O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limvazirligi farg’ona politexnika instituti «elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari»



Download 4,04 Mb.
bet17/35
Sana16.03.2022
Hajmi4,04 Mb.
#496336
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
Bog'liq
Maxsus elektromehanik o\'zgartkichlar 2-qism

1000 V gacha bo‘lgan motorlar uchun quyidagilar belgalangan:
- ko‘p fazali qisqa tutashuvdan va minimal kuchlanishdan himoya, zaminlangan neytralli tarmoqlarda esa bir fazali qisqa tutashuvdan qo‘shimcha himoya (o‘zgaruvchan tok motorlar uchun);
- qisqa tutashuvdan va aylanish tezligining joiz qiymatidan ortib ketishidan himoya (o‘zgarmas tok motorlar uchun);
- asinxron rejimdan himoya (sinxron motorlar uchun);
- yuklanish ortib ketishidan himoya (barcha motorlar uchun).
Kuchlanishi 1000V dan yuqori bo‘lgan o‘zgaruvchan tokli motorlar uchun:
- moy harorati ortishi yoki moy sirkulyasiyasi (podshipniklari majburiy moylanuvchi motorlar uchun) tugab qolishidan (signal berishga va o‘chirishga) himoya;
- sovutuvchi gaz haroratining ortishi yoki ventilyasiya bo‘lmay qolishi (majburiy ventilyasiyali motorlar uchun) himoya (signal berish va o‘chirish);
- suv sirkulyasiyasining pasayishidan «signalga» va sirkulyasiya to‘xtashidan «o‘chirishga» himoya (suv bilan sovitiladigan chulg‘am va aktiv po‘latlar, hamda kiritilgan havo-sovutkichlari bo‘lgan motorlar uchun);
- ko‘p fazali qisqa tutashuvdan umumiy himoya («transfor-mator-motor» bloklari uchun);
- avariya rejimlarida magnit maydonni avtomat so‘ndirish (aksariyat, quvvati 500 kVt dan yuqori bo‘lgan sinxron elektr motorlari uchun);
Qisqa tutashuvdan himoya qilish uchun saqlagich yoki avtomatik o‘chirgichlar qo‘llaniladi.
Yuklama ortib ketishidan himoya biroz vaqt kutish (vaqt oralig‘i) va issiqlik relesidan foydalangan holda bajarilishi mumkin. Bu himoya «o‘chirishga» yoki «signalga», agar zarur bo‘lsa, motor yukini kamayirishga ham qo‘llanilishi kerak. YUklama oshib ketishidan himoya ishga tushirish jarayonining og‘ir sharoitlarida (kuchlanishni pasaytirib ishga tushirishni chegaralash uchun), hamda texnologik sabablarga ko‘ra yuklama ortib ketishida qo‘llaniladi.
Minimal kuchlanishdan himoya quyidagi motorlar uchun qo‘llaniladi:
- tarmoq kuchlanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab ishga tushiril-maydigan o‘zgarmas tok motorlar uchun;
- to‘xtagandan keyin, texnologik sabablarga ko‘ra, o‘z-o‘zidan ishga tushib ketish joiz bo‘lmagan mexanizm motolrlari uchun;
-mustaqil ishga tushirish mumkin va maqsadga muvofiq bo‘lgan (bunda himoya, motorni avtomatik ravishda sekin aylanishga o‘tkazishi lozim) mexanizmlarning ko‘p tezlikli motorlari uchun.
1000 Vgacha kuchlanishli sinxron motorlarni asinxron rejimlardan himoya qilish, stator toki bo‘yicha yuklanish oshib ketishidan himoya qilish yo‘li bilan, kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan motorlar uchun esa stator tok relesi yordamida bajarilishi zarur, bunda himoyaga motorni ishga tushirish va qo‘zg‘otishni jadallashtirish (forsirovka) rejimidagi toklar ta’sirini cheklash zarur.
Quvvati 1 MWt dan yuqori bo‘lgan o‘zgaruvchan tok generatorlari uchun quyidagi himoya turlari belgilangan:
- stator chulg‘ami va uning chiqishida ko‘p fazali qisqa tutashuvdan;
- stator chulg‘amida zaminga bir fazali qisqa tutashuvdan;
- zaminga nisbatan qo‘sh (ikki) qisqa tutashuvdan (biri stator chulg‘amida, ikkinchisi - tashqi zanjirda);
- stator chulg‘ami bir fazasidagi o‘ramlar orasidagi qisqa tutashuv;
- tashqi qisqa tutashuv;
- 30 MWt dan yuqori quvvatli generatorlar uchun, teskari ketma-ketlik toklarining oshib ketishidan himoya qo‘llaniladi;
- stator chulg‘amida simmetrik yuklamaning ortishi;
- rotor chulg‘amida qo‘zg‘atish tokining oshishi;
- qo‘zg‘atishsiz asinxron rejim;
- qo‘zg‘atish zanjirining ikkinchi nuqtadan zaminga qisqa tutashuvi.
Quvvati 30 MWt dan yuqori bo‘lgan generatorlar uchun ko‘p fazali qisqa tutashuvdan himoya - differensial tok himoyasi shaklida bajariladi. Bunda himoya generatorni to‘xtatishga, maydonni so‘ndirish va yuritma motorini to‘xtatadigan qilib bajariladi. Quvvati 1 MWt dan kichik generatorlarda bu maqsadlarda tashqi qisqa tutashuvdan himoya qilinadi va generatorni manbadan uzish, qo‘zg‘atish maydonini so‘ndirishga qaratilgan himoyadan foydalaniladi.
Ikki o’qi bo’yicha qo’zg’atiladigan noayon qutbli sinxron generatorning nosimmetrik qisqa tutashish rejimlarini tekshirish metodi. Nosimmetrik rejimlarni o’rganishga ko’p izlanishlar olib borilgan, mualliflar bunda turli uslublardan foydalanishgan: grafoanalitik, grafik, analitik, fizik modellash, matematik modellash, raqamli va analitik uslub, raqamli va eksperimental uslublar. Bu uslublar ayon qutbli sinxron mashinada nosimmetrik yuklama ta'siridagi ish rejimlarini o’rganish salt ishlash tavsifini chiziqli deb qilish va to’yinish koeffitsientlarini ishlatish, nochiziqli masalalarni echishda birinchi yaqinlashtirishdir. Keng miqyosda ishlatiladigan elektr mashinalari masalalarini zamonaviy yondoshib echishda, bevosita havo oralig’idagi magnit maydonining tarqalishini magnit o’tkazgich to’yinishini e'tiborga olgan holda hisoblash kiradi.


bu erda– a, b va c indekslar fazalarni, 0, 1 va 2 indekslar kattaliklarning nol, to’g’ri va teskari tashkil etuvchilari. a orqali kompleks ko’paytiruvchini ifodalaymiz:
bu ko’paytiruvchiga ko’paytirish orqali kompleks sonning argumenti 2π/3 ga ko’payadi, ya'ni boshlang’ich faza mos ravishda 2π/3 sinusoidal burchakka oshadi. (10.3) tenglamalar yordamida E0,E1,E2 larni simmetrik tashkil etuvchilarni nosimmetrik tizimning kompleks EYUK lari Ea,Eb,Ec orqali 1+ a + a2 = 0, a3 = 1 va a4 = a ni e'tiborga olib ifodalash mumkin. ni olish uchun (10.3) dagi hamma tenglamalarni qo’shib, yig’indini uchga bo’lish kerak.

1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish