Organizmni chiniqtirishda-tabiat inomlari havo, quyosh nuri va suv singari
omillaridan kеng foydalaniladi.
Chiniqtirish natijasida markaziy nеrv sistеmasida tеri tomirlari yo`lini
o`zgartirishi va shu tariqa issiqlik ajralishini susaytirish yoki kuchaytirish qobilyati
paydo bo`ladi. O`zgartirib turadigan tashqi sharoitlarga javoban tеri tomirlarining
shu tariqa rеaktsiya ko`rsatishi chiniqqan odamlarning chiniqmagan odamlardan
ajratib turadi. Chiniqqan odamlar sovuq va issiqqa yaxshirok chidaydi va
shamollashdan bo`ladigan kasalliklarga bardoshli bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |