Magnit maydonning harakatlanayotgan zaryadga ta'siri. Lorens kuchi
M a z m u n i: Lorens kuchi; Lorens kuchining ta'siri va yo'nalishi.
Lorens kuchi. Tajribalarning ko'rsatishicha magnit maydon nafaqat tokli o'tkazgichga va balki magnit maydonda harakatlanayotgan alohida zaryadga ham ta'sir qiladi. Chunki harakatlanadigan zaryad ham o'z atrofida magnit maydon hosil qiladi.
Lorens kuchining yo'nalishi. Lorens kuchining yo'nalishi harakatlanayotgan musbat zaryad uchun chap qo'l qoidasiga muvofiq aniqlanadi. Agar magnit induksiya vektorlari chap qoiimizning kaftiga kirayotgan, musbat zaryadning harakat yo'nalishi esa ochilgan barmoqlar tomonga yo'nalgan bo'lsa, unda bosh barmoqning yo'nalishi Lorens kuchining yo'nalishini ko'rsatadi. Zaryadning ishorasi o'zgarishi bilan kuchning yo'nalishi ham teskarisiga o'zgaradi. Yuqoridagi ta'rifdan va ko'rinib turibdiki, Lorens kuchi tezlik v va induksiya В vektorlariga perpendikular yo'nalgan.
Lorens kuchining ta'siri. Ko'rinib turibdiki:
1) agar zaryad harakatsiz bo'lsa, ya'ni u = 0, unda FL = 0. Demak, magnit maydon harakatsiz zaryadga ta'sir ko'rsatmaydi, ya'ni harakatsiz zaryad atrofida magnit maydon hosil bo'lmaydi;
2) agar a = 0, ya'ni zaryad magnit induksiya vektori bo'ylab harakatlansa (tezlik vektori v induksiya vektori В ga parallel bo'lsa), unda zaryadga magnit maydoni tomonidan hech qanday kuch ta'sir etmaydi;
3) Lorens kuchi zaryadning harakat tezligiga perpendikular bo'lganligi uchun, uning tezligining modulini, ya'ni kinetik energiyasini o'zgartira olmaydi. Demak, Lorens kuchi ish bajara olmaydi;
4) Lorens kuchi zaryadning harakat tezligiga perpendikular bo'lganligi uchun, uning tezligining yo'nalishini o'zgartiradi. Agar zaryad bir jinsli maydonda harakatlanayotgan bo'lsa, unda Lorens kuchi markazga intilma kuch vazifasini bajarib, zaryadning harakat trayektoriyasini egrilaydi.
Yerning magnitosferasi va uning quyosh shamoli bilan o'zaro ta'siri
M a z m u n i: magnitosfera; quyosh shamoli; quyosh shamolining Yerga ta'siri.
Magnitosfera. Magnitosfera deb — Yerning xususiy magnit maydoni bilan aniqlanuvchi yer atrofidagi ma'lum fazoga aytilib, uning xossalari, o'lchamlari va shakli quyoshdan keluvchi zaryadlangan zarralar oqimi, ya'ni quyosh shamoli bilan o'zaro ta'siri asosida aniqlanadi. Magnitosfera — sfera ko'rinishiga ega bo'lmay, quyoshga qarama-qarshi tomoni qattiq cho'zilgan bo’ladi. Quyosh tomondagi yer magnit maydoni quyosh shamoli tarkibidagi plazma oqimi tomonidan qisilsa, unga qarama-qarshi tomondagi magnit maydon kuch chiziqlari dumga o'xshab cho'zilib ketadi . Dumning diametri Yerning radiusidan qirq marta katta bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |