QUYOSH ENERGETIK QURILMASINING TEXNIK-IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH
4.1. Qurilmaning sinov - tajriba namunasini ishlab chiqish va laboratoriya sharoitida sinovdan o’tkazish
Quyosh panelining ustida olib borilgan nazariy natijalarini tekshirish aniqligini tekshirish eksperimental tadqiqotning asosiy maqsadini tashkil etadi. Qurilmaning tajribaviy tadqiqoti uning tabiiy sharoitida ishlashdagi afzalliklari va kamchiliklari haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish bilan uzviy bog’liqdir.
Nazariy hisoblarga etirof etilmagan quyosh radiatsiyasi va haroratning taxminiy o’zgarishlari quyosh panelining chiqish parametrlarga qanday ta’sir etishini kuzatish tajriba o’tkazishning eng muhim vazifalaridan biridir. Tajriba tadqiqot o’tkazishning asosiy maqsadi quyosh panellari Buxoro voliyati iqlim sharoitlarida ishlash samaradorligini aniqlashdan iborat. Quyosh radiatsiyasi, harorat hamda quyosh panelining chiqish parametrlarini o’lchovchi qurilmalarning tavsifini keltirib o’tamiz.
Tajriba tadqiqotida qo’llaniladigan o’lchov asboblarning tavsifi:
Tajriba tadqiqotlarini o’tkazishda quyidagi o’lchov asboblaridan foydalanildi:
MISOL komplekt meteostansiya qurilmasi metrogolik ma’lumotlar (shamol tezligi yo‘nalishi, temperatura, namlik, solishtirma quyosh radiatsiyasi, yoritilganlik va h.k) ni o‘lchashda keng qo‘llaniladi. Ushbu qurilmada avtomatik qaydlov tizimi mavjud bo‘lib, metrologik ma’lumotlar 1 dan 240 min vaqt intervalida saqlash va o‘lchangan ma’lumotlarni distansion 100 m masofada olish imkoniyatlari mavjud.
a) b) v)
4.1-rasm. MISOL meteostansiya qurilmasining tashqi ko‘rinishi (a), distansion uzatilgan ma’lumotlarni monitordagi ko‘rsatgichlari (b), ma’lumotlarni ko‘rish va saqlash dasturi (v).
Digital-Multimetr asbobi yordamida elektr generatorning chiqish parametrlari (kuchlanish, tok, chastota va h.k) ni o‘lchashda keng qo‘llaniladi.
D igital- Multimetr asbobining texnik ko‘rsatgichlari:
O‘zgaruvchan kuchlanishni o‘lchash diapozoni 0,5 dan 750 V gacha, o‘zgaruvchan tokni o‘lchash diapazoni 0,05 dan 10 A gacha, chastotani o‘lchash diapazoni 0,05 dan 60 1/s gacha, asbobning o‘lchash xatoligi ±(0,5-1)% ni tashkil qiladi. Harorat 0 dan 50 0S gacha ishlash imkoniyati aniqligi yuqori. Asbobning umumiy og‘irligi 0,584 kg ga teng.
Tajriba-sinov ishlari Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi poligonida olib borildi. Tajribalar turli harorat va turli vaqtlarda olib borilib natijalar yozib olindi. Quyosh radiatsiyasi hamda harorat o‘zgarganda quyosh panelining chiqish parametrlari o‘zgarishi kuzatildi. Zaryadlanish-razryadlanish kontrolleri orqali o‘zgaruvchan kuchlanish, o‘zgarmas 12 V kuchlanishga o‘zgartirilib, quyosh energiyasi akkumulyator batareyalari orqali zaxiralandi. Zaxiralangan energiya invertor orqali o‘zgaruvchan 220 V ga o‘zgartirilib, elektr energiyasi iste’molchilari ta’minlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |