25-§. LUG’AT SATHI TARAQQIYOTIDAGI ICHKI OMILLAR. So’z yasalishi
So’z yasash yo’llari, usullari so’z yasalishi bahsida o’rganiladi. So’z yasalishi asosan ikki usul bilan amalga oshadi: affiksatsiya usuli va kompozitsiya usuli.
Affiksatsiya usuli mustaqil ma’noli morfemaga, so’zning o’zak-negiziga so’z yasovchi qo’shimchalarni (affikslarni) qo’shish orqali yangi so’z yasashdir. So’zning o’zak-negiziga yasovchi qo’shimchalar qo’shish bilan hosil bo’lgan yangi so’z yasama so’z deyiladi (sodda so’zlar tuzilishi jihatdan ikki xil bo’ladi; tub va yasama so’z. Tarkibida so’z yasovchi qo’shimcha ishtirok etmagan so’z tub so’z deyiladi.)
Ot, sifat, fe’l, ravish yasovchi qo’shimchalar so’z yasovchi hisoblanadi. Affiksatsiya so’z yasashda unumli usuldir: chiroy-li-chiroyli; mulk-dor-mulkdor; qahramon-ona-qahramonona, qahramon-larcha-qahramonlarcha.
Do'stlaringiz bilan baham: |