O’ituvchi o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni o’zlashtirishiga tayyorlashi kerak 3.O’quvchilarning egallagan bilimini tekshirish va baholash: O’qituvchi o’tilgan mashg’ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqib, o’quvchilarning bilimini tekshiradi YAKKA SAVOLLAR 1.Issiqlik mashinasining tuzilishi.
2.To'g'ri sikl deb qanday siklga aytiladi?
3.Teskari sikl debqanday mashinalar to'g'ri siklda ishlaydi? Teskari siklda-chi?
4. Karno siklida ish nima hisobiga bajariladi?
5. FIK ishchi moddaning turiga bog'liqmi?
6. Sovitkich qanday prinsipda ishlaydi?
7. Issiqlik dvigatellariga nimalar kiradi?
8. Bug' mashinasi.
9. Ichki ytiliish dvigateli.
10. Ichki yonish dvigatelining ish prinsipi.
4.Yangi mavzuni tushuntirish: Bu bosqichda o’qituvchu o’quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga keraqli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi va o’quvchilar ma’ro’zaning asosiy qismlarini daftarga yozib oladilar. Oqituvchi yangi mavzuni tushuntirishda innovatsion va yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib o’quvchilar hamkorligida ularning fkrlashi uchun yo’llanmalar berib ishlaydi. ELEKTRODINAMIKA ASOSLARI Elektrodinamika — elektr zaryadlari orasidagi o'zaro Ta'sirni amalga oshiruvchi elektromagnit maydon qonunlari haqidagi bo'limdir.
Eng sodda elektr va magnit hodisalari juda qadim zamonlardanoq odamlarga ma'lum bo'lgan. Bu hodisalar yagona sistemaga solinguncha ko'plab tajribalar o'tkazilgan, kashfiyotlar qilingan. 1785- yilda fransuz fizigi Sh.Kulon (1736—1806) nuqtaviy zaryadlar orasidagi o'zaro ta'sir qonunini kashf etdi. 1820-yili daniyalik fizik Ersted (1777-1851) elektr toki atrofida magnit maydon hosil bo'lishini kashf etdi. 1831- yilda M.Faradey (1791—1867) elekromagnit induksiya hodisasini ochdi. Ingliz olimi J. Maksvell (1831—1879) elektrodinamikaning asosiy qonunlarini yaratdi va 1867- yilda e'lon qildi. U o'zining nazariysida tabiatda yagona elektromagnit maydon mavjudligini ko'rsatdi.Nemis fizigi G.Gers (1857—1894) elektromagnit to'lqinlarning mavjudligini tajribada isbotlab, Maksvell nazariyasini tasdiqladi.
ELEKTR MAYDON Elektr maydon — elektromagnit maydonning (magnit maydon bilan birgalikda) namoyon bo'lish shakllaridan biridir. U harakatsiz zaryadga ta'sir ko'rsatadi. Elektr maydon haqidagi tushuncha ingiliz fizigi M.Faradey tomonidan kiritilgan. Uning tasavvuri bo'y harakatsiz har bir zaryad o'z atrofida elektr maydon hosil qiladi, zaryadlar bir-birlari bilan maydonlari orqali ta'sirlashishadi. Haraka zaryad atrofidagi elektr maydonga elektrostatik maydon deyiladi.