Neyron va nerv tolalarining yoshga bog'liq o'zgarishlari. Embrional
rivojlanishning dastlabki bosqichlarida neyron ikkita tarmoqlanmagan o'simtaga
ega bo'lgan nerv hujayrasi tanasidan iborat bo'ladi. Tanada katta yadro va kam
miqdordagi sitoplazma bo'lib, vaqt o'tishi bilan sitoplazma miqdori ortgan sari,
akson va dendritlar o'sishi faollashadi. Neyronlarning yetilishi bir xilda kechmaydi.
Yirik afferent va efferent neyronlar embrional bosqichdayoq shakllanadi. Kichik
o'lchamdagi neyronlar tug'ilgandan keyin, tashqi muhit omillari ta'sirida
shakllanadi va markaziy nerv sistemasida qayta qurish jarayonini amalga oshiradi.
89
Do'stlaringiz bilan baham: |