O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`limi vazirligi


Onglilik va faollilik printsipi



Download 0,9 Mb.
bet30/62
Sana12.06.2022
Hajmi0,9 Mb.
#657494
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`limi vazirligi

Onglilik va faollilik printsipi. Jismoniy tarbiya - ikki yoqlama jarayon bo’lib, bir tomonlama o’qitishga intilgan o’kituvchi va ikkinchi tomonlama o’qishga hohishi va irodasi bo’lgan o’quvchi faoliyatidir. Agar o’quvchi o’rganishga qo’yilgan masalaning mohiyatini tushunib etsa, va o’rganishga intilsa, qiziqsa bu o’rganishni tezlashtiradi. Bu esa onglilik va faollik printsipining asosini tashkil qiladi. o’qitish uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, o’quvchilardan faollik va qiziqish talab qiladi.
Maktabda maqsadga intilish o’quvchilarni jismoniy tarbiyadan belgilab quyilgan me’yor talablarini, sport razryadlarini bajarish uchun va maktab komandasida ishtirok etish uchun intilishlarida namoyon bo’ladi. Bundan tashqari har bir dars qiziqarli va metodik jihatdan to’g’ri uyushtirilsa, o’kuvchilarda qiziqish ortadi. Boshlangich sinf o’quvchilaridan to’laligicha ongli ravishda tushunishni talab qilish shart emas.
Shunday bo’lsada harakat ko’nikmalarini takomillashtirish bilan birga, onglilik va faollik asta-sekin oshirib borish kerak. Onglilik printsip jarayonida shug’illanuvchilarning faolligini oshirish shart. Bu bilan dars davomida jismonii mashqlarga doimiy ehtiyoj ortishi mumkin. Mashg’ulotlarda doimo ishtirok etish mustaqil shug’ullanish uchun qiziqishni oshiradi. Harakat ko’nikma va malakalarini muvaffaqiyatli shakllantirish, jismoniy sifatlarning rivojlanishi ko’p jihatdan bolalarning mashgulotlariga ongli munosabatiga bog’liqdir.
Shu maqsadda o’qituvchi bolalarga mashg’ulotlarning muhimligini, mashqlarning ahamiyatini, uni bajarish texnikasini bolalarni o’z tengdoshlari bajargan mashqlarini kuzatishga o’rgatadi; ularni o’z-o’zini kuzatish va taxlil qilishga; o’z faoliyatini baholashga; harakatni oldindan sezishga qiziqtiradi. Onglilik printsipi bolalarda tashabbuskorlikni, mustaqillikni, o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni ijodiy hal qila olishga tarbiyalab boradi.
Insoniyatni o’rganish jarayonida har doim onglilik printsipi muhim etakchi rolni o’ynaydi, lekin onglilik xarakteri va darajasi har xil bo’lishi mumkin.
O’rgatish jarayonida onglilik printsipini oshirishda quyidagi qonuniyatlarga amal qilinishi kerak:
1. Har bir mashqning maqsadini hamda uni bajarish usulining ahamiyatini tushuntirish. Aytaylik, o’kituvchi gimnastika yoki boshqa mashqlar turini bajarish texnikasini egallash topshirig’ini berib, harakatlarni qanday bajarish kerakligini ma’lum qiladi, lekin mana shu harakat texnikasini ishga soluvchi biomexanik sababni ochib bermaydi. Goho shugullanuvchilarga jismoniy sifatni tarbiyalash uchun mashqlar beriladida, nima uchun yuklama va dam olish me’yoriga rioya qilish kerakligi ma’lum qilinmaydi. Natijada topshiriqlarni bajarish sifatigina emas, shugullanuvchilarning ijodiy faolligini rivojlantirishga ham putur etkaziladi[2].
2. Yangi mashqni o’rgatishda oldingi o’zlashtirilgan bilim va malakalarga tayangan holda olib borilishi lozim.
3.O’quvchilarni o’zlarining harakatlari to’g’risida hamda o’rtoqlarini kamchiliklarining tahlil qila bilishga va so’zlab berishga hamda ularni xatolarini sabablarini topishga ham jalb qilish. Shunday qilib, didaktik printsipning onglilik printsipi, o’rganish jarayonida qonun qoidalariga va talablariga javob berishi kerak.
Bugungi kunda O’zbekiston Mustaqillikka erishgan vaqtda onglilik printsipi muhim va muammoli masala bo’lib qoladi. Bolalar o’z soglig’ini kuzanf oladigan va nazorat eta oladigan bo’lajak ishbilarmon, jismonan baquvvat va soglom bolalarni tarbiyalashimiz kerak. Bu faqat bolalarda jimoniy tarbiya bo’yicha minimum ta’limotni shakllantirgandagina mumkindir. Buni esa maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktabda eng kichik yoshdan o’rgatishni boshlash kerak. Faollik printsiplari bu har bir pedagogning vazifasi bo’lib o’quvchilarning doimiy faol faoliyatini, ularda qunt bilan bilim olish ravishda yondashishiga Bog’liqdir. O’quv tarbiya va mashq qilish ishlarining mohiyatini, mazmunini tushunish, ongli ravishda bo’ladi, albatta shug’ullanuvchilarning faolligini va qobiliyatini oshiradi. Hamma o’quv jarayonlarida yuqori pog’onada yoki yuqori mahsulotli hamda shugullanuvchilarda charchoq holati kuzatmaydi. Shuning uchun ham faollik printsipi va onglilik printsipi bir-biri bilan aloqador bo’lib, ikkovini birgalikda tushunish kerak.
Faollik printsipini shug’ullanuvchilarda mujasamlashtirish uchun quyidagi asosiy qoidalarga amal qilish kerak:
1. Shugullanuvchilarni oldinlaridagi va bo’lajak ishlarni tushuntirib, mazmunini ochib berib, ularni qiziqtirish.
2. O’quvchilarni mo’vaffaqiyatlarini va kamchiliklarini baholash
3. Har bir shug’ullanuvchilarga mustaqil ish bajarishlari uchun shaxsiy vazifa berish. Bu printsiplarni amalga oshirishda pedagoglarning shaxsiy xarakteri katta ahamiyatga egadir.
Ko’rgazmalilik printsipi. O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimining didaktikasida "ko’rgazmalilik" boshqaruvchi printsiplaridan biri hisoblanadi.
Birorta mashqni ko’rsatish yoki demonstratsiya qilishganda, harakatni muhim elementlarini yo’nalish, harakatning tezliklarini aniq tasavvur qilishda ko’rgazmalilik metodi katta ahamiyatga egadir.
Harakat to’g’risida to’g’ri tasavvur hosil qilishda "ko’rgazmali" qo’llanishlar yordam beradi. O’rgatishda "ko’rgazmali" printsipga amal qilish, o’quv materialni konkret shaklida berish, bu materialni o’zlashtirish va tushunishda katta ahamiyatga egadir. "Ko’rgazmalilik" o’quv jarayonining ajralmas qismi bo’lib o’rgatish bosqichlariga va yosh xususiyatlariga bog’liqdir.
Birinchi o’rgatish bosqichida, tanishtirishda "ko’rgazmalilik" ko’proq ko’rsatiladi, takomillashtirish bosqichida kamroq. Bolalarning yoshi qancha kichik bo’lsa, shuncha "ko’rgazmalilik" printsipi ko’proq qo’llaniladi. Amaliyotda ikki xil bevosita "ko’rgazmalilik" qo’llaniladi.
Bevosita ko’rgazmalilikda o’qituvchi yoki jismoniy jihatdan yaxshi rivojlangan o’quvchi tomonidan mashqlar namoyish qilinadi, ko’rsatib beriladi. Mashqlar ko’rsatib berilayotganda to’lig’icha yoki mashqning bir qismi ko’rsatib berilishi mumkin. Mashqlar ko’rsatib berilishi bilan birga izohlab savollar berib aniqlab turilishi ham mumkin.
Tasviriy ko’rgazmalilikda qo’shimcha vositalar qo’llaniladi, ya’ni kinogramma, chizma plakatlar, diogramma va boshqalardan foydalaniladi.
Ko’rgazmalik metodik printsipi ifodali so’z bilan ham amalga oshirish mumkin. Ivan Petrovich Pavlovni aytishicha, ifodali so’z hamma qo’zgotuvchilar qatori ta’sir etadi va ko’p qirralidir. Ko’rgazmalilik amalga oshirish uchun quyidagi qonunlarga amal qilishi kerak:
1. Urgatilayotgan harakatni qanday ko’rsatish, hamda tushuntirish bilan ko’rsatishni qanday olib borishni oldindan o’ylash.
2. Tushuntirish va ko’rsatishda, shug’ullanuvchilarning bilimlarini, oldingi harakat tajribalarini, mashg’ulot vazifasini va o’sha o’rganilayotgan mashqlarning xususiyatlarini hisobga olish.
3. Shugullanuvchilar qanchalik yosh bo’lsa, qancha kuchsiz tayyorlangan bo’lsa, shunchalik ko’p me’yorda ko’rgazmalar bilan foydalaniladi.
Bu holda 2 yo’nalish - umum tayyorgarilk va maxsus yo’nalishlarning organik birligi asosida hal etiladi.
1- yo’nalishdagi mashgulotlarning asosiy mazmuni hamma uchun bir xil, individuallashtirish esa asosan metodikaga bog’liq holda amalga oshiriladi.
2- yo’nalishda esa, mashgulotlarning faqat metodlari emas, balki mazmuni ham individual qiziqishga bog’liq holda amalga oshiriladi. Bu ikki yo’nalishning birikmasi jismoniy takomillashuv har tomonlama va shu bilan bir vaqtda individuallashtirilgani uchun shart sharoitlar yaratib beradi.

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish