II.BOB.Bayram ssenariylari va ularning tuzishga qo'yiladigan talablar
Bayram ssenariylari va ularning mazmuni. Ssenariya-so'zi, atamasiga "Ruscha-o'zbekcha lug'at"da berilishicha "…kinofilpmolish uchun yozilgan adabiy asar, kinofilpm ssenariyasi yoki drammatik asar rejasi, syujet sxemasi va unda ishtirok etuvchilarning saxnaga chiqish tartibi, vaqti ko'rsatilgan ro'yxat"-deb taoriya berilgan.
"Bayram ssenariyasi" deganda biz bayram ishtirokchilarini (yoki musobaqa qatnashchilarini) tomosha ko'rsatiladigan joyga (saxna, maydon, sayxonlik, sport zali va x.k.)ga chiqish navbatida ro'yxati va vaqti ko'rsatilgan, bayramgacha bir necha bor tekshirib ko'rilgan, o'tkazilayotgan tadbirning rejasi deb atasak xato qilmagan bo'lamiz.
Ssenariya bo'ladigan tadbir-bayram, musobaqa, tantanali kecha (bayram kechasi), festival, olimpiada, mavzuli bayram, ko'ngil ochish marosimlari, sport kuni, fizkulpturachilar kuni (bayrami), "Balli qizlar", "Balli yigitlar" va x.k.larning o'tkazish tayyorgarligining birinchi kunidan boshlab, o'sha tadbirning yopilishigacha bo'lgan barcha faoliyatni o'z ichiga oladi. Ssenariya o'tkazilayotgan tadbirning maqsadi va vazifalari va tadbir nimaga bag'ishlanganligi, ko'rsatilgan kichik "Kirish" yoki "So'z boshi" bilan boshlanadi.
Bo'lajak jismoniy tarbiya bakalavri o'quvchilarning qaysidir jismoniy maktab yoshi yoki maktabning tadbirini ssenariyasini tayyorlash, yozish va o'tkazish malakasiga ega bo'lishi kerakligini xisobga olsak, ssenariyni mazmuni taxminan shunday boshlanadi:
I.Tadbirning nomi, qanday sanaga atalishi, qo'yilgan maqsad va vazifalar aniq, vositalar va
mazmuni shunga muvofiqlashtiriladi;
II.O'tkazish vaqti va joyi;
III.Bayramga tayyorgarlik rejasini tuzish (Kim tuzadi, muddati bayramdan kamida-maktab masshtabida
bo'lsa 1 oy burun);
IV.Bayramni dizayni, rangbaranglik, xis-xayajon, bayram aurasini yozish. Albatta maktab sharoiti, jixozlar, foydalanadigan barcha sport anjomlari xisobga olinadi;
V.Tashkiliy qo'mita, tarkibidagilarga aniq vazifalar belgilanishi, bajarilish muddati bilan ko'rsatiladi;
VI.Bayramda xakamlik, musobaqa shartlarini bajarish qoidalarini o'rganish muximligi eotiborga olinib, ularni o'qitish seminarii rejaga kiritiladi;
VII.Bayramni ochilishi, yopilishi, g'oliblarni taqdirlash;
VIII.Bayram ssenariysi bayram mazmuniga kiritiladigan shartlarni to'liq ochishi lozim. Ular taxminan.
1.Ishtirokchilar parad iva bayramni ochilishi, bayroq ko'tarish;
2.Namoyishkorona chiqishlar:erkin mashqlar, sport turlarining aloxida chiqishlari, yakka kurashlardan parchalar, gimnastlar, akrobatlarning namoyishkorona nomerlari va x.k.lar;
3.Ommaviy sport musobaqalari;
4.Ommaviy o'yinlar, sport ko'ngil ochishlari, attraksionlar;
5.Qatnashchilarni saflash, jamoalarning g'oliblari va shaxsiy birinchilik g'oliblari taqdirlash.
Maktab sport bayramlariga tayyorgarlik. Sport bayramlari o'quvchilar xayotidagi unutilmas voqealardan biri bo'lib qoladi. Shuning uchun ular bilan ishlash davomida qo'llaniladigan minfdan tashqari ishlarning yetakchi shakli xisoblanadi va ularni tayyorlash va o'tkazish jismoniy tarbiya mutaxassisini shu tadbirga oid nazariy bilim, amaliy malaka va ko'nikmalarga tayanadi va taolim-tarbiya tizimi muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni ommaviyligiga erishish, fizkulptura va sportni targ'ibot va tashviqot qilish, o'quvchi-yoshlarni jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish mashg'ulotlariga jalb qilish uchun vosita rolini o'ynaydi.
Bayramga tayyorgarlik o'z ichiga quyidagi ketma-keg'likdagi ishlarni oladi: 1.Maktab sport bayramini o'tkazish bo'yicha tashkiliy qo'mita yoki shtab tashkillanadi va ularning aozolariga aniq vazifalar topshiriladi. Uni tarkibiga maktab direktorii (rais), fizkulptura o'qituvchilari, fizkulptura tashkilotchilari kengashi, sinf raxbarlaridan vakillar, jamoatchi tashkilotlarning vakillari, ota-onalar kengashi, maktab fizkulptura jamoasi kengashi vakillari, xomiylarning vakillar va boshqalar kiritiladi.
2.Bayramni o'tkazish muddati va vaqtini belgilash.
3Bayramni o'tkazish, tayyorlash rejasini tuzishlar, musobaqa dasturlarini yozish va ishlash.
4.Maktab pedagogika kengashida bayramni o'tkazish rejasi, nizomlar va dasturlarni (ssenariyni) muxokamadan o'tkazish.
5.Xakamlar kollegiyasini yuzaga keltirish, tayyorlash, sinovdan o'tkazish.
6.Moddiy mablag'larni aniqlash, bayramni o'tkazish uchun maosullarni belgilash, sinflarni seksiyalarni aniq vazifalarni ko'rsatib beri shva musobaqa joyini tayyorlash, lozunglar, bayroqlar bilan jixozlash uchun ularni tayyorlash, yozish, musobaqa jixozlari, turli xil bezaklar (gullar, emblemalar, rangli sharlar va x.k.) tayyorlash.
7.Targ'ibot va tashviqot ishlarini yo'lga qo'yish:-o'quvchilarni bayram dasturi bilan tanishtirish, bayramga bag'ishlangan devoriy gazetalar chiqarish, sinf, maktab jismoniy tarbiya va sport burchaklarini chiqarish, lozung, shiorlar, fotovtrina, fotomontaj, fotoalpbom va kino-video tasmalar ko'rsatish, ularni tayyorlash.
8.Bayramni ochilishi va yopilishi uchun ommaviy chiqishlash blokini tayyorlash. Turli xil ommaviy bajariladigan mashqlar, seksiya va krujoklarni namoyishkorona chiqishini tayyorlash.
9.Bayram dasturidagi musobaqalarga o'quvchi-sportchilarni tayyorgarlikni yo'lga qo'yish.
Bayramni o'tkazilishiga barcha o'quvchilarni qiziqtirish, sport formasini tayyorlash, maykalarga nomerlar yozish, emblemalar tikish, o'zini sinfi yoki parallel sinflarni sport gimnlarini tayyorlashdek tashkiliy ishlarni o'z vaqtida yo'lga qo'yilishi bayramni moxiyatini oshiradi.
Sinflarga tayyorgarlik yuklamasi teng taqsimlanishi kerak. Kichik yoshdagilar supurib sidirsa, o'rta maktab yoshidagilar maydonni (zalni) jixozlaydi, katta yoshdagilar xakamlikga tayyorlanadi.
Mavzuli bayramlarni tashkillash. Jismoniy tarbiya va sport bayramlaridan tashqari qator maktablar taqvimning ayrim kunlari: ximoyachilar kuni, konstitusiya kuni, Xotin-qizlar kuni 8 - martga, mustaqilligimiz kun iva x.k.larga bag'ishlab mavzuli bayramlar tashkillanadi.Bunday bayramlar mavzusiga muvofiq aloxida tayyorgarlik, jixozlar va tashkillashni talab qiladi.Bayram ssenariysi, adabiy va badiiy montaj va bayram dasturi jismoniy tarbiya, ashula, rasm, adabiyot, fizika Fani o'qituvchilarini jalb qilish bilan faol o'quvchilar ishtirokida amalga oshiriladi.
Maktab pedagogika kengashi tomonidan bayram nizom iva dasturi ishlab chiqilgandan so'ng sinfla orasida eng yaxshi sport formasi, uning emblemasining tanlovi uchun konkurs eolon qilinadi.
Bayram kostyumlarini tayyorlash, musobaqalashadigan joyni jixozlash o'quvchilardan katta ijodiy izlanishni, tikish, bichish, yozish, chizish va boshqa xayotiy zaruriy xarakat malakalarini namoyon qilishdek tarbiya vazifalarni xal qiladi. Maktab ustaxonalari, xomiylar, ota-onalar yordamidan unumli foydalana olish aloqa, muloqot qila olish, ish bitirish uchun uddaburonlikdek xar bir shaxs uchun zaruriy xayotiy saboqlarni olishdek tarbiyaviy jarayon muxit yuzaga keltiriladiki, unda barcha foydalana olsin.
Maktab sport seksiyalari va jismoniy tarbiya krujoklarida bir nech kun oy davomida gimnastika va akrobatik chiqishlar tayyorlanadi va ular mashq qilinadi, erkin, akrobatika mashqlari, yakka kurashlar bo'yicha bayram chiqishlariga aniqlik kiritiladi, ashula Fani o'qituvchisi bu chiqishlar, nomerlar orasidagi pauzalar, g'olib bo'lgandan so'ng chalinadigan, musobaqa paytida chalinadigan musiqalarni tanlash; ularni magnit tasmasiga yozishda fizika fani o'qituvchisi bayram akustikasini qilish, bayramni olib boruvchi (boshlovchi) uchun mikrofon tayyorlash; fizkulpturao'qituvchilari sport dasturidagi musobaqalar, ommaviy chiqishlar, jamoalarni chiqishlari gimnastlar, akrobatlar, yakka kurashlarni tayyorlash va; mexnat o'qituvchisi va jismoniy tarbiya o'qituvchilari-maydonni jixozlash, tozalash, tekkizlash, chizish, bayroq ko'tarish joyi, bayroqchalar, xakamlar ularni yozuv chizuvi daftarlari, tablolar va x.k.larni tayyorlaydi; adabiyot o'qituvchisi shiorlar mazmunini tekshirib berish, boshlovchining nutqlari, ochish va yopish marosimlarini matnlari, sheorlar, qo'shiq ashulalar matnini ko'rib berishga jalb qilinadi. Qayd qilingan ishlar bayram mavzusidan chetga chiqmaslikni taqazo etadi.
Bayramdan oldin kamida 3 marotaba general tayyorgarlik-ko'rik o'tkazilib, lozim bo'lgan o'zgartishlar kiritiladi va jamoalardan qatnashuvchilar ro'yxati ko'rsatilgan buyurtmalarni oladi. Bayramni umumiy davomiyligi kichik maktab yoshdagilar uchun 1 soatu 20 gacha, o'rta maktab ishdagilar uchun 2 soatgacha, katta maktab yoshidagilar uchun 2-2,5 soat davom etishi tavsiya qilinadi.Mavzuga bag'ishlangan bayram g'oliblarini tabriklash xomiylar, ota-onalar kengashi, sinflarning o'zlari tayyorlagan qimmatbaxo sovg'alar va esdaliklarni xar bir musobaqa yakunidan so'ng g'oliblarga topshirilishi kerakli natija beradi.
Tantanali ochilish va yopilishi parad bilan boshlanadi. Paradni boshqaruvchining maktab direktori va tashkiliy qo'mitaga raport berish bilan boshlanadi, salomlashishdan so'ng, tabrik so'zi, bayroq ko'tarish gimn bilan birga qo'shib bajariladi. Maktabning eng yaxshi sportchilari bayroq ko'tarishga jalb qilinadi.
Paradda yurish boshlanishini ommaviy chiqshlar uchun "parda-saxna pardasi"dek foydalanish lozim bo'ladi. Chunki chiqishlar, o'rin almashishlar sinxron tarzda bo'lishi bayramning tomoshasini chifatiga ijobiy taosir qilishi amalda isbotlangan. Bu xolat boshlovchi tomonidan navbatdagi chiqishni eolon qilish bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |