiqaradi, lеkin bu fеrmеntlarning aktivligi
kamroq bo`ladi. Shira tarkibida pepsin, lipaza fermentlari va xlorid kislota bo’lib,
ular ovqat tarkibidagi oqsil, yog`’ va uglevodlarni parchalashda faoliyat ko’rsatadi.
Me’dada ovqat fizik va kimyoviy yo’l bilan parchalanib, hazm bo’lib, 12
barmoq ichakka o’tkaziladi. Me’dada aralash ovqatlar 3-4 soatda, yog`’li ovqatlar
5-6 soatda, suv, sut, non shirinliklar esa 2-3 soat saqlanadi. Aralash ovqatlar 3-4
soatda hazm bo’lganligi uchun har 4 soatda ovqatlanish tavsiya etiladi (uyqu
bundan mustasno). Ovqatlangandan 20-30 minutdan so’ng me’da to’lqinsimon
qisqarib ovqat me’da shirasi bilan aralashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |