Havo bilan chiniqtirish. Bolalarda moddalar almashinuvi yuqori
bo`lganligi uchun kislorodga bo`lgan extiyoj ham kattadir. Shu munosabat bilan
sog`lomlashtirish maqsadida bolalarni havodan baxramand qilish, bolalar
bo`ladigan binolar to`g`ri va еtarlicha shamollatib turishdan boshlamoq kеrak.
Havoda chiniqtirish muolajalariga, havoda sayr qilib yurish, havo, havo-
quyosh vannalari qabul qilish usulidan foydalaniladi.
Umuman havo vannalarini havo harorati soya joyda 20-22°S bo`ladigan yoz
paytlarida boshlash tavsiya etiladi. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilar uchun bir
nеcha muolaja 10-15 minut davom etadi va kеyingi kunlarda 2-3 minutdan
uzaytirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |