189
ularning o'sishi va rivojlanishi uchun ham zarurdir. Shuning uchun ham bolalar
to'la qimmatli ovqat yeb turishi kerak. Shundagina ularning sog'lig'i mustahkam
bo'lib, aqliy va jismonan yaxshi o'sib rivojlanadi, turli kasalliklarga chidamli
bo'ladi.
To'la qimmatli bo'lmagan yoki noratsional ovqatlanish organizmning
o'sishini sekinlashtiradi, quvvatsiz qilib qo'yadi, tashqi muhitning zararli ta'siriga
va yuqumli kasalliklarga chidamsiz bo'lib qoladi.
Bolalar ovqatida quyidagilar bo'lishiga e'tibor berish zarur:
1. Ovqat tarkibida organizm uchun zaruriy barcha moddalar (oqsillar, ёg'lar,
uglevodlar, mineral tuzlar, vitaminlar va suv) bo'lishi shart.
2. Ovqat turli-tuman, tarkibida hayvon mahsulotlari bilan bir qatorda
ma'lum nisbatda o'simlik mahsulotlari ham bo'lishi kerak.
3. Ovqat sifatli mahsulotlardan tayyorlanishi, yetarli kaloriyaga ega va
yetarli hajimda bo'lishi, to'q tutishi kerak.
Ovqatlanishni to'g'ri tashkil qilish nihoyatda muhim ahmiyatga ega. Ovqatni
bir vaqtda oz-ozdan yeb turish tavsiya etiladi. Ovqatni me'yoridan ortiq yeyish
zararli. Turli yoshdagi bolalar, o'smirlar va katta yoshdagi odamlarning mehnat
turi, iqlim sharoitiga qarab bir kunlik zaruriy vitaminlar normasi aniqlangan.
Nimjon bolalarni oz-ozdan tez-tez ovqatlantirish lozim. O'rta maktab va
maktab-internat o'quvchilari bir kunda 4 mahal ovqatlanishi maqsadga muvofiq
bo'ladi.
Bolalarni ovqatlantirishda ishtaha ochadigan ovqat yeyish uchun sharoit
tashkil qilish muhim ahamiyatga ega. Ovqat yaxshi hazm bo'lishi uchun ovqatga
qo'ng'iroq chalish, dasturxon bezatish, ovqatning hidi, ko'rinishi va hokazo.
Bundan tashqari bolalar ovqatlanadigan xona ozoda va shinam, idish-
tovoqlar chiroyli, bir xil rang va shaklda, ovqatlar turli-tuman, mazali, sharoit
qulay va tinch bo'lishi kerak. Pedagoglar ovqat vaqtida o'quvchilarga kam tanbex
berish, qattiq gapirmasligi va zarda qilmasligi kerak. Nerv sistemasining holati
ishtahaga ovqat singishiga bevosita bog'liqligini unutmaslik kerak.
Bolaning kundalik taomida turli sabzavotlar va mevalar kartoshkaga
qaraganda ko'proq bo'lishi lozim. Chunki ular vitaminlar va mineral moddalar
manbai bo'lib, bularsiz bolaning o'sishi va rivojlanishi mumkin emas.
O'qituvchi ovqatlanishga doir gigiyenik ko'riklari va tajribasini bolalarga
singdirishi kerak. Ovqat vaqtida gaplashish, kitob o'qish, shoshilish, og'izga
ovqatni to'ldirib solish, pishillab, chapillatib yeyish, katta-katta tishlab uzish
yaramaydi. Dasturxon atrofiga o'tirishdan oldin qo'lni tozalab yuvish kerak.
Ovqatni asta-sekin va yaxshilab chaynash shuningdek, uni yaxshi chaynamaslik
shira ajralishi va ichaklar harakatini buzadi, bunda ovqat yomon hazm bo'ladi va
singadi, hazm organlarida uzoqroq turib qoladi, natijada hazm sistemasida buzilish
yuz beradi.
Agar maktab o'quvchisi rejimga rioya qilmay, palapartish ovqatlansa, bu
holda yaxshi mahsulotlarning organizmga singishi qiyin bo'ladi.
1-4 va 5-sinf o'quvchilarini guruh-guruh qilib ovqatlantirish tavsiya etiladi.
Ularning oshxonaga sinf rahbari bilan birga kiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: