Issiqlik dvigatellari. Issiqlik dvigatellariga bug' mashinasi, bug' turbinasi, ichki yonish dvigateli, reaktiv dvigatellar kiradi.
Bug' mashinasi. Bug' mashinalari va bug' turbinalarida isitkich isini bug' qozoni, ishchi modda vazifasini bug', sovitgich vazifasi esa atmosfera yoki ishlatilgan bug'ni sovitish qurilmasi — kondensator bajaradi.
Ichki yonish dvigateli. Ichki yonish dvigatelida isitkich va ishchi modda vazifasini yonilg'i, sovitgich vazifasini esa atmosfera o'taydi.
Odatda, yonilg'i sifatida benzin, spirt, kerosin va dizel yoqilg'isi ishlatadi. Maxsus qurilma (masalan, benzin dvigatellarda karburator) yordamida yonilg'i va havo aralashma ko'rinishida tayyorlanib, silindrga uzatiladi. Silindrda esa aralashma yonadi. Yonish mahsulotlari esa atmosferaga chiqarib tashlanadi. Endi ba'zi turdagi dvigatellarga batafsil to'xtalamiz.
Karburatorli dvigatel. To'rt taktli karburatorli dvigatelning ish prinsipi va ishchi diagrammasini ko'raylik.Tashqi kuchlar tasirida porshen pastga qarab harakatlanganda, kiritish klapani ochilib ishchi aralashma silindrga tushadi.
Jarayon atmosfera bosimi ostida izobarik ravishda ro'y beradi. Porshe eng quyi holatga yetganida kiritish klapani yopilib, birinchi takt (surish takti) tugaydi: grafikda jarayon 0 — 1 to'g'ri chiziq bilan ko'rsatilgan. Ikkinchi (qisish) takti ham tashqi kuch ta'sirida ro’y beradi.
Amalda ichki yonish dvigatellarining FIK 20 — 30% ni tashkil etadi. Ularning FIK ni orttirish uchun esa aralashmani ko'proq siqish kerak. Lekin ichki yonish dvigatellarida yonilg'i aralashmasini qattiq siqish mumkin emas, chunki siqilgan yonilg'i qizib, o'z-o'zidan yonib ketishi mumkin. Bu esa dvigatelning ishprinsipini buzadi.
Dizel. Olmon muhandisi D i z e 1 yuqoridagi qiyinchiliklardan xoli va FIK ancha yuqori bo'lgan dvigatelni yaratdi. Dizellarda siqish darajasi ancha yuqori bo'lib, uning oxirida havoning temperaturasi, yoqilg'i o’z-o'zidan o't olishi uchun yetarli darajada baland bo'ladi. Yoqilg'I esa karburatorli dvigatellarnikidek birdaniga emas, balki asta-sekin, porshen harakatining biror qismi davomida yonadi. Yoqilg'ining yonish jarayoni ishchi bo'shliqning hajmi ortib borishi davomida ro'y beradi. Shuning uchun ham gazlarning bosimi ish davomida o'zgarmay qoladi. Shunday qilib, dizelda aralashmaning yonish jarayoni o'zgarmas bosi mda ro'y beradi. Karburatorli dvigatellarda esa bu jarayon o'zgarmas hajmda ro'y berar edi. Dizel, karburatorli dvigatelga qaraganda tejamkorroq bo'lib, FIK ham ancha yuqori, qariyb 40% ni tashkil qiladi. Uning quvvati ham ancha katta bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, ancha arzon yoqilg'ida ham ishlayveradi. Dizellar statsionar qurilmalarda, temir yo'l, havo va suv transportlarida keng qo'llaniladi. Hozirgi paytda kichik quvvatli dizellar avtomashina va traktorlarda ham ko'p ishlatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |