1.2.Bayramlar jismoniy tayyorgarlik va jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida
Uloq, poyga, ot ustida o'ynaladigan o'yinlar, otdan tortib, ko'tarib olib yiqitishlar bilan kuch, xarakat koordinasiyasi, tezlik sifatlarni rivojlanganligi bilan bog'liqligi xozirgi kunda sir emas. Mo'ljal olish (ot ustida kamonda nayzani nishonga otish), absolyut va nisbiy kuch sinovlari kurash, jang aslaxalarida mashqlar bilan o'tkazilgan bellashuvlar o'tkaziladigan bayramlar, sayllar dasturining markaziy tomoshalari rolini o'ynagan.
Bayram kayfiyati, sayllardagi tarafma-taraf bo'lib baxslashishdagi ruxiy xolat, muxit, bayram qatnashchilari xisoblangan tomoshabinlarda emas, balki bayramni bayramga aylantirgan musobaqalashuvchilarni o'zlarini tutishi, o'zbekona lutf, odob, mardlik, or-nomus, iymon-eotiqod, farosat, faxm, ximmat, sharmi-xayoda o'rnak bo'ladigan darajadagi-sayl, bayramning yozilmagan qoidalariga rioya qilish bilan tarbiyaviy axamiyatga molik naomunalar ko'satganlar. Xulosa qilsak, bayramlar faqat jismoniy tayyorgarlik va rivojlanganlikning namoyishi bo'lmay xalq, millat tarbiyasi jarayonining asosiy vositasi bo'lgan.
Milliy bayramlar - faqat bir millat tantanasi. Belgilangan xukumat tomonidan eolon qilingan sanada, umumdavlat miqyosida, taqvim bo'yicha oldindan eolon qilingan kunda o'tkaziladi. Respublikamizda "Navro'z", "Mustaqillik" dek bayramlar milliy bayramlar kuni sanaladi va dasturida xalq sayillarini o'tkazish rejalashtirilishi mumkin.
Milliy bayramlar tantanasi tarkibida sport bloki yoki sport bo'yicha namoyish qilish niyatidagi chiqishlar dasturidan o'rin oladi.
Xalq sayllari - anoana tarzida Respublikamiz, viloyatlarimiz, tumanlarimiz, aloxida muzofat yoki xudud miqiyosida bir kunlik, ko'p kunlik dastur asosida tashkillanadi.
Hozirgi kunda aloxida mahallalarning o'zlari ham xalq sayllarini tashkillashlari uchun tuman, shahar xokimliklarining ruxsatnomalarini olish odatga aylanmoqda.
Xalq sayllarini milliy bayramlardan farqi shundaki, uni utkazish dasturi yoki bayramni borishi o'zining qatoiy belgilangan mazmuni bilan chegaralanmaydi. Ayrim sayillar bir-biridan iqlim, ob-xavo, dastur vositalari va ulardan foydalanish yoki dasturga lozim bo'lgan o'zgarishlar to'g'ridan-to'g'ri tashkiliy qo'mitaning aralashuvisiz xam qilinishi mumkinligi bilan, tashabbus ko'rsatish yoki tomosha va ko'ngil ochish tadbirlarini turli tumanligi orqali farqlanadi. Xalq sayllari odatda tabiat qo'ynida, xalq eozozlaydigan, suvli, togli, manzarasi boy joylarda o'tkazilishi, qolaversa belgilangan ko'p sonli axoli joylashtirilishi talab qilinadigan inshootlar bo'lishini talab qilmaydi. Xar ikki bayram xam o'z dasturida jismoniy mashqlar, ayniqsa, sport turlari yoki jismoniy sifatlar kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik talab kilinadigan, baxslashadigan, musobaqalashadigan milliy xalq o'yinlari, milliy sport turlariga ko'proq vaqt ajratadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |