Kurs ishining maqsadi.Kurs ishining maqsadi turkiy xalqlar o’rtasidagi qadimdan rivojlanib kelayotgan ananalar,urf-odatlar va ular o’rtasidagi har qanday aloqalar(madanit,ijtimoiy-siyosiy,iqtisodiy,harbiy)ni o’rganish va shu asnoda yoshlarga bu malumotlar to’g’risida yetarlicha malumot yetkazish
Mavzuning dolzarbligi.Har qanday davlat uyushmasi, u xoh o‘troq etnoslar tomonidan barpo etilgan bo‘lsin, xoh unga ko‘chmanchi qabilalar asos solgan bo‘lsin, o‘z boshqaruv markazini har tomonlama qulay joyda tashkil etishga uringan. O‘z geografik joylashuviga ko‘ra Yettisuv xuddi shunday hududlardan biri hisoblanib, G‘arbiy Turk xoqonligining asosiy boshqaruv markazi vazifasini bajarishdan oldin ham bu yer miloddan avvalgi mingyillikning so‘nggi asrlarida Usun kabi nisbatan yirik ko‘chmanchi davlat uyushmasining, keyinroq esa bir qator katta-kichik qabila urug‘lar tomonidan tashkil etilgan etno-siyosiy uyushmalarning boshqaruv markazi vazifasini bajarib kelgan. Bundan tashqari, Chochning shimoli-sharqida joylashgan va unga qo‘shni o‘laroq, mazkur hududda kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ushbu vohaga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmagan. Mavzuning ilmiy yangiligi. Avvalam bor bu mavzuning aynan Turk xoqonligi bugungi kungacha o’zbek tilidagi ma’lumotlar yetarli bo’lmaganligi va
bu mavzuga oid manbaa va ma'lumotlarning kamligi sababli, aksariyat
ruscha ilmiy adabiyot, davriy matbuot va internet tarmoqlaridan olingan fikrlarni
yangi ma'lumot sifatida kiritdik.
Kurs ishining tuzilishi:Kurs ishi 6 ta bo’lim,4 ta reja,28 betdan iborat
1.VI asr o`rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat vujudga keldi. Bu davlat tarixga Turk xoqonligi nomi bilan kirgan. Uning asoschisi Bumin edi. 552-yilda Bumin "xoqon" deb e'lon qilindi.Oltoy xoqonlikning markazi qilib belgilanadi. Turklarning g`arbga tomon yurishlariga Istami boshchilik qiladi. Unga "Yabg`u xoqon" degan unvon beriladi. Tez orada Yettisuv va Sharqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkiy qabilalar bo`ysundiriladi. 555-yildayoq turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo`ylarigacha cho`zilgan keng o`lkalarni egallaydilar. Xoqonlik chegarasi Eftaliylar davlati hududlariga borib yondoshadi.558-yilda turklar Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo`ylarini zabt etadi. 575-576-yillarda Shimoliy Kavkazning bepoyon yerlarini egallaydilar.Sosoniylar Toxariston va Chag`oniyonni eftaliylardan tortib oladilar.
6-asrning 2-yarmida Turk xoqonligi vujudga kelgunga qadar mintaqada 2 yirik davlat: Eftaliylar va Jujanlar davlati hukm surardi.Turk xoqonligining asoschilari boʻlmish turkiy Ashina qabilasi esa bu paytda Oltoy toglarining jan. yon bagʻirlarida istiqomat qilar va Jujanlar davlatiga tobe edi3.
Jujanlar qoʻl ostidagi ashina turklari kuchayib 545-y. tele qabilalarini, 551-y. esa jujanlarni yengadilar. Shu tariqa ogʻaini Bumin va Istami 552-y. Turk xoqonligiga asos soladilar. Bumin oʻzini xoqon deb eʼlon qiladi (qarang Bumin xoqon, Istami xoqon).555-yilga kelib, Markaziy Osiyoning shim.sharqidagi qabilalar, Uzok, Sharqdagi kidan (qoraxitoy), tatabi, shivey kabi manchjur va moʻgʻul qabilalari, Yenisey boʻyidagi turkiy qabilalar ham Turk xoqonligi qoʻshinlari tomonidan tobe etilib, 555-yildayoq Sharqiy Turkistonning katta qismi Turk xoqonligi koʻl ostiga oʻtadi.Devoriy rasmlarda Turk jangchisi, milodiy 6 asrning ikkinchi yarmi, Sharqiy Turkiston,Turk xoqoni Mugʻon (553-572) Xitoyga 556-557-yillarda yurishlar qilib, bu yerdagi Gʻarbiy Vey (Toba) sulolasi oʻrnini egallagan Shim. Shim. Si (550-577) va Chjou (577-581) sulolalarini oʻz taʼsir doirasiga oladi.Turk xoqonligi 565-eftaliylarga Naxshab sh. (hozirgi Qarshi sh. yaqinidagi Yerqoʻrgʻon xarobasi) atrofida ogʻir zarba beradi. Turk xoqonligi eftaliylarga qarashli Choch, Fargʻona, Ustrushona, Samarkand, Xorazm, Buxoro, Kesh va Nasafni qoʻlga kiritgan bir paytda xoqonlikning eftaliylarga qarshi ittifoqchisi Sosoniylar Eroni hukmdori Xusrav I Anushirvon esa Eftaliylar tarkibida boʻlgan Toxariston, Kobuliston, Zobuliston (Shim. Afgʻoniston) viloyatlarini egallaydi. Sosoniylar bilan bevosita qoʻshni boʻlib qolgan xoqonlikning Eronga yuborilgan elchilarining oʻldirilishi va sugʻdiy Maniax boshchiligida ipak tijoratini yoʻlga qoʻyish maqsadida yoʻllangan elchilarga Eron shohining qoʻpol munosabatda boʻlishi, hatto ular keltirgan ipak matolarni yoqishga buyurishi Turk xoqonligi va Sosoniylar oʻrtasidagi ittifoqqa raxna soladi. Turk xoqonligi Eron bilan orani uzib, Vizantiya imperiyasiga yaqinlashish, u bilan savdosotiq, asosan, ipak tijoratini rivojlantirish uchun unga 567-y. mazkur Maniax boshchiligida elchilik hayʼatini yuboradi. Shu paytdan boshlab ikki davlat oʻrtasida ittifoq vujudga keladi. Eron — Vizantiya oʻrtasida 571-y. jang boshlangach, gʻarbga yurishni davom ettirayotgan Istami shu yili Shim. Kavkazdagi Kuban daryosi havzasi va Ozarbayjonni qoʻlga kiritadi. Boshqa tarafdan esa 567-yildanoq Sosoniylarga qarshi Amudaryo yoʻnalishi boʻylab yurish uyushtira boshlagan Istami bu jabhada katta muvaffaqiyatlar qozonib, Toxaristonni olgach, Turk xoqonligining jan.gʻarbi~y chegarasi Amudaryo boʻlib qoladi. 6-asrning soʻnggi choragida Kobuliston (Kobul), Zobuliston va Xurosonning katta kismi xoqonlik tarkibiga oʻtadi.572-581-yillarda Turk xoqonligini Taspar xoqon boshqardi.576-yilda Turk xoqonligi bilan Vizantiya orasida ixtilof paydo boʻladi va xoqonlik shu yili Qrimdagi Bospor (Kerch)ni bosib oladi va 581-yilda Xersonesni qamal qiladi. Sharqiy Yevropada xoqonlik hududi bu paytga kelib Qora dengiz sohillari, sharqda Koreya boʻgʻozi, shimolida Ural togʻlari, Yenisey va Baykalboʻyi, janubida Afgʻoniston va Shimoliy Hindiston hududdarini oʻz ichiga olar edi. 4
580-yillarga kelib xoqonlikda ichki nizolar, taxt talashuvlar avj oladi. Bu ishga Xitoyning Suy sulolasi ham aralashadi. Shundan soʻng xoqonlik bir muddat Oltoy togʻlarining sharqidan to Uzoq Sharqqacha boʻlgan hududni, yaʼni Jan. Sibir, Urxun havzalari (Moʻgʻuliston), Shim. Xitoy hududlarini oʻz ichiga oluvchi Sharqiy Turk xoqonligi va Oltoy toglarining gʻarbidagi xoqonlikka qaram oʻlkalarni oʻz ichiga oluvchi markazi Yettisuv boʻlgan Gʻarbiy Turk xoqonligi ga boʻlinib ketardi.
Markazi Oʻtukan vodiysi (Moʻgʻuliston) boʻlgan Sharqiy Turk xoqonligi Shibi xoqon (609-619) davrida Xitoy (Suy) imperiyasiga qarshi jang olib boradi. U 615-yilda Xitoyga yurish qilib Yaymin (Ordos) viloyatida imperator Yandini qurshovga oladi. Yaymindagi 41 qalʼadan 39 tasi Turk xoqonligi qoʻliga oʻtadi. 618-yilda Suy sulolasini agʻdarib, uning oʻrnini egallagan Tan sulolasining ishlariga ham Shibi xoqon aralashadi. U bu paytgacha sharkda kidan va shivey qabilalarini, Jan.Gʻarbda Tuguxun (Togon) davlati hamda Turfon oʻlkasini boʻysundirgach, Xuanxe daryosini kechib oʻtib, Xitoy hududiga kirgan vaqtda vafot etadi. TaxtgaElxoqon (xitoy manbalarida Xyelixan; 620-630) oʻtiradi va 10 yil davomida, asosan, Xitoy bilan kurash olib boradi. 2 marta, 624-626-yillarda poytaxt Chananni qurshab oladi. Uning oʻlimidan soʻng Sharqiy Turk xoqonligi 50 yilga yaqin Xitoyga karam boʻlib qoladi.Oʻz davrida "Oʻn Oʻq xoqonligi" deb yuritilgan Gʻarbiy Turk xoqonligi Istamining oʻgʻli Tardu xoqon (576-603) Sosoniylar Eroniga qarshi janglar olib borib, gʻarbda oʻz hokimiyatini kuchaytirdi. Uning oʻgʻli Sheguy xoqon (610-618) davrida xoqonlik qoʻshinlari jan.gʻarbiy hududlarda faol harakat yurita boshlaydi. U Eronning shim.sharqiy viloyatlariga xujum uyushtirib, sosoniylar ustidan yirik gʻalabaga erishadi va Isfahon, Ray kabi shaharlarni qoʻlga kiritadi. Uning inisi Tun yabgʻu (Tunshexu; 618-630) xoqonlikning gʻarbdagi nufuzini yanada mustahkamlaydi. U hukmronlik qilgan davrda Turk xoqonligi ning chegarasi gʻarb va jan.gʻarbda, Jan.Sharqiy Yevropa dashtlari, Kavkaz, Volgaboʻyi, Gurgon, Marv, Hind daryosining yuqori havzalari, Shim. Hindiston va Afgʻonistonning aksariyat viloyatlarini oʻz ichiga olardi. Uning shad unvonli oʻgʻli boshchiligidagi xoqonlik qoʻshinlari Vizantiya imperatori Irakliy bilan birgalikda 627-628-yillarda Jan. Kavkazga safar uyushtiradi va bu yerdagi sosoniylar qoʻshinini yengib, Tbilisi shahrini qoʻlga kiritadi. Tun yabgʻu gʻarbiy hududlarda xrkimiyatni mustahkamlash maqsadida qarorgohini Shosh vohasining shimolidagi Mingbuloq (xitoycha Syantsyuan) mavzesiga koʻchiradi va boshqaruvda islohotlar oʻtkazib qaram oʻlkalarga turkiy tudun va eltabar unvonli vakillar joʻnatadi.5
Turk xoqonligi tarixi bilan mashhur tarixchi va arxeolog olimlar shugʻullangan (Aleksandr Bernshtam, Lev Gumilyov, Sergey Klyashtorniy, Dmitriy Savinov, Leonid Kyzlasov, Igor Kyzlasov, Olga Smirnova, Larisa Baratova, Nasimxon Rahmon, Shamsiddin Kamoliddinov)
2.Davlatning tuzilishi va boshqaruv tartibi.Xoqon-xoqonlikdagi eng oliy kishi turkiylar orasida Buyuk Xoqon deb atalgan. Xoqondan keyingi oʻrinda yabgʻu turgan. Taxt vorisiga tegin unvoni berilgan. Boshqa oliy unvonlar - shod, eltabar. Sud ishlarini buyruqchi va tarxon olib borgan. Viloyatlardagi vakillar tudunlar deb atalgan. Harbiy maʼmuriyat boshligʻi uchun tutuq qoʻllanilgan. Turk xoqonligining boshqaruvida 2 xil tizim mavjud edi: boʻysundirilgan baʼzi oʻlka va viloyatlarda mavjud mahalliy sulolalar saklanib qolgan va ular xoqonlikka oʻlpon toʻlab turganlar; tobe oʻlka va viloyatlarning ayrimlari boshqaruviga tayinlangan x^kmdor xonadonga mansub vakillar hokimiyati.
Bu paytda Sirdaryo va Amudaryo oraligʻi hamda tutash hududlar Turk xoqonligi tarkibida boʻlib, bu yerdagi Shoshda tudunlar, Fargʻonada ixshidlar, Ustrushonada afshinlar, Sugʻdda ixshidlar, Buxoroda buxorxudotlar, Xorazmda afrigʻiylar, Toxaristonda yabgʻular hokimiyati mavjud edi. Ularning baʼzilarining kelib chiqishi Turk xoqonligi qukmdor sulolasiga mansub boʻlishgan. Jumladan, Shosh tudunlari, Toxariston yabgʻulari va h. k.6
30-yillarga kelib Gʻarbiy Turk xoqonligi ham bir muddat Xitoyga qaram boʻlib qoladi. Biroq tez orada oʻz qudratini tiklab oladi. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, Elbilga Ishbara yabgʻu (630-641) ning qoʻl ostida Sharqiy Turkistondagi Kucha, Shanshan, Cherchen, Xarashar (Krrashahar) hokimliklari va Shi (Shosh), Shiʼ (Kesh), Xe (KushoniyaKattaqoʻrgʻon), My (Marv), Kan (Sugʻd) va Toxariston oʻlkalari boʻlgan. Xoqonlik Istamining beshinchi boʻgʻin avlodi boʻlmish Ulugʻ Ishbara (Xelu Shabolo; 651-657) xoqon hukmronligi davrida Xitoyga qarshi bir necha yil kurash olib boradi.7
Qapagʻan xoqon (691-716) davrida xoqonlik mintaqadagi eng yirik davlatga aylanadi. U jiyanlari Qutlugʻ Eltarish xoqonning oʻgʻillari Bilga va Kultegin hamda Toʻnyuquq bilan birgalikda Xitoydagi Xuanxe daryosi gʻavzalari hamda Shandun oʻlkasiga yurish qilib, 23 ta shaharni qoʻlga kiritadi, 699-yilda jan.gʻarbga, sobiq Gʻarbiy Turk xoqonligi hokimiyatini qoʻlga kiritgan turgashlarga va Toxariston oʻlkasiga yurish qiladi. Qapagʻan xoqon 700 -y. Tangut oʻlkasiga, 701-y. Xitoyning shimoli-gʻarbidagi "Oltu Chub Sugʻdaq" oʻlkasiga, 703-yilda basmillarga, 705- 706 yillarda bayirqularga, 709-yilda chik va azlarga, 710-yilda qirgʻizlar va turgashyaarta qarshi qoʻshin tortib ularni qaytadan oʻz tarkibiga qoʻshib oladi. Turk xoqonligi Movarounnahrga bostirib kirgan arab istilochilariga qarshi 710-yilda qoʻshin yuboradi va Sugʻd, Shosh, Fargʻona hokimlarining arablarga qarshi kurashida qatnashadi. Bilga xoqon (716-734) hukmronligi davrida Turk xoqonligi mintaqaning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. 716-yilda Selenga daryosi havzasida istiqomat qiluvchi uygʻurlartg .,717-yilda oʻgʻuzlarga, 718-yilda qarluqlarta qarshi jang qilib, ularni xoqonlikka boʻysundiradi. Bu davrda xoqonlik hududlari sharqda Sirdaryoning sharqidan to gʻarbda Xingan togʻlari yonbagʻirlari (Manjuriya), Shandun oʻlkasi (Xitoyning shim.sharqi, Sariq dengizdagi Boxay koʻrfazigacha boʻlgan yerlar)ni, janubda Tibetning shimoli, Sharqiy Turkiston, Xitoyning shim. viloyatlaridan to shimolida Yenisey daryosi va Baykalboʻyini oʻz ichiga olganligi maʼlum boʻladi. 740-yillarga kelib Turk xoqonligi ham ichki, ham tashqi ziddiyatlarga duch keladi. Bilga xoqonning oʻgʻillari hukmronligi davrida xoqonlik zaiflashadi. 742-744 yillarda uygʻur, qarluq va basmil qabilalari birlashib, xoqonlikka hujum uyushtirishadi. 745-yilda ittifoqchilar Turk xoqonligining soʻnggi hukmdori Baymey xoqonni oʻldirishadi va xoqonlik taxti uygʻurlar qoʻliga oʻtadi.
Turk xoqonligini dunyoning eng yirik davlatlari qatoriga qoʻshishda xoqonlar Bumin (551-552), Mugʻon (552-572), Taspar (572-581), Toʻnga Turon (588-600), Shibi (609-619), Elxoqon (620-630), Qutlugʻ Eltarish (680-691), Bekchoʻr Qapagʻan (691-716), Bilga (716-734) va bosh vazir Toʻnyuquq (680-726), shahzoda Kultegin (Koʻl Tegin) (684-731) hamda Oʻn Oʻq boshqaruvi hukmdorlari Istami yabgʻu (552-576), Tardu (576-603), Tun yabgʻu (618-630) kabilar muhim rol oʻynadilar. Ular davrida Turk xoqonligi tomonidan Xitoy, Sosoniylar Eroni, Vizantiya kabi dunyoning kuchli davlatlariga qarshi yurishlar uyushtiriladi.8
Turk xoqonligining boshqaruvida 2 xil tizim mavjud edi: boʻysundirilgan baʼzi oʻlka va viloyatlarda mavjud mahalliy sulolalar saklanib qolgan va ular xoqonlikka oʻlpon toʻlab turganlar; tobe oʻlka va viloyatlarning ayrimlari boshqaruviga tayinlangan x^kmdor xonadonga mansub vakillar hokimiyati.
Bu paytda Sirdaryo va Amudaryo oraligʻi hamda tutash hududlar Turk xoqonligi tarkibida boʻlib, bu yerdagi Shoshda tudunlar, Fargʻonada ixshidlar, Ustrushonada afshinlar, Sugʻdda ixshidlar, Buxoroda buxorxudotlar, Xorazmda afrigʻiylar, Toxaristonda yabgʻular hokimiyati mavjud edi. Ularning baʼzilarining kelib chiqishi Turk xoqonligi qukmdor sulolasiga mansub boʻlishgan. Jumladan, Shosh tudunlari, Toxariston yabgʻulari va h.k. Shu o‘rinda Choch tarixi bilan bog‘liq yana bir masalaga to‘xtalib o‘tish lozim. Sheguy xoqon bo‘lishidan ancha avval, ya’ni 611-yilgacha xoqonlik boshqaruvida shad martabasini egallab turgan paytda, Choch vohasini o‘z chekiga tushgan ulus (udel) sifatida olgan edi. Xoqonlik boshqaruv tizimida mavjud taomilga ko‘ra, shad unvoni xoqonning o‘g‘illari va jiyanlariga, ya’ni shahzoda – teginlarga berilar va ular o‘z qo‘shiniga ega bo‘lar hamda biror o‘lkaning boshqaruviga tayinlanardilar. Qisqasi, 605-yilda Chochning mahalliy hukmdori xoqonlikka tobe bo‘lishiga qaramay, Sheguy shad bilan nizolashib qolgach, bu yer Sheguyga ulus qilib berilganmidi yoki undan avvalroq ham voha ushbu shahzodaga qarashli ulus edimi, degan masala muammolidir. Aynan shu yillarda vohada xoqonlikning boshqaruvchi xonadoni – Ashina sulolasiga mansub Tegin Tyanchjidan boshlanuvchi va to VII asrning o‘rtalarigacha bosh sulola maqomida bo‘lib kelgan Choch Teginlari (605-750) hukmronligining ilk yillaridanoq, voha G‘arbiy xoqonlikning markaziy boshqaruvi bilan bevosita aloqador bo‘la boshlagandi. Jumladan, Tan-shu yilnomasida qayd etilishicha, G‘arbiy Turk xoqoni Chulo (Chura; 603–610) o‘z davlati hududida yana ikkita “kichik xoqon” tayinlab, ulardan birining qarorgohini Shi-go (lug‘. Tosh davlati)ning shimolida ta’sis qiladi va butun Xu o‘lkalarini, ya’ni o‘troq hukmdorliklarni ushbu “kichik xoqonlik” vositasida boshqara boshlaydi. Ushbu “kichik xoqonlik”ning aynan qachon, Chulo xoqon boshqaruvining qaysi yilida tashkil qilingani aniq bo‘lmasa ham, unga asos solingan vaqt taxminan 605 yildan keyingi sanalarda, Chulo va Sheguy orasiga nifoq tushib, davlatning g‘arbiy qismlarida hokimiyatni mustahkamlashga ehtiyoj sezilgan bir paytga to‘g‘ri kelsa ajabmas. Muhimi bu emas, yanada ahamiyatlirog‘i xitoy yilnomalarida “Chulo xoqon Chochning shimolida “kichik xoqonlik” ta’sis qildi”, deb qayd etilar ekan, vohaning aynan qaysi joyini nazarda tutganligidir. Boisi, qadimdan Chochning hududi an’anaviy tarzda shimoli-sharqda Taroz, shimoli-g‘arbda esa Sirdaryoning o‘rta havzalari, aniqrog‘i, Tarband (Forob/O‘tror-Shavg‘ar) gacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olar, shimoliy hududlari deganda esa Isfijob (Sayram) kabi viloyatlarni ham o‘z ichiga oluvchi Tarband va Taroz oralig‘idagi viloyatlar tushunilardi.9
3. Toshkent vohasining urbanizatsiya jarayonlariga eng ko‘p e’tibor qaratgan arxeolog olim Yu.F. Buryakov o‘zining uzoq yillik izlanishlari davomida vohadagi shahar madaniyatining rivojlanib borishini 5 ta bosqichga ajratadi. Jumladan, u VI asr o‘rtalaridan to VIII asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davr bilan belgilanuvchi Mingo‘rik bosqichida vohada shahar madaniyati o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanini e’tirof etadi. Haqiqatan ham Chochda bu davrga oid jami 293 ta manzilgoh (shulardan 32 tasi shahar) arxeologlar tomonidan qayd etilgan bo‘lib, bu avvalgi davrlarga nisbatan shaharlarning soni 2,5 barobarga ko‘payganini ko‘rsatadi.Shahar madaniyatidagi bu tarzdagi keskin o‘zgarish qanday omillar bilan bog‘liq edi, degan savol o‘ylashimizcha, hammasidan muhim bo‘lib, nima sababdan VI–VIII asrlardan avval ham, keyin ham vohada shaharlarning bunchalik yuksak darajadagi o‘sishi boshqa kuzatilmadi? Bu kabi savollar uzoq vaqtdan beri mutaxassislarning diqqatini tortib kelayotgani uchun ham unga har kim o‘zicha javob berishga harakat qilgan. Ular orasida qulay geografik joylashuv, dasht hududlariga yaqinligi tufayli savdo va iqtisodiy aloqalarning jadallashuvi, Buyuk ipak yo‘li tarmoqlaridan birining shu yerdan o‘tishi va u bilan bog‘liq tarzda tijorat markazlarining vujudga kelishi, tog‘kon sanoatining yuksalishi, markazlashgan davlat uyushmasining vujudga kelishi, chorvadorlarning o‘troqlashuvi, hukmdor markazlarining aynan shu hududlarda joylashuvi kabi qator omillar ko‘rsatiladi. Bularning hammasiga birma-bir to‘xtab o‘tirmagan holda, faqat ulardan biri, bizning nazarimizda, eng asosiylaridan hisoblanuvchi siyosiy jarayonlar, aniqrog‘i, davlatchilik va urbanizatsiya jarayonlarining bog‘liqligi omiliga o‘z e’tiborimizni qaratsak. Chunki yuqorida keltirilgan sabablarning aksariyati bevosita markazlashgan kuchli davlatning vujudga kelishi bilan bog‘liqdir.10
Ma’lumki, sug‘orma dehqonchilik, demografik o‘sish, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, tijorat va urushlar kabi bir qancha sabablar tufayli vujudga kelgan ilk shaharlar keyinchalik dastlabki davlatlar ko‘rinishini ola boshlagan. Shu paytda paydo bo‘lgan shahar va davlat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik haligacha davom etib kelmoqda. Chunki shaharlar har qanday davlatning nafaqat iqtisodiy asosini, balki siyosiy va madaniy darajasini ham ko‘rsatib beruvchi eng muhim belgilardan sanaladi. Bu borada sivilizatsiya nazariyotchilarining u yoki bu xalqning sivilizatsiyaga mansubligini aniqlashda eng muhim belgilardan biri sifatida shaharni olishgani ham bejiz emas. Shundan kelib chiqib, masalani shu tarzda qo‘ysak: Turk xoqonligining mintaqada, xususan, Choch vohasidagi hukmronligi bu yerdagi shahar madaniyatiga qanday ta’sir ko‘rsatdi? Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, voha xoqonlik tarkibida bo‘lgan davrda shaharlarning o‘sishi o‘zining eng yuqori darajasiga chiqqan. Demak, avvaldan aytish mumkinki, bu jarayonlar shaharlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Lekin bunday ijobiy o‘zgarishlar qanday omillar evaziga ro‘y berdi va unda xoqonlikning roli nimalar bilan belgilanadi? Quyida aynan shu masalalarni tahlil etamiz.Turfon va Oltoyda mohir metallurglar sifatida nom chiqargan turklarning Ashina urug‘i o‘z xoqonliklarining poydevorini tashkil etuvchi harbiy yurishlar muvaffaqiyati hamda barqaror iqtisodiyotni eng avvalo, tog‘-kon sanoati bilan bog‘liq ishlab chiqarish orqali ta’minlar edilar. Buni juda yaxshi anglagan turk xoqonlari doimo birinchi navbatda tog‘li hududlarni o‘zlashtirish bilan tog‘-kon va metallurgiya sanoatini yo‘lga qo‘yish hamda shu yo‘l bilan o‘zlarining strategik maqsadlarini amalga oshirishga harakat qilganlar. Bu esa o‘z-o‘zidan Choch vohasining tog‘li zonalarida ko‘plab yangi manzilgohlarning vujudga kelishiga olib kelgan. Mutaxassislarning e’tirof etishicha, bu davrda voha shaharlarida, ayniqsa, metallurgiya va metallga ishlov berish, qurol-yarog‘ va egar-jabdug‘ tayyorlash kabi hunarmandchilik sohalari jadallik bilan rivojlangan. Demak, voha shaharsozligi taraqqiyotida qadimdan asosiy rol o‘ynab kelgan metallurgiya sanoati turk xoqonlarining maqsadli siyosati tufayli yanada tezlashadi.Choch vohasida ilk o‘rta asrlar, yana ham aniqrog‘i, VI asr oxirlarida vujudga kelgan Jabg‘ukat va Xotunkat shaharlari ham tadqiqotchilarning aniqlashlaricha, Turk xoqonligi bilan bog‘liq ravishda qad ko‘targan bo‘lib, ular xoqon va uning ayoli – xotunning ma’lum vaqtlarda istiqomat qilishlari uchun mo‘ljallangan siyosiy markazlari edi. Qolaversa, ba’zi tadqiqotchilar vohaning shimoliy hududlarida shaharlarning o‘sishi va voha markazining Qanqadan arab manbalarida Madina ash Shosh deb tilga olinuvchi Mingo‘rik shahriga ko‘chirilishini xoqonlikning vohadagi noibi – turk tudunining Sirdaryoning o‘rta havzasidagi turkiy qabilalar bilan aloqalarni yanada kuchaytirishga qaratilgan faoliyati bilan bog‘laydilar. Turkiyalik san’atshunos olima E. Esin esa 605-819 yillarda turk tudunlarining o‘rda shahari Yunusobod Oqtepasi bo‘lgan, deb hisoblaydi. Biroq, bu soha mutaxassislari ushbu masalada biror-bir fikr-mulohazalarni bildirishmagan bo‘lib, faqat ushbu yodgorlikni ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoning barcha vohalariga xos bo‘lgan zodagon qasri sifatida baholashgan. Demak, ushbu masala, qolaversa, vohadagi yana bir turkiy sulola bo‘lmish Choch Teginlarining shahar markazlari qayerda joylashganini aniqlash keyingi muhim vazifalardan sanaladi. Qolaversa, aynan shu hududlar, aniqrog‘i, Oltoy, Yettisuv va Chochda turk xoqonlarining markaz qarorgohlari joylashgan ediki, bu holat mazkur vohalardagi shaharsozlikning rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay iloji yo‘q edi. Vaholanki, Kushonlar va undan keyingi xoqonlikkacha bo‘lgan davlatlarning hukmronligi davrida Amudaryo va unga tutash hududlardan o‘tuvchi Janubiy tarmoq ancha taraqqiy topgandi. Ma’lumki, Kushonlar, Xionitlar, Kidaritlar, Eftalitlar kabi davlatlarning siyosiy markazlari asosan Janubiy yo‘nalish bo‘ylab joylashgan edi. Turk xoqonligining g‘arbiy qanoti markazlari esa, aksincha, Shimoliy tarmoqda tashkil topgandi. Demak, davlatlarning siyosiy markazlari xalqaro savdo va iqtisodiy hayotga ta’sir etibgina qolmay, urbanizatsiya jarayonlarida ham sezilarli rol o‘ynagan. Shu o‘rinda, asosiy boyliklar siyosiy markazga qarab oqqanligini nazarda tutish zarur.11
4. Turk xoqonligi VI asrning 70-80-yilariga (588-yilda) kelib o’zing ichidagi ichki nizolar va Xitoydagi Suy imperiyasing aralashuvi natijasida ikkiga bo’linib ketadi. G’arbiy va Sharqiy xoqonliklarga. G’arbiy Turk xoqonligi Sharqiy Turkistondan to Kaspiy dengizigacha cho’zilgan hududlarni o’z ichiga olib markazi Ettisuv edi. Sharqiy Turk xoqonligi esa old osiyo erlarini o’z ichiga olib uning markazi Oltioyda joylashgan.VI asrning 70- yillarida Turk xoqonligi uchun juda qulay vaziyat vujudga kеldi. Bu davrda Eron bilan Vizantiya o`rtasida urush boshlandi. Turq xoqondigi bu paytda ancha kuchaygan edi.Sharqiy Turk xoqonligi Xitoyga bir nеcha bor yurishlar qilgan va xitoyliklarni har yili 1000 bo’lak miqdorida ipak o’lpon to’lashga majbur etgan edi. Biroq 589-617-yillarda Xitoyda hokimiyat tеpasiga Suy dinastiyasi kеlgach, mamlakat iqtisodi yuksalib tashqi xayotda ijobiy o`zgarishlar boshlandi. Shundan so`ng Turk xoqonligi kuchlari xitoyliklar bilan bo`lgan to’qnashuvda mag’lubiyatga uchradi. Mag’lubiyatga uchragan turk bеklari o`z urug`-aymoqlari bilan g’arbga tomon ko’chishga majbur bo`ldilar. Ulardan qashshoqlashgan bir qismi Buxoro voxasi tomon ko’chib kеtdilar va ular aslzoda yer egalari zulmidan adoi-tamom bo`lgan kambagal mahalliy aholi bilan birgalashib turk shahzodasi Abruy boshchiligida yer egalariga qarshi qo`zgolon ko`taradalar. Abruy boshliq qo’zg’olonchilar Poykеnd shahrini egallaydi. Abruy hukmronligi davrida zarar ko`rgan aslzodalarning katta bir qismi Turkiston va Toroz tomonlarga qochganlar. Ular G’arbiy Turkiylar sultoni Qorachuringa murojaat qilib undan yordam so’raydilar. Qorachurinning qo’shinlari 585-yilda Abruy qo`zg’olonini bostirib, yer-suvni Еttisuvdan qaytib kеlgan dеhdonlarga qaytarib beradi. Abruy o’lim jazosiga hukm qilinadi va uni «qovog’arilar to’ldirilgan qopga tashlanadi», qo`zg’olon ko`targan kambag’allarni esa qaytib kеlgan boylarga xizmatkor va kashovarzlar qilib taqsimlab beradilar.Qorachurin o`z ug’li Barmudni Buxoro noibi etib tayinlaydi. 588-yili Qorachurin Eronga qarshi Xazorlar va Vizantiya yordamida .urush boshlaydi. Lеkin u sosoniy-larning mashhur lashkarboshisi Bahrom Chubin tomonidan o’ldiriladi. Bu mag’lubiyatdan so`ng Turk xoqonligi yanada tushkunlikka uchradi. Bahrom Chubin Qorachurinning o’g’lini ham Poykеndda bo’lgan jangda o’ldiradi. 12
VII asr boshlarida g’arbiy Turk xoqonligi yana, yuksalish sari yo`l tutadi. Bu yuksalish Xitoyda Suy sulolasining qulashi davriga to’gri kеladi. Tan sulolasi hukmronligi (618-907) davrida Xitoy bilan Turk xoqonligi o`rtasida qizg’in munosabatlar o’rnatiladi. Buxoro, Samarqand, Ishtixon va boshqa shaharlardan Xitoyga elchilar bilan sovg’a-salomlar kеlib turardi.VII. asrning 30- yillarida xitoylik ziyoratchi Syuan Sin xoqonlik hududlarini kеzgan va o`z xotiralarida Issiqko’l, Chu vodiysi, Choch, Samarqand, Buxoro va Amudaryo bo’ylab sayohatlar qilganligini yozadi.630-yildan e'tiboran g’arbiy Turk xoqonligi chеgaralari kеngayib Eftalitlar davrida bo`lgani singari Hind daryosi qirg’oqlarigacha yеtib boradi. Shaharlarning o’sihi oqibatida Xitoy va Eron bilan savdo munosabatlari jonlandi. Savdo karvonlari Marv orqali Chorjo’y, Buxoro, Samarqand, Choch, Isfijob, Talas, Siyob va Sharqiy Turkiston vohasigacha borgan.Xitoyliklar VII asrning 30-yillarida turklarni yana mag’lubiyatga uchratganlar. Natijada, 659-yilda bir mеcha mag’lubiyatdan so`ng turklar Xitoy oliy hokimiyatini tan olganlar. 660-yillarda esa xitoyliklar O’rta Osiyo hududlarida ham xuddi o`zlaridagi kabi ma'muriy uslubiy boshharuvni joriy qilmoqchi bo`ldilar, ammo, bu ishni eplay olmadilar. Chunki, 670-yilda tibеtliklar Sharqiy Turk xoqonligini tashkil etdi. Bu voqеa Xitoy ma'murlarining diqqat-e'tiborini O’rta Osiyodan chalg’itib Tibеtga qaratishga majbur qildi.VII asrning oxirlarida O’rta Osiyo hududlarida Turk xoqonligini qaytadan tiklashga bir qadar urinishlar bo`ldi. Biroq bu ishni amalga oshirib bo`lmadi. G’arbdan arablar Movarounnahr ustiga yopirilib bostirib kеldilar.
Xulosa
Yuqoridagi sug‘d, turk va xitoy manbalarilari asosida xulosa qiladigan bo‘lsak, butun Markaziy Osiyoda ro‘y bergan etnomadaniy jarayonlarning ilk o‘rta asrlar bosqichi, turk-sug‘d simbiozi va sug‘dlarning turklashuvi assimilyatsiyasi davri sifatida baholanishi mumkin. Asrlar davomida do‘stona, samimiy va qon-qardosh bo‘lib yashagan turklar va sug‘dlar keyingi davr etnoslari; o‘zbek, uyg‘ur, tojik va boshqa elatlarning shakllanishida bevosita ishtirok etganlar.Qadimgi turkiy yozuvlar va Xitoy manbalarining guvohlik berishicha, hukmdoming eng yaqinlariga beriladigan Shod va ixshid degan unvonlari bo‘lgan. Ular mazmunan bir-biriga yaqin mansab. Masalan, Qutluqxon (vafo-
ti 693-yil) o ‘zini xon deb chop qilgach, ukalaridan Muchur va Tuzilbeklarga
ana shu ikki unvonni bergan. Hududda Turk xoqonligi hukmronligi davrida
boshqaruv asosan mahalliy siyosiy kuchlar orqali amalga oshirilgan. Biroq,
markaz nazorati hech qachon susaymagan. o’lka, viloyatlar boshqaruvchila-
rining o‘z unvonlari bo‘lgan. Masalan, Kesh hokimi ixrid, Tohariston hukm-
dori jabg‘u, Chag‘aniyon hukmdori chag‘onxudot, Sug‘diyona hukmdorlari
esa ixshid unvonlari bilan atalgan.
Turk xoqonligi hukmronligi davrida jamiyat hayotini idora etishda maMum
bir huquqiy usullardan foydalanilgan. Xitoy tarixchilarining manbalarida
Sug‘diyona ibodatxonalarida muhofazatda doimo “Turkiy tuzuklar” turi-
shi, biron bir jazoni belgilashda bu majmuani olib, unga asoslangan holda
hukm chiqarilishi aytilgan. Bu haqda turkiy bitiklarda ham ma’lumot berilgan.
Bu majmuada quyidagi jazo normalari belgilangan: eng og‘ir jinoyat sodir
qilinganda jinoyatchi butun urug‘-aymog‘i bilan qirib yuborilgan. Birovni
o‘ldirgani, erlik xotin bilan buzuqlik qilgani, adashgan otni suiiste’mol qil-
gani uchun ham o‘lim jazosi qo‘llanilgan. Jinoyatchi biron kimsaning ko‘ziga
ziyon yetkazgan taqdirda ayblanuvchi jabrlanganga o‘z qizini, qizi bo‘lmasa,
ayolining mol-mulkini berishi shart qilib qo‘yilgan.Yozma manbalar, devoriy suratlar VI-VII asrlarda o‘ lkada oldingi davrlardan davom etib kelayotgan an’anaviy musiqashunoslik, raqqoslik, teatrshunoslik va boshqa shulardek
kabi san’at sohalari rivojlanib borganini tasdiqlaydi. Raqqoslaming mahorati
shu darajada yuksak bo‘lganki, hatto xorijiy davlatlarda, masalan, Xitoy sa-
roylarida ham ulami g ‘oyatda qadrlaganlar. Shu kabi o ‘lkaning qo‘g ‘irchoq
teatri san’ati xitoyliklarni lol qoldirib, shu san’at y o ‘nalishi Xitoyga o‘zbek
madaniyati namunasi sifatida kirib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |