O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Download 0,74 Mb.
bet60/123
Sana31.10.2020
Hajmi0,74 Mb.
#51661
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   123
Bog'liq
Tilshunoslikka-kirish

14. Etimologik lug’atda so’zlarning kelib chiqishi, shakllanish tarixi yoritiladi. «O’zbek tilining etimologik lug’ati» 2000 yilda prof. Sh. Rahmatullayev tomonidan yaratildi.

  1. “O’zbek tilining izohli etnografik lug’ati”, “Qo’shma so’zlar lug’ati” hali yaratilmagan.


24-§. ETIMOLOGIYA

Etimologiya so’zlarning kelib chiqishi, shakllanish tarixini o’rganuvchi bo’lim. So’zlarning kelib chiqishini o’rganish quyidagilarda ahamiyatli:

1) so’zlarning lug’aviy ma’no ko’lamini yoritishda.

2) so’z o’zagini aniqlashda.

3) tilning tarixiy taraqqiyoti davomidagi o’zgarishlarni tahlil qilishda.

Masalan: dehqon so’zi yer ochib, ekin o’stiruvchi qishloq odamini bildiradi. Bu so’z asli tojikcha bo’lib, deh-“qishloq”, qon- xon-hokim degan ma’nolarni bildiradi. Qadimda mayda yer egalarini dehqon deyishgan. Hozirda ”ekin-tikin ishlari bilan shug’ullanadigan odam” tushunchasini beradi. Mehnat so’zi mumtoz adabiyotda “mashaqqat”, “zahmat”, “azob-uqubat” ma’nolarida qo’llangan:

Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi,

Shod etmas emish ko’ngulni mehnatda kishi.

Mehnat hozirda jismoniy va aqliy ko’rinishdagi faoliyatni anglatadi: Mehnat-mehnatning tagi rohat.

Vatan so’zi aslida “tug’ilgan joy” ma’nosini anglatadi. Keyinchalik, vatan so’zining ma’no doirasi kengaya borib, “mamlakat”, “yurt” tushunchasiga teng kelib qolgan.



Etimologik kuzatishlar, turkiy tillar etimologiyasiga bog’liq fikrlar muayyan til, jumladan, o’zbek tili tabiatini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Turkiy so’zlar etimologiyasiga oid quyidagi xulosalar o’quvchi bilimini boyitishga xizmat qiladi.

  1. O’zbek tilidagi turkiy so’zlar asosan ikki bo’g’inli, qisman bir va uch bo’g’inli bo’lib, to’rt va undan ortiq bo’g’inli so’zlar juda kam.

  2. Bir bo’g’inli so’zlar qadimgi turkiy tilga mansub bo’lib, hozirgi o’zbek tili nuqtai nazaridan tub deb qaraladi. Qadim turkiy so’zlar undosh- unli- undosh (sus) shaklida bo’lgan o’zaklarga asoslangan.

  3. Turkiy tillarga, jumladan o’zbek tiliga bir bo’g’in tarkibida ikki undoshning ketma-ket kelishi xos emas. O’zbek tilida uchraydigan berk, bo’rk, art burch, bo’rt so’zlari oxiridagi undosh aslida qo’shimcha sifatida keyin qo’shilgan: ber-ik-berk, bo’ru-k-bo’rk; ari-t-art, bur-uch-burch, bo’r-ut-bo’rt.

  4. Qadimgi turkiy tilda (o’zbek tilining dastlabki taraqqiyot bosqichida) so’z yasovchi qo’shimchalar hozirdagiga nisbatan ko’p va xilma-xil ko’rinishlarda mavjud bo’lgan. Bugungi kunda ma’noli qismlarga ajratiladigan so’zlarning ko’pi qadimgi turkiy til davrida yasalgan.

Ayrim so’zlar etimologiyasiga e’tibor bering. Qo’shiq- “ashula”. Ko’cha tomonda childirma va qo’shiq eshitildi (Parda Tursun). Qo’shiq1 so’zi qadimgi turkiy tilda “birlashtirish” ma’nosidagi qo’sh fe’liga-(u-g’ ot yasovchisini qo’shish bilan yasalgan (bu haqda “Devonu lug’atit turk”da-1 jild, (357-bet); “Drevnetyurkskiy slovar”da(460-bet), ma’lumot berilgan). Bu so’z dastlab “she’r”, “qasida” ma’nosini anglatgan; ma’no taraqqiyoti natijasida “ashula” tushunchasi shakllangan. So’zning qadimiy ko’rinishi keyingi davrlarda fonetik o’zgarishga uchragan: qo’sh-ug’-qo’shug’-qo’shuq-qo’shiq.

Burungi “ilgari”, “oldin”, “avval”. Ko’chatlarning holati burun qanday bo’lsa, hozir ham shunday. Bu so’z “hid bilish a’zosi” ma’nosidagi burun otining “oldin”, “ilgari” ma’nosi asosida yuzaga kelgan (burun ham yuz sathidan oldin, ilgari turgani uchun shunday nomlangan).


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish