26
6. Tijorat banklari mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan
mezonlarga
muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjat va ma’lumotlarni Jamg‘armaga taqdim etadi.
Taqdim etilgan hujjat va ma’lumotlar Jamg‘arma tomonidan besh ish kunida
ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiqligi yuzasidan
o‘rganiladi.
Belgilangan mezonlarga muvofiq deb topilgan tijorat banklari bilan Moliya
vazirligi o‘rtasida ta’lim kreditlari uchun mablag‘lar ajratish yuzasidan Bosh bitim
(keyingi o‘rinlarda – Bosh bitim) tuziladi.
Jamg‘arma tomonidan ushbu Nizom doirasida ajratiladigan mablag‘lar
bankning birinchi darajali regulyativ kapitalidan oshib ketmasligi lozim.
7. Tijorat banklari mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan mezonlarga
muvofiq emas deb topilganda, ular bilan Bosh bitim tuzishni rad etish haqida yozma
tarzda xabardor qilinadi.
8. Moliya vazirligi doimiy ravishda mazkur Nizom doirasida Moliya vazirligi
bilan Bosh bitim tuzgan tijorat banklarining ro‘yxatini o‘zining rasmiy
veb-saytlarida e’lon qiladi.
9. Moliya vazirligi tijorat banklariga ta’lim kreditlari ajratish uchun 15 yildan
ko‘p bo‘lmagan muddatga depozit mablag‘larni joylashtiradi.
10. Tijorat banklari ta’lim krediti olish istagini
bildirgan kredit oluvchilar
reyestrini (keyingi o‘rinlarda – Reyestr):
to‘lov-kontrakt miqdorining 25 foizi bo‘yicha – kredit oluvchilardan har yili
1-sentabrga qadar kredit olish uchun kelib tushgan arizalar asosida;
to‘lov-kontrakt miqdorining 50, 75 va 100 foizi bo‘yicha – o‘quv yili
davomida ta’lim krediti shartnomasi tuzgan kredit oluvchilar ehtiyoji hisob-
kitobidan va har yili, mos ravishda, 15-dekabr, 15-mart va 15-iyunga qadar kredit
olish uchun yangi kelib tushgan arizalar asosida shakllantiradi.
11. Tijorat banklari har chorak uchun shakllantirilgan reyestrlar asosida
5-sentabr, 20-dekabr, 20-mart va 20-iyunga qadar Jamg‘armaga ta’lim krediti uchun
mablag‘larni olish maqsadida buyurtmanomani taqdim qiladi.
Tijorat banklari tomonidan mazkur bandning birinchi xatboshisida
belgilangan muddatlarga qadar shakllantiriladigan Reyestrga asosan Jamg‘armaga
bir yoki bir necha marta buyurtmanoma taqdim etishi mumkin.
Tijorat banklari tomonidan fuqarolarning ta’lim kreditiga bo‘lgan talabini o‘z
vaqtida qondirish maqsadida tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan mazkur
Nizomda belgilangan shartlarda ajratilgan ta’lim kreditlari
Moliya vazirligidan
ajratilgan mablag‘lar hisobidan qayta moliyalashtirilishi mumkin.
12. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish
bo‘yicha davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda – Davlat komissiyasi) tomonidan
ta’lim tashkilotlari qabul parametrlariga o‘zgartirish kiritilishi va boshqa sabablarga
27
ko‘ra mazkur Nizomning 10-bandida keltirilgan muddatlardan keyin taqdim etilgan
arizalar asosida tijorat banklari Reyestr shakllantirib boradi va har oyning 15-sanasi
va oxirgi sanasida Jamg‘armaga buyurtmanoma yuboradi.
13. Ta’lim tashkilotlari o‘quv yili davomida to‘lov-kontrakt miqdori
o‘zgargan taqdirda, bu haqida tijorat banklarini to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgargan
kundan boshlab besh ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
14. Jamg‘arma buyurtmanomalar kelib tushgan kundan boshlab besh ish
kunida tijorat banklari bilan Moliya vazirligi o‘rtasida ta’lim
krediti uchun
mablag‘larni ajratish bo‘yicha depozit shartnomasi imzolab, ushbu mablag‘larni
tijorat banklarining tegishli hisob varag‘iga o‘tkazib beradi.
15. Bosh bitimga muvofiq Jamg‘arma mablag‘larni tijorat banklariga
Markaziy bankning asosiy stavkasidan to‘rt foiz bandga past stavkada joylashtiradi.
Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda Moliya
vazirligi va tijorat banklari o‘rtasida tuzilgan ta’lim krediti uchun mablag‘larni
ajratish to‘g‘risidagi depozit shartnomasiga foiz stavkasini tegishli davr uchun mos
ravishdagi foiz bandga tushirish bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Markaziy bankning asosiy stavkasi ko‘tarilgan taqdirda, ta’lim krediti uchun
mablag‘larni ajratish bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoldiriladi.
16. Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga joylashtirilgan ta’lim krediti
uchun mablag‘larni qaytarish va ular bo‘yicha foizlarni to‘lash
tijorat banklari
va Moliya vazirligi o‘rtasida tuzilgan depozit shartnomasida belgilangan tartibda
va muddatlarda amalga oshiriladi.
17. Ta’lim kreditlari bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kredit
tavakkalchiliklarini o‘zaro taqsimlash maqsadida Moliya vazirligi tomonidan Bosh
bitimga muvofiq tijorat banklariga joylashtirilgan mablag‘larining 50 foizini
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga garov depoziti sifatida qo‘yish
bo‘yicha tijorat banki va Moliya vazirligi o‘rtasida garov shartnomasi (keyingi
o‘rinlarda – garov shartnomasi) tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: