9-maruza Ikki o’qi bo’yicha qo’zg’atiladigan sinxron elektrmexanik o’zgartgich
Reja:
Ikki o’qi bo’yicha qo’zg’atiladigan sinxron generatorlar
Ikki o’qi bo’yicha qo’zg’atiladigan noayon qutbli sinxron generator
Kuchlanishi 1000V dan yuqori bo‘lgan o‘zgaruvchan tokli motorlar
Ikki o’qi bo’yicha qo’zg’atiladigan sinxron generatorlarda ham ananaviy sinxron generatorlarniki singari bir fazali, ikki fazali va ikki fazali neytral nosimmetrik qisqa tutashuv rejimlari sodir bo’lishi mumkin. Bunday nosimmetrik qisqa tutashuv rejimlar ikki o’qi bo’yicha qo’zg’atiladigan sinxron generatorlar uchun xafli hisoblanadi.
Bunday rejimlarda ananaviy sinxron generatorlarniki singari teskari aylanuvchi magnit maydon hosil bo’ladi va natijada juda katta zarbiy momentlar, ochiq fazada kuchlanishning oshishi hamda rotor qizib qo’shimcha isroflar oshib ketadi, ya'ni generatorning chiqish klemmalaridagi kuchlanishlar nosimmetrik bo’lib, istemolchilarning ish rejimiga salbiy ta'sir ko’rsatadi.
Lekin ikki o’qi bo’yicha qo’zg’atiladigan sinxron generatorlarda nosimmetrik qisqa tutashuv rejimining boshlang’ich vaqtida ko’ndalang o’q bo’yicha joylashgan qo’zg’atish chulg’ami o’zgarmas tok manbaiga ulanadi va bu chulg’amdan otayotgan tokni o’zgartirish yo’li bilan ochiq fazadagi kuchlanishning oshishini kamaytirish mumkin.
Nosimmetrik qisqa tutashuv jarayonlari murakkab bo’lib uni hisoblashda EHMlardan foydalaniladi.
Ikki fazali qisqa tutashuv tajribasidan ananaviy sinxron generatorlariniki singari ikki o’qi bo’yicha qo’zg’atiladigan sinxron generatorlarning ham teskari ketma – ketlikdagi to’la z2, induktiv x2 va aktiv r2 qarshiliklarini aniqlash mumkin.
Xudi shunday ikki fazali - neytral qisqa tutashuv tajribasidan ikki o’qi bo’yicha qo’zg’atiladigan sinxron generatorlarning nol ketma – ketlikdagi to’la z0, induktiv x0 va aktiv r0 qarshiliklari aniqlanadi.
Ikki o’qi bo’yicha qo’zg’atiladigan noayon qutbli sinxron generatorning nosimmetrik qisqa tutashish rejimlarini tekshirish metodi. Nosimmetrik rejimlarni o’rganishga ko’p izlanishlar olib borilgan, mualliflar bunda turli uslublardan foydalanishgan: grafoanalitik, grafik, analitik, fizik modellash, matematik modellash, raqamli va analitik uslub, raqamli va eksperimental uslublar. Bu uslublar ayon qutbli sinxron mashinada nosimmetrik yuklama ta'siridagi ish rejimlarini o’rganish salt ishlash tavsifini chiziqli deb qilish va to’yinish koeffitsientlarini ishlatish, nochiziqli masalalarni echishda birinchi yaqinlashtirishdir. Keng miqyosda ishlatiladigan elektr mashinalari masalalarini zamonaviy yondoshib echishda, bevosita havo oralig’idagi magnit maydonining tarqalishini magnit o’tkazgich to’yinishini e'tiborga olgan holda hisoblash kiradi.
Analitik uslub maydon ko’rinishini oddiylashtirishga asoslangan, fizik modellash elektr mashinadagi jarayonlarni aniq tasvirlash xususiyatiga ega lekin geometrik o’lchamlarni o’rniga qo’yishda (variatsiya) qiyinchilik tug’diradi. Matematik modellashtirish olingan natijalarni tahlil qilishda universal va oddiy uslub hisoblanadi, lekin bu uslub yordamida fizik modellash kabi mashinadagi elektromagnit jarayon haqida to’liq ma'lumot olish qiyinlik tug’diradi. havo oralig’idagi magnit maydon spektrida har bir garmonika uchun matematik model yaratib tahlil qilish katta imkonyatlar yaratadi, lekin buni amalga oshirish ancha mushkul.
Sinxron mashinadagi nosimmetrik yuklamalarni, qisqa tutashuvlarni tahlil qilishda, eng qulay uslub simmetrik tashkil etuvchilarga ajratish, bunda EYuKni, kuchlanish va tokni uchta simmetrik tashkil eruvchiga ajratiladi. Zamonaviy noayon qutbli massiv rotorli mashinalardagi qo’zg’atish chulg’amlari simmetrik rejimlarning o’zida qiziydi, bu qizish rotor chulg’amlarining izolyatsiya sinfi yuqori bo’lganlari uchun ruxsat etiladi, fazalarning teskari joylashishiga qarab oqadigan tokning paydo bo’lishi, quvvatni ma'lum miqdorda kamaytirishga olib keladi. Bo’ylama va ko’ndalang qo’zg’atishli ayon qutbli sinxron mashinalarda ko’ndalang qo’zg’atish chulg’ami qo’shimcha ravishda o’rnatilgani uchun, unda yuz beradigan jarayonlar oddiy mashinalardagi jarayonlarga nisbatan yanada murakkablashadi.
Izlanishlar olib borishda quyidagilar qiyinlik tug’diradi, mashinaning kattaliklari chulg’amlardagi toklarning qiymatiga bog’liqligi, IO’BQSG chulg’amlarining natijaviy MYuKi salt ishlash rejimida va yuklama bilan ishlaganda ham va bir rejimdan boshqasiga o’tganida o’zgarib turishi. Bu murakkab o’zaro ta'sirlarni e'tiborga olish nochiziqli tenglamalar tizimini kattalashib ketishiga olib keladi va muammoni analitik uslubda echishni qiyinlashtiradi. Bu holda ba'zi bir yaqinlashtirishlarni qabul qilib mashinadagi nosimmetrik rejimlarni echishda grafoanalitik uslubdan foydalanish kerak.
Elektr mashinalari himoyasini to‘g‘ri tanlash va sozlash, ularni ishchi resursini, ishlatish ishonchliligini oshiradi va avariyasiz faoliyatini ta’minlaydi. Himoya vositasi motorni tarmoqdan uzishga va signal berishga qaratilgan bo‘ladi. Birinchi holatda rejim parametrlari joiz qiymatlardan keskin farq qilganda elektr mashinani tarmoqdan uziladi, ikkinchisida - rejim parametrlari joiz qiymatlardan keskin farq qilganda xizmat ko‘rsatuvchi personalga tovush yoki yorug‘lik signali yuboriladi va u mashinani tarmoqdan uzish haqida qaror qabul qiladi.
Himoya vositasini qo‘llashda jihoz narxi oshadi, shu sababli himoyani qo‘llash, uning turi va soni, na faqat texnik, balki iqtisodiy jihatdan ham maqsadga muvofiqligi asoslanishi zarur.
«Elektr uskunalari tuzilishi qoidalari» (EUTQ)da va «Iste’molchilar elektr qurilmalarini ishlatish qoidalari» (IEQIQ)da elektr motorlar uchun quyidagi himoya turlari o‘rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |