O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limvazirligi farg’ona politexnika instituti «elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari»



Download 4,04 Mb.
bet6/35
Sana16.03.2022
Hajmi4,04 Mb.
#496336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Maxsus elektromehanik o\'zgartkichlar 2-qism

3.1-rasm. Asinxron chastota o‘zgartkichning ulanish sxemasi
Asinxron chastota o‘zgartkichlar chastotani oshirish kerak joylarda keng qo‘llaniladi, masalan tez yurar asinxron dvigatellarni 50 Hz dan ko‘p bo‘lgan chastotali tok bilan ta’minlash uchun. Boshqa agregatlar, tok chastotasini o‘zgartirish uchun, ayniqsa katta quvvatlarda (masalan, sinxron generator yurituvchi dvigatel bilan) qimmatga tushadi.
3.2-rasmda asinxron chastota o‘zgartkichning prinsipial ulanish sxemasi keltirilgan. O‘zgartkich (AChO‘) ning stator chulg‘ami normal chastotali f1 tarmoqqa ulanadi, uning rotor chulg‘ami esa kontakthalqa va cho‘tka orqali f2 tarmoqqa ulanadi. Yurituvchi dvigatel (D) xam birlamchi tarmoqqa ulanadi.
Chastotani (f2>f1) oshirish uchun o‘zgartkichning rotorini magnit maydoni aylanish yo‘nalishiga qarshi aylantiriladi. Shunda EYK E2s=so‘E2 rotorda xosil bo‘lgan EYK, f2=so‘f1>f1 chastotaga ega bo‘ladi, chunki magnit maydonga rotorni qarama qarshi aylantirganda o‘zgarkichning sirpanishi so‘ >1 katta.
Rotor zanjirining to‘la elektr quvvati Pe2, s>1 bo‘lganda elektromagnit quvvat Pem bilan qo‘shilib P'2 quvvatini xosil qiladi.
Ma’lum nisbatlarni inobatga olib quyidagicha yozamiz:
(3.2)
Agar dvigatel juft qutblari rd bo‘lsa, o‘zgartkichning esa juft qutblari ro‘ bo‘lsa, o‘zgartkichdagi sirpanish quyidagiga teng:
(3.3)
Bu erda n1- o‘zgartkich magnit maydoni aylanish tezligi; n2- o‘zgartkich rotorinig aylanish tezligi (yurituvchi dvigatelning sirpanishini xisobga olmaymiz).

3.2-rasm. Asinxron chastota o‘zgartkichning prinsipial sxemasi
Mashinada isrof yo‘q deb tasavbyr qilamiz. Shunda (3.2-rasm)ga ko‘ra quyidagilarga ega bo‘lamiz:
Pe2=P (ikkinchi tarmoq quvvati);
Pem = Po‘ (o‘zgartkich quvvati) va P2 = Pd (dvigatel quvvati).
Yuqorida keltirilgan quvvatlarning nisbatlari, (3.1) ni (3.2) qo‘yib olamiz:
(3.4)
Agarda o‘zgartkich f1= 50 Hz chastotani, f2= 150 Hz chastotaga o‘zgartsa, unda uning sirpanishi so‘=f2/f1=3, (3.2)ga muvofiq pd=1 va po‘=2 bo‘ladi, unda (2.11) ga ko‘ra Po‘ = 0,33P va Pd=0,67P. n2 =n1(1 - s) = (f160/ p)(1 -s). f2 = pns /60=p(n1 – n2)/60,
yoki
f2 = p(n1n2) n1 = pn1 n1 n2 = f1s (3.4)
60 n1 60 n1
1. n1=1500, n2=1450 rotor magnit maydon aylanish yo‘nalishi bo‘yicha aylansa:
f
2. n1=1500, n2=1450 rotor magnit maydoni aylanishiga qarama-qarshi yo‘nalish bo‘yicha aylansa:
f
Quvvati katta bo‘lmagan chkastota o‘zgartkichlarda (5-30 kVA, cosφ2=0,8÷0,75 da), o‘zgartkich va dvigatellarning birlamchi tarmoqdan oladiga xaqiqiy quvvatlari isroflarni xisobga olgan xolda, 25-35% ni tashkil qiladi. Shuni e’tiborga olish kerakki o‘zgartkichning vali orqali faqat aktiv energiya beriladi, ikkilamchi zanjirga va o‘zgartkichning o‘ziga birlamchi zanjirdan stator orqali reaktiv energiya beriladi.
Ko‘p xollarda o‘zgartkichning ikkilamchi zanjiri yuklamasi sifatida asinxron dvigatellar ishlatiladi. Shunda ushbu dvigatellarning salt ishlashidan yuklama bilan ishlashga o‘tganida U2 kam o‘zgaradi, chunki tarmoqdan olayotgan reaktiv energiyasi o‘zgaradi.
Asinxron o‘zgartkichlarni ishlab chiqarishda shuni e’tiborga olish kerakki, rotor chastotasi katta bщlgani uchun yarmo va tishlardagi induksiyani kamaytirish kerak.
Asinxron chastota o‘zgartkich uchun quyidagi kuchlanish va tok tenglamalarini yozishimiz mumkin:
Bu erda R' i X'– o‘zgartkichning stator chulg‘amiga keltirilgan rotor chulg‘amlari ikkilamchi kuchlanishi va yuklama qarshiligi. Ushbu tenglamaga muvofiq 2.14-rasmda yuklama bilan ishlayotgan o‘zgartkichning vektor diagrammasi ko‘rsatilgan.


Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish