Tok zichligining zaryadlar zichligiga bog'liqligi. Endi tok zichligining o'tkazgichdagi zaryadlarning harakat tezligiga bog'liqligini ko'raylik. Shunday qilib, o'tkazgichdagi tok zichligi undagi erkin zaryad tashuvchi-larning konsentratsiyasiga va ularning harakat tezligiga bog'liq ekan.
Shuni ta'kidlash lozimki, metallardagi elektronlarning konsentratsiyasi amalda o'zgarmas bo’ladi. U temperaturaga ham bog'liq emas.
Elektronlarning harakat tezligi.Elektronlarning xona temperaturasidagi issiqlik harakati o'rtacha tezligi taxminan 105m/s ni tashkil qilib, u elektronlarning o'tkazgichdagi yo'naltirilgan harakat tezligidan qariyb 108 marta katta ekan. Unda elektr tokining tarqalish tezligi nimaga teng, degan savol tug'iladi.
Elektr tokining tarqalish tezligi.Elektronlarning o'tkazgichdagi yo'naltirilgan harakat tezligi va elektr tokining tarqalish tezligi mutlaqo bir xil narsa emas. Elektr tokining tarqalish tezligi elektr maydonining tarqalish tezligidir. Shu maydon ta'sirida o'tkazgichdagi barcha erkin elektronlar qariyb bir paytda o'zlarining yo'naltirilgan harakatlarini boshlaydilar. Chunki elektr maydonini tarqalish tezligi yorugiik tezligis=3· 108 m/s ga tengdir. Masalan, tok manbayidan masofada bo'lgan iste'molchiga elektr tokining yetib borish vaqti
t =l\с ifoda yordamida aniqlanadi.
Elektr zaryadining birligi.Elektr zaryadining birligini topish uchun SI da zaryad miqdorining birligi — kulon (C), u fransuz fizigi Sh. Kulon sharafiga shunday nomlangan.
Tashqi kuchlar. Elektr yurituvchi kuch va M a z m u n i: tashqi kuchlar; tashqi kuchlarning ishi; elektr yurituvchi kuch; kuchlanish.
Tashqi kuchlar. Oldin qayd qilib o'tganimizdek, elektr toki vujudga kelishi uchun zarur bo'lgan shartlardan biri erkin zaryadlangan zarralarning batartib harakatini ta'minlovchi kuchlarning mavjudligidir. Buning uchun erkin zaryadlarga tashqi kuchlar ta'sir etishi kerak. Tashqi kuchlarning vujudga kelishini va ta'sirini ta'minlovchi qurilma tok manbayi deyiladi. Bunday qurilmalarda turli ismli zaryadlarning bo'linishi ro'y beradi. Zaryadlar tashqi kuchlar ta'sirida, tok manbayi ichida, elektr maydoni kuchlari ta'siriga qarama-qarshi yo'nalishda harakat qiladi. Buning natijasida tok manbayi qutblarida doimiy potensiallar farqi saqlanib turadi.
O'zgarmas tok manbalarining sxematik tasviri ko'rsatilmagan. O'zgarmas tok manbayining musbat qutbi uzun, manfiy qutbi csa kalta chiziq bilan ko'rsatiladi . Generator qutblariga esa «+» va « - » belgilar qo'yiladi Tashqi kuchlarning ishi.Zanjirda elektr toki vujudga kelishi va mavjud bo'lishini tasavvur qilish uchun quyidagicha tajribani o'tkazaylik. Turli potensialli (φ1>φ2) A va В jismlar o'tkazgich orqali tutashtirilib, ulardan tok oqmoqda. Jismlarning potensiallari tenglashishi bilan o'tkazgich orqali oqayotgan tok to'xtaydi. Zanjirda doimiy tokni saqlab turish uchun φ1 -φ2=const potensiallar farqini o'zgartirmay saqlash zarur. Buni esa zaryadlarni В jismdan A jismga qaytarish bilangina amalga oshirish mumkin. Boshqacha aytganda, tok oqadigan kontur yopiq bo’ladi(AaBbA). Lekin Bb A qismda zaryadlar elektr kuchlariga qarshi ko'chishlari kerak. Bu ko'chirishni esa elektr tabiatiga ega bo'lmagan tashqi kuchlargina amalga oshirishlari mumkin. Ular butun zanjir bo'ylab yoki uning biror qismida ta'sir qilishi mumkin.
Umuman olganda, tashqi kuchlarning tabiati turlicha bo’ladi. Misol uchun ular galvanik elementlarda kimyoviy reaksiyalar natijasida vujudga keladi, generatorda esa rotor aylanishining mexanik energiyasi hisobida va hokazo. Elektr zanjiridagi tok manbayining rolini gidravlik sistemaga suv haydovchi nasosga o'xshatish mumkin. 1-bakdan 2-siga doimo suv oqib turishi uchun, pastdagi suvni yuqoridagisiga haydovchi nasos 3 zarur. Aks holda 1-bakdagi suv tugagandan so'ng sistema ishida uzilish ro'y beradi.