Suyak shakllari: suyaklar 4 xil shaklda bo`ladi.
Naysimon suyaklar. Bular o`z navbatida ikki xil bo`ladi. Uzun naysimon
suyaklar ularga еlka, bilak, son, boldir suyaklari kiradi. Kaltanaysimon suyaklarga
esa qo`l va oyoqlarning kaft va barmoq suyaklari kiradi.
G`ovak suyaklar. Bular ham ikki xil uzun g`ovaksimon suyaklar bularga
qovurg`a, to`sh, o`mrov suyaklari, kalta g`ovak suyaklarga esa umurtqa, qo`l va
oyoqlarning kaft, kaft usti suyaklari kiradi.
Yassi suyaklar. Bu suyaklarga bosh suyagidagi tеpa, ensa, yuz, kurak va
chanoq suyaklari kiradi.
159
G`albirsimon suyaklar. Yuqori jag`, pеshona, bosh suyagining pastki asos
qismidagi ponasimon va g`albirsimon suyaklar kiradi.