Ключевые слова: кибернетика, теория алгоритмов, математическое моделирование, субъ- ект-объект, субъект-субъект, феномен, компиляция, профессиональная деятельность, интегра- ция, дистанционный, концептуальный.
Key words: cybernetics, theory of algorithms, mathematical modeling, subject-object, subject-sub- ject, phenomenon, compilation, professional activity, integration, remote, conceptual.
Bugungi kunda axborot texnologiyalari barcha sohalariga izchil tarzda kirib bordi va jadal rivoj- lanishiga asos soldi. Endilikda birorta sohani axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim jarayonining sifatini, bo‘lajak mutaxassislarining nazariy va amaliy salohiyatini, kompetentliligini oshirishni ta’minlovchi instrumental, zamonaviy o‘qitish texnologiyasining asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. Hozirgi paytda har qanday kasb egasi axborot-kommuni- katsiya texnologiyalarining (AKT) turli tuman usul va metodlaridan kasbiy faoliyati doirasida samarali foydalanishi zarur.
Texnika oliy ta’lim muassasalarida matematika va dasturlash fanlarini o‘qitishni yanada faollashti- ruvchi, qiziqarli va kelajagi porloq yo‘nalishlardan biri fanlararo integratsiyani, integrallashgan o‘qitish tizimlarini, hamda bunday tizimlarni qo‘llab-quvvatlovchi maxsus axborot texnologiyalarini, tizimlarini yaratishdir hisoblanadi. Dasturlash fani, ma’lumki, nazariy jihatdan kibernetikaning kelib chiqishi va ri- vojlanishi natijasida matematika fani bag‘rida “unib” chiqdi, shu boisdan ham matematik apparatsiz faoli- yat ko‘rsataolmaydi. Dasturlash fanining juda ko‘p komponentlarini “matematikasiz” tasavvur qilish qi- yin: matematik mantiq asoslari, arifmetik asoslari, hisoblash sistemalari, ehtimollar nazariyasi elementlari va matematik statistika, algoritmlar nazariyasi, graflar nazariyasi, matematik modellashtirish asoslari, taq- ribiy hisoblash metodlari va boshqalar. Dasturlash fanining bunday komponentlarini o‘rganish tajribasi shundan dalolat beradiki, talabalar matematika fanini tizim darajasida tasavvur etishadi, uning yangi ele- mentlarini, metodlarini, uslublarini yengil va chuqur o‘zlashtira oladilar.
Texnika oliy ta’lim muassasalarida “Dasturiy injiniring” ta’lim yo‘nalishi talabalari matematika- ning axborotlashgan jamiyatdagi juda katta rolini tushunib yetishi, o‘z navbatida, talabada matematika- ning usul va metodlarini amaliy jihatdan puxta o‘zlashtirishiga, amaliyotga qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilishga va natijada bilim olish jarayonini faollashtirishga, jadallashtirishga imkoniyat yaratadi.
Dasturlash va matematika fanlarini uzviylikda, o‘zaro bog‘liqlikda samarali o‘qitishning ilg‘or usullaridan biri integallashgan, ya’ni, qo‘shma darslarni tashkil qilishdir, natijada o‘quv jarayoni bir-bi- ri bilan chambarchas bog‘langan turli-tuman hodisalarga boy bo‘ladi va mashg‘ulot qiziqarli, jadal, izlan- uvchan xarakterda bo‘ladi. Dars mashg‘uloti davomida matematik va dasturiy mavzuni bayon qilish da- vomida bir-birini to‘ldiradi, izohlar bilan bilim olish jarayonini yanada takomillashtiradi. Ikkinchi tomon- dan, bunday integrallashgan qo‘shma dars uslubi talabalarning imkoniyatlarini yanada yaxshiroq bilib olishga, baholashga imkoniyat yaratadi, talabada bilim olishga bo‘lgan qiziqishni yanada rivojlantiradi, faollashtiradi, yangilikga intilishni shakllantiradi.
Integrallashgan va kompyuterlashgan dars mashg‘ulotlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan va pedagogik texnologiyalardan foydalanish mashg‘ulotni individuallashtirishga, talabalarda matematika va informatika fanlariga bo‘lgan motivatsiyani kuchaytirishga, rivojlantirishga, teskari aloqa- ni takomillashishiga (talaba-o‘qituvchi), bilimlarni obyektiv baholashga, fanlarning uzviy aloqadorligi- dagi nozik (o‘zlashtirish qiyin bo‘lgan tushunchalarni) joylarini aniqlashga, darsni differensiyalashtirilgan tarzda tashkil qilishga, dars mashg‘ulotining tuzilmasini o‘zgartirishga, bilim olish darajasini oshirishga olib keladi.
Texnika oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassis- lar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda barcha oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qat’iy talab qo‘yilmoqda:
ular zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari;
xorijiy tillar, ayniqsa, ingliz tilini mukammal bilishi kerak.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni bir necha turga bo‘lish mumkin:
muammoli ta’lim texnologiyalari;
didaktik o‘yinlarga asoslangan texnologiyalar;
hamkorlik texnologiyalari;
modulli texnologiyalar.
Bugungi kunda talaba shaxsini barcha imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun, albatta, ta’lim shaxsga yo‘naltirilgan tavsifda bo‘lishi talab etiladi. Buning uchun ta’limni tashkil etish jarayonida tala- baning qobiliyatlari, ehtiyojlari va o‘ziga xos jihatlarini hisobga olish lozim. Ana shu elementlar hisobga
olingan taqdirda, o‘z-o‘zidan differensiallashgan, rivojlantiruvchi, o‘qishga bo‘lgan motivlarni kuchayti- ruvchi “subyekt-subyekt” konsepsiyasiga asoslangan ta’lim tizimi kelib chiqadi.
An’anaviy ta’lim tizimida chuqur o‘rnashib qolgan pedagogik paradigmalardan biri bu subyekt-ob- yekt munosabatlaridir. Bu yondashuv nemis pedagogi I.F.Gerbard tomonidan kiritilgan. Bundy yonda- shuvda pedagog subyekt rolini bajaradi va qanday o‘qitish, qanday talabalarni ishlab chiqish, talabalar ja- moasini qay yo‘nalishda rivojlantirishni faqat o‘z yondashuvi asosida hal etadi. Talabalar esa passiv holda obyekt rolini bajaradi.
Talabalarning asosiy faoliyati eslab qolish, tushinish, qo‘llashga o‘rganish hisoblanadi. Bu paradig- maga qarshi g‘oyani amerikalik pedagog D.Dyui ishlab chiqqan. Uning fikricha “Nimani va qanday o‘qish lozim?” degan savollarga javob topishda talabaga ham erkinlik berish va uning xohishlarini hisob- ga olish lozim. Talaba o‘z faoliyatini, o‘z taqdirini, o‘z hayotini mustaqil boshqarishga faol kirishsin. Bu konsepsiya “subyekt-subyekt” munosabatlari sifatida tan olindi va ko‘pgina rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida o‘z o‘rniga ega.
Ta’kidlash lozimki, ta’lim tarixida yig‘ilgan boy didaktik tajribaning ijobiy jihatlari o‘z aksini mo- dulli ta’limda topdi. “Modulli ta’lim” tushunchasi 1971-yillarda J.Rassel tomonidan kiritildi. Rassel mo- dulni o‘quv paketi sifatida talqin etadi va unga o‘quv materialining konseptual birligini o‘rganishga oid harakatlarni kiratadi. B.M.Goldshmid – modulni talabaga ma’lum ko‘zlangan natijaga yetishga yordam beruvchi mustaqil birlik sifatida talqin etadi.
N.V.Borisova, Y.M.Durko va boshqa olimlarning fikrlarini o‘rganish natijasida quyidagi ko‘ri- nishlardagi modullarni ajaratish mumkin:
mustaqil konseptual kichik birlik;
modul mustaqil birlik sifatida bir o‘quv kursini o‘z ichiga olib, bir necha bloklarni o‘zida mujas- sam etadi;
modul ma’lum mutaxassislikka tegishli bo‘lgan bir qancha o‘quv predmetlarni o‘zida mujassam- lashtiruvchi fanlararo birlik bo‘la oladi;
aniq bir mutaxassislikni egallashga yo‘naltirilgan kasbiy ta’lim moduli.
Masofadan o‘qitish ta’limining ommaviylashuvida internet (“on-line”)ning roli, telekommunikat- siyalarning o‘rni, barcha insonlarning internetga barobar ochiq tashrifi uchun yo‘lak WWW (Web) tex- nologiyasini yaratgan olim Tim Berners Lining xizmati beqiyosdir. Hozirgi kunda masofaviy ta’lim AQShda mukammal shakllangan bo‘lib, uning vujudga kelishi 1970-yillar oxiriga borib taqaladi. Dun- yoda interaktiv ta’lim olishning ko‘plab bazalari vujudga kelmoqda. Jumladan, Britaniya ochiq universi- tetiga qarashli masofaviy ta’lim umumjahon markazining ma’lumotlar bazasini misol qilib keltirish mum- kin. Distant uslubida Xalqaro kengash faoliyat ko‘rsatyapti, “D – Learning”– masofaviy ta’lim olayotgan talabalarning soni tobora ortib bormoqda. O‘tgan asrning 80-yillari oxirida shaxsiy kompyuter imko- niyatlarining oshishi o‘qitish tizimini soddalashtirish va avtomatlashtirish bilan bog‘liq yangi imkoniyat- larni vujudga keltirdi. Kompyuter o‘rgatuvchi dasturlar har xil o‘yinlar shaklida paydo bo‘ldi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va internet masofaviy o‘qitishning tezkorlik va soddalashtirilgan tartibda keng tarqalishiga imkon berdi. Internet radio va televideniyaga nisbatan juda katta siljishlarga olib keldi. Har qanday o‘quvchi bilan u qayerda joylashganligidan qat’iy nazar, muloqot- ga kirishish va qaytaruv aloqaga kirishish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Masofaviy o‘qitish jarayonida tala- balarning hamma vaqt auditoriyada bo‘lishi talab qilinmaydi. Masofaviy o‘qitishni amalga oshiruvchi ko‘pchilik o‘quv muassasalarida umumiy mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinmoqda, ayrim holatlarda ular kech- ki vaqt yoki dam olish kunlari o‘tkaziladi. Bunday mashg‘ulotlarda talabalarning qatnashishi shart emas, biroq talabalarning amaliy ko‘nikmalarini va kasbiy faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish uchun ularning bunday mashg‘ulotlarda ishtirok etishi juda foydali hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |