Nerrv sistemasi gigiyenasi O’quvchi organizmining funksional faoliyati
buzilishiga yo’l qo’ymaslik uchuno’qituvchilar bilan shifokorlar birgalikda ish
kuni, haftasi vf o’quv yili choraklarida aqliy va jismoniy faoliyatning almashinif
turishini to’g’ri yo’lga qo’yishlari kerak. Bir turli faoliyat boshqa turli faoliyat
bilan almashtirilib turilganda, ishlayotgan hujayralar dam oladi. Aqliy mehnat
qilganda bo’yin va gavda muskullari,, xat yozganda esa yuqorigi kamar va qo’l
muskullari taranglashadi.
Oqituvchining o’quvchiga beradigan zo’riqish normasi uning yoshiga,
sog’lig’i holatiga, idrok qillish qobiliyatiga, nerv tipiga va o’qitish sharoitiga
qarab aniqlanadi. Zo’riqish normasini asta-sekin oshira borish va o’quvchilarni
aktiv oliy mehnatga jalfb qilish kerak. O’quvchiga ortiqcha zo’riqish berilsa,
uning miyasi charchab qoladi, tez yoki sekin charchash bolanning yoshiga, aqliy
mehnat turiga va qiziqishiga bog’liq. Bola qancha yosh bo’lsa, shuncha tez
charchaydi.
Dars vaqtida muskul harakatlarining uzoq to’xtalib turishi bolaning aqliy
mehnat qobiliyatini susaytiradi. Binobarin, bolaning diqqati chalg’iydi,
muskullari bo’shasha boshlaydi. Bog’cha yoshidagi bolalar charchagannda
mudroq bosadi . Hadeb bir xil turdagi aqliy faoliyat bilan shug’ullanganda
bolaning qiziqishi kamayadi va uxlab qoladi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarni o’qitiishda dars o’rtasida ularni
jismoniy tarbiya bilan shug’ullantirish aqliy qobiliyatning oshishiga yordam
beradi. Toliqib qolishning oldini olishda turlli xildagi mehnat bilan
shug’ullanib turish, aktiv va passiv dam olish muhim ahamiyatga ega. Bola
zerikarli ish bilan shug’ullanishdan, biir yerda qimirlamay uzoq o’tirishdan
charchaydi.
Bunday vaqtda u yetarli dam olmasa, oorganizmi juda charchab qoladi,
boshqacha aytganda, toliqadi.
Haddan ortiq charchash yoki toliqish ishtahaning pasayishiga, bosh
og’rig’iga, loqaydlikka, xotira va diqqatning susayishiga olib keladi. Odam qattiq
charchaganida nerv sistemasining funksional hollati o’zgaradi va tormozlanish
vujudga keladi. Aktiv dam olishda toliqqan nerv hujayralarining qobiliyati tezda
asli holatiga kelib qoladi.
Aqliy mehnat gigiyenasida kun tartibini to’g’ri tashkil etish alohida
ahamiyatga ega. Kun tartibi to’gri tuzilmaganda o’quvchi asabiga ortiqcha zo’r
keladi, ho nevroz paydo bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham aqliy
mehnatdan so’ng jismoniy, mashqlar bilan shug’ullanishkkerak. Afsuski,,
hozirgi kunda o’smirlar aktiv dam olish o’rniga passiv dam oladigan, ya’ni ko’p
dars tayyorlaydigan, teleko’rsatuvlarni ko’p ko’radigan, bir yerda harakatsiz
o’tiradigan yoki yotib dam oladigan bolib qolgan. O’quvchilar aqliy jihatdan
toliqib qolmasligi uchun aqliy va jismoniy mexnat bilan me’yorida
shug’ullanishi, oilada, maktabda siqilmasligi, to’gri ovqatlanishi shart, bundan
tashqari, kun tartibiga rioya qilishi, qiziqib ishlashi, aktiv dam olishi, ko’proq
sof havoda bo’lishi muhimdir.
118
Do'stlaringiz bilan baham: |