Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlil. Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang’ich bo’g’ini bo’lmish korxona va boshqa iqtisodiy sub’ektlarning yuqori pirovard natijaga erishishga qaratilgan xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi.
Makroiqtisodiy tahlilda milliy iqtisodiyotning holati, faoliyat qilishi va natijalari tadqiqot qilinadi. Iqtisodiy resurslarni to’liq band qilish, inflyatsiyani jilovlash va iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlash orqali iqtisodiy o’sishga erishish muammolari bu tahlil ob’ektidir. Qisqacha aytganda, makroiqtisodiy tahlilda milliy xo’jalik, uning alohida sektorlari (davlat, kooperativ, xususiy) va jahon xo’jaligi o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |