Oʻzbekiston respublikasi оliy va oʻrta maxsus



Download 2,07 Mb.
bet58/158
Sana24.02.2023
Hajmi2,07 Mb.
#914238
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   158
Bog'liq
llm saechasmalari PdfToWord

Infografika ‒ bu murakkab ma’lumotlarni tez va aniq yetkazishga qaratilgan axborot, ma’lumotlar va bilimlarni taqdim etishning grafik usuli.1
Infografika 25 yildan ko‘proq vaqt oldin xorijiy ommaviy davriy nashrlar sahifalarida paydo bo‘l- gan. Axborotning haddan tashqari ko‘pligi katta hajmdagi ma’lumotlarni eng qisqa va tezkor taqdim eti- shga ehtiyoj bor. Bunga zamonaviy insonga paydo bo‘layotgan “ekran’ madaniyati yordam berdi. Odatda, odamlar, imkon qadar, tezroq ma’lumot olishni xohlashadi, infografika bu ehtiyojning ajoyib yechimidir. Bizning miyamiz vizual ma’lumotni matndan 60 000 marta tezroq qayta ishlaydi.

    • miyaga uzatiladigan axborotning 90% visual (tasvir) yordamida;

    • sensor retseptorlaringizning 70% ko‘zingizda;

    • miyangizning 50% vizual axborotni qayta ishlashda ishtirok etadi;

    • 40% odamlar visual effektga e’tibor qaratadi.

Infografikaning axborotni vizualizatsiya qilishning boshqa turlaridan farqi uning metaforik tabiati- dadir, ya’ni, bu shunchaki katta hajmdagi ma’lumotlar asosida tuzilgan grafik yoki diagramma emas, bal- ki u bilan bog‘liq vizual ma’lumotlar kiritilgan grafikdir. Hayotdan aniq misollar, muhokama mavzulari shular jumlasidandir. Vizualizatsiya jarayoni aqliy tarkibni vizual tasvirga aylantirishdan iborat. Infogra- fika axborotni loyihalash shaklidir.2
Axborot dizayni ‒ dizaynning bir bo‘limi, ergonomikani, funksionallikni, ma’lumotni inson idrok etishining psixologik mezonlarini, axborotni taqdim etishning vizual shakllarining estetikasini va boshqa ba’zi omillarni hisobga olgan holda, turli xil ma’lumotlarni badiiy-texnik loyihalash va taqdim etish ama- liyoti.
Axborot dizaynining asosiy maqsadi ‒ aloqaning ravshanligi: xabar nafaqat jo‘natuvchi tomonidan to‘g‘ri yetkazilishi, balki qabul qiluvchi tomonidan ham to‘g‘ri tushunilishi kerak. Garchi infografikani deyarli har qanday sohada qo‘llash mumkin bo‘lsa-da, ayrim toifalarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Axborot taqdimoti turi bo‘yicha:
♦rasmlardagi raqamlar: raqamli ma’lumotlarni yanada qulay qilish imkonini beradi;
♦kengaytirilgan ro‘yxat: statistik ma’lumotlar, vaqt chizig‘i, shunchaki faktlar to‘plami;

    • jarayon va istiqbol: murakkab jarayonni tasavvur qilish yoki qandaydir istiqbolni taqdim etish

uchun xizmat qiladi. Raqamli ma’lumotlar, umuman, bo‘lmasligi mumkin.
Ma’lumotni ko‘rsatish orqali:
♦statik, ko‘pincha, jonlantirilgan elementlarsiz bitta slayd. Infografikaning eng oddiy va keng tar- qalgan turi;
♦dinamik ‒ jonlantirilgan elementlarga ega infografika. Quyidagilarga bo‘linadi:
♦interaktiv ‒ jonlantirilgan elementlarni o‘z ichiga oladi, foydalanuvchilar (turli darajada) dinamik ma’lumotlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lishlari mumkin. Ushbu turdagi infografika bir interfeysda ko‘proq ma’lumotni tasavvur qilish imkonini beradi;



1 Т.С.Масылюк. Инфографика как средство визуализации информации. Методические рекомендации, г. Доб- рянка, 2017.
2Некляев С.Э. Инфографика: принципы визуальной журналистики. Современное журналистское образова- ние: технологии и особенности преподавания. Под ред. Е.Л.Вартановой. М., “Медиа-Мир”, 2008, c. 248.
♦videoinfografika ‒ bu ma’lumotlar, illustratsiyalar va dinamik matnning vizual tasvirlarini bir- lashtirgan qisqa video ketma-ketlikdir.
Manba turiga ko‘ra, quyidagilar mavjud:
♦tahliliy infografika ‒ tahliliy materiallar asosida tayyorlangan grafikalar;
♦yangiliklar infografikasi ‒ aniq yangiliklar uchun onlayn tarzda tayyorlangan infografika.
Qayta qurish infografikasi ‒ voqea haqidagi ma’lumotlarga asoslangan, voqealar dinamikasini xro- nologik tartibda qayta yaratuvchi infografika.
Infografika ma’lumotlarning vizual tasviridir. Infografika murakkab ma’lumot yoki statistikani tez va samarali tushuntirish kerak bo‘lganda juda foydali. Infografikaning go‘zalligi shundaki, ular murakkab ma’lumotlarni tushunarli va qiziqarli qilishlari mumkin. Biroq, infografikani yaratish juda qiyin, chunki siz ko‘p ma’lumot to‘plashingiz va uni yaxshi loyihalashingiz kerak. Infografikani yaratish tamoyillari:

  1. Mavzuning dolzarbligi (infografika yaratilayotgan auditoriyaga qaratilgan).

  2. Soddalik va ixchamlik (To‘plangan barcha ma’lumotlar tartiblangan bo‘lishi va faqat eng mu- himlari qoldirilgan bo‘lishi kerak. Infografikaning asosiy maqsadi muayyan masala yoki muammoni yori- tishdan iborat. Axborot va vizual elementlar miqdorini oshirmaslik kerak, juda ham ko‘p tafsilotlar info- grafikani tushunishni qiyinlashtirishi mumkin).

  3. Tasvir va vizualizatsiya (Oddiy ma’lumotlar zerikarli va ba’zan tushunish qiyin. Geometrik shakllar, grafiklar, diagrammalar, piktogrammalar va belgilardan foydalanish uzatilayotgan axborotning tasvirini yaratishga va ma’lumotlarni vizuallashtirishga yordam beradi).

  4. Ijodkorlik (Bu infografikani oddiy diagrammadan asosiy farqi. O‘z infografikangizni o‘z fikri- ngizni bildirishingiz mumkin bo‘lgan plakat sifatida taqdim eting. Lekin shu bilan birga, dizayn mos bo‘- lishi va masalaning ochib berilishini aks ettirishi kerak).

  5. Ma’lumotlarning to‘g‘riligi va tashkil etilishi (ma’lumotlar to‘g‘ri va tuzilgan, asosiy g‘oya aniq bo‘lishi kerak).

  6. Estetik joziba (uyg‘unlik va mutanosiblik).

Infografika yaratish xizmatlari. Infografikani deyarli har qanday muharrirda yaratish mumkin ‒ Ms Office Power Point, Ms Office Word, Paint va boshqalar. Lekin dizayn va infografika tamoyillari bilan tanish bo‘lmagan odamlar uchun bu juda qiyin bo‘lishi mumkin. Internetda har xil turdagi infografikalar- ni shablonlardan ham, noldan ham yaratish imkonini beruvchi ko‘plab xizmatlar mavjud. Ulardan ba’zi- larini ko‘rib chiqaylik:

  • Molbert.ly ‒ tayyor elementlar kutubxonasiga ega intuitiv infografik muharrir. Ularning har biri

o‘zingiz uchun moslashtirilishi va tahrirlanishi mumkin;

  • Visual.lv ‒ bir qator infografika yaratish imkonini beruvchi ajoyib vosita. Bu holda infografika deyarli butunlay Twitter yoki Facebook ma’lumotlari kabi ijtimoiy ko‘rsatkichlarga asoslanadi.

  • Canva.com ‒ bannerlar, tashrif qog‘ozlari, rasmlar va afishalar yaratish uchun eng yaxshi onlayn dizayner. Tayyor rasmni PNG yoki PDF formatida kompyuteringizga saqlash mumkin.

  • Piktochart ‒ ma’lumotni jozibali vizual hikoyalarga aylantiradi. Foydalanish juda oson.

  • Infogr.am hali ham nisbatan yangi xizmat bo‘lib, hali amalga oshirilayotgan ko‘plab funksiyalar- ga ega. Bepul interaktiv diagrammalar va infografika yaratish uchun foydali vosita.

  • Creately professional diagrammalar va dinamik diagrammalar yaratishda yordam beruvchi qulay vositadir. Siz diagramma turlaridan birini tanlashingiz va o‘zingizning diagramma yoki grafikingizni ya- ratish uchun shunchaki ma’lumotlaringizni qo‘shishingiz mumkin.

  • Tagxedo. Ushbu xizmat matnni (mashhur so‘zlar, yangiliklar, shiorlar, hatto sevgi e’tiroflari) ajo- yib tarzda yaratilgan so‘z bulutlariga aylantiradi. So‘zlar matndagi eslatmalar chastotasiga qarab hajmi ji- hatidan farqlanadi. Siz bulutning istalgan shaklini tanlashingiz mumkin ‒ qush, hayvon, yurak, turli xil narsalar, hatto inson yuzi shaklida.

Infografika yaratish texnologiyasi quyidagicha:

  1. bosqich ‒ infografika yordamida erishiladigan maqsad va vazifalarni aniqlash (mavzu sohasiga qarab). Shuni hisobga olish kerakki, “grafikada haqiqatda mavjud bo‘lgan narsalarni ko‘rsatish juda oson, mavhum tushunchalarni vizual ko‘rinishga o‘tkazish ancha qiyin va fikr va mulohazalarni bildirish deyar- li mumkin emas”.

  2. bosqich ‒ ma’lumotlarni bo‘limlarga, qismlarga, paragraflarga ajratish. Har bir bo‘limni alohida rasm yoki grafik bilan taqdim etiladi.

  3. qadam ‒ fokusni yarating, ya’ni, infografika quriladigan asosiy vizual metaforani o‘ylab toping.

Bu oddiy va hamma uchun ma’lum bo‘lishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, elektron ta’lim resurslarini yaratishda katta hajmdagi ma’lumotlarni visual tasvirlash va pedagogik faoliyatda infografikani qo‘llash ta’lim samaradorligini oshiradi.



Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish