O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
“IQTISODIYOT” FAKULTETI
“Iqtisodiyot” yo‘nalishi 2-kurs 201 -guruh talabasi Bohadirov Shohruhning “Makro iqtisodiyot ” fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Iste’mol va jamg’arish, ularning grafiklari va funksiyalari.
Topshirdi: B.SHOHRUH
Qabul qildi: ______________
«Urganch-2022»
Mavzu: Iste’mol va jamg’arish, ularning grafiklari va funksiyalari.
Reja:
Iste’mol va jamg’arish, ularning grafiklari va funksiyalari.
Iste’mol va jamg’arishga o’rtacha hamda chegaralangan moyillik.
Jon Maynard Keyns va iste’mol funksiyasi.
Irving Fisher va vaqtlararo tanlov.
Uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb yuritiladi), yalpi talab, yoki YaIMning yakuniy iste’molga ko’ra tarkibida eng katta ulushga ega bo’lgan komponentdir. Rivojlangan mamlakatlarda iste’mol xarajatlari shaxsiy tasarrufdagi daromadning 90 foizdan ortiq qismini tashkil etadi. Shu tufayli ham iste’mol xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni, uning o’zgarish qonuniyatlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega.
Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi ularning jamg’armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari jamg’arish hajmi foz stavkasining funktsiyasi de qarashsa J.M. Keyns uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari va jamg’arishlari hajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik kiritsak iste’mol va jamg’arish hajmini belgilovchi asosiy omil uy xo’jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to’lovlari va to’lagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – disposable income, yoki Yd ) ko’rsatkichidir. Makroiqtisodiy nazariyada iste’mol va jamg’armalar, milliy daromad yoki shaxsiy daromadlarning funktsiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi.
Ixtiyordagi shaxsiy daroma d iste’mol va jamg’arish uchun ishlatiladi, ya’ni qancha ko’p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg’ariladi va aksincha. Iste’mol va jamg’arish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik har xil daromadga ega bo’lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo’lganlar odatda ko’proq iste’mol qilib, kamroq jamg’aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg’arish ulushining o’sishi tomonga o’zgaradi.
Iste’mol bu ixtiyordagi daromadning iste’molchi tomonidan joriy davrdagi ehtiyojlarini qondirish uchun sarflagan qismi bo’lib, u pirovard hamda oraliq iste’molga ajratiladi. Oraliq iste’molda tovar va xizmatlar iste’mol jarayonida to’liq yo’q bo’lib ketmaydi, pirovard iste’molda esa ular iste’mol jarayonida to’liq ishlatiladi. Jamg’arish esa iste’moldan farqli ravishda kelgusidagi ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat qiladi va ixtiyordagi daromadning iste’moldan keyin qolgan qismini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |