O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/360
Sana09.08.2021
Hajmi2,29 Mb.
#142785
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   360
Bog'liq
yosh fiziologiyasi va gigiyena (1)

14 – MA’RUZA
MAVZU: AYIRUV SISTEMASINING YOSH XUSUSIYATLARI
VA GIGIYENASI
                                                        Reja:
1. Ayiruv organlarining organizm faoliyatidagi ahamyati.
2. Siydik ayirish organlarining tuzilishi va yoshga xos xususiyatlari.
3. Siydik ayirish organlarining boshqarilishi.
4. Terining tuzilishi va yoshga xos xususiyatlari.
5. Teri funksiyasi.
6. Teri gigiyenasi.
7. Kiyim  - bosh va poyabzalga bo`lgan gigiyenik talablar.
       
Ayruv  organlarining  organizm  faoliyatidagi  ahamiyati. Ayrim
organlari organizm ichki muhitni doimiy saqlashda muhim rol oynaydi, u odam
organizmidagi moddalar almashinuvida hosil bo’lgan qoldiq moddalarning
uzluksiz ravishda chiqarib turishini ta’minlaydi.
Ayirish organlariga: buyraklar, o’pkalar, ovqat hazm qilish organlari va ter bezlari
kiradi.
Siydik kislota, qoldiq azot, tuzlar suvda erigan holda buyraklar orqali siydik
tarkibida ajraladi. Gazsimon moddalar nafas olish organlari orqali tashqariga
chiqadi. Ovqatning hazm bo’lmagan qismi ichakdan najas sifatida tashqariga
chiqariladi. Odam tanasidagi suv, tuz, yog`’ kabi moddalar ter bezlari orqali ter
sifatida ajralib turadi.
Ayirish sistemasining asosiy qismini siydik ayirish organlari tashkil qiladi.
Bu organlarga: buyraklar, siydik yo’li, qovuq yoki siydik pufagi va siydik
chiqarish kanali kiradi.
Ayirish organlari yoki buyrak bolaning embrionlik davrida uning
mezaderma qavatida shakillanib, 3ta davrni pronefroz, mezanefroz, metanefrozni
o’z ichiga oladi. Bolalarning buryragi katta-kichikligi va vazniga ko’ra
kattalarnikidan farq qiladi. Buyrak juft organ bo’lib, o’ng va chap buyraklarga
bo’linadi. Shakli loviya shakliga o’xshash bo’lib, qorin bo’shlig’ining bel qismida
ya’ni 1 va 2 bel umurtqalarining yon tomonida joylashgan. Yangi tug’ilgan bolada
buyrakning vazni 11-12, 1 yoshda 27-36 gr, 5 yoshda 55-56 gr, 7 yoshda 82-84 gr,
13 yoshda 100-102 gr, 15 yoshda 115-120, kattalarda esa 150 gr bo’lib, uzunligi
10-12 sm, eni 5-6 sm, qalinligi 3-4 sm bo’ladi. Buyraklar murakkab tuzilgan organ
bo’lib, po’st va mag’iz qavatlardan iborat. Uning asosiy struktura birligi nefronlar
bo’lib, ular buyrakda filtiratsiya funksiyasini bajarib qondagi moddalarni filtirlab
birlamchi va ikkilamchi siydik shakillantiradi. Buyrakning po’st qavatida
Shumlyanskiy Baumen kapsulasi bor. Bu kapsula 2 qavatli pardadan iborat bo’lib,
undan egri-bugri kanalchalar boshlanib, buyrakning mag’iz qavatiga o’tadi.
Buyrakning mag’iz qimida egri-bugri kanalchalar to’g’rilanib, yuqoriga buriladi va
bu burilish joyi genli halqasini hosil qilib, yana po’st qavatga qaytadi. Kanalcha
chiqarish yo’liga quyiladi. Chiqarish yo’llari po’st va mag’iz qavatlari orqali o’tib,
buyrak jomiga quyiladi. Undan esa siydik yo’llari orqali qovuqqa yoki siydik
pufagiga quyiladi.


215
Siydik yo’li. Bolaning embrionlik davrida, uning mezaderma qavatida ya’ni
buyrak rivojlanishining mezanefroz davrida shakllanib, buyrak jomidan boshlanib,
qorin bo’shlig’ining orqa qismidan siydik pufagiga birikadi. Godak bolaning
buyrak jomlari va siydik yo’llari nisbatan keng, muskul va elastik tolalar yetarlicha
rivojlanmaganligi uchun devorlarining tonusi pastroq bo’ladi. Uning uzunligi katta
odamlarda o’rtacha 30 sm bo’lib, 3 qavatdan ichki shilliq, o’rta muskul, tashqi
serroz qavatdan iborat. Vazifasi buyrakda hosil bo’lgan siydikni siydik pufagiga
yetkazib turadi.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish