O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi urganch davlat universiteti


II BOB. Xalq og’zaki ijodining o’quvchida insoniy fazilatlarini



Download 116,25 Kb.
bet5/6
Sana29.05.2022
Hajmi116,25 Kb.
#615554
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Rajapbayeva Roza

II BOB. Xalq og’zaki ijodining o’quvchida insoniy fazilatlarini
shakllantirishdagi o’rni.
2.1. Xalq og’zaki ijodi orqali o’quvchilarda fidoiylik, sabr-qanoat, matonat
kabi fazilatlarni shakllantirish
Xalq og’zaki ijodi orqali o’quvchilarda fidoiylik, sabr-qanoat, matonat kabi fazilatlarni shakllantirishda turli tarbiyaviy mеtodlardan foydalanish joiz. Тarbiya metodlari- tarbiya usullari deb ham yuritiladi. «Metod» suzi yunonchadan olingan bo’lib, yo’l, usul ma’nosini bildiradi. Тarbiya metodi - tarbiya jarayonida o’qituvchi yakka o’quvchi yoki sinf jamoasi manfaati yo’lida biron-bir tarbiyaviy masalani hal qilish uchun o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini, tarbiyalanganlik darajalarini, pedagogik vaziyat xarakterini hisobga olgan holda ta’sir etish shakllari majmuasidir. Axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab tarbiya usullari quyidagi turlarga bo’linadi (quyidagi chizmaga qarang):














Тarbiya murakkab jarayon bo’lib, uning usullari, vosita va omillari asrlar davomida shakllanib takomillashadi, uzini oqlagan urf-odatlar an’anaga aylanadi. Хalq pedagogikasida turli tarbiya usullari va vositalaridan foydalaniladi, bu usul va vositalar nihoyatda rang-barang bo’lib, ko’p tomonlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik qiladi. Bu usullar ilmiy pedagogikaning shakllanishida ham o’z ta’sirini o’tkazgan. Хalq pedagogikasida qo’llanilgan usullar: tushuntirish; namuna; nasihat, o’git berish; qoralash va jazo. Pedagogikada tarbiya metodlari quyidagi guruhlarga bo’linadi: ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar; faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq va tajribalarni shakllantirish usullari; o’z-o’zini tarbiyalash usullari; Xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari deganda xalqning yoshlarga bilim va amaliy ko‘nikmalar berish, ulami ijodiy ishlash uslublari bilan qurollantirish, dunyoqarashlarini o‘stirish, axloqiy nafosat g‘oyalarini egallashlarida qo‘llab kelgan empirik pedagogic tajribasini zamonaviy milliy ta’lim jarayonida qo‘llash uchun qulayligi tushuniladi. Masalan, milliy amaliy san’atga o‘rgatish uslubiyotini xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari doirasiga kiritish mumkin. Xususan, ganch va yog‘och o‘ymakorligi, zardo‘zlik, musiqa asboblarini yasash, kulolchilik va boshqa amaliy san’at turlarini egallashning xalq ustalari va chevarlari tomonidan tajribada yaratilgan o‘z usullari, uslub va vositalari mavjud. Nazariy bilimlarni o‘zlashtirishda kundalik hayotdagi tanish hayotiy voqealami misol tariqasida qo'llash o‘quvchilarning faolligini oshiradi, bilimlarini mustahkamlaydi va dunyoqarashini kengaytiradi. Xulosa qilib aytganda, milliy ta’lim-tarbiya xalq pedagogikasi an’analari asosida o‘qitish va tarbiyalashdan boshlanadi. Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlaridan ta’lim-tarbiya tizimining barcha tarkibiy qismlarida foydalanish mumkin. Milliy tarbiya an’analarining didaktik imkoniyatlari asosan o‘qitish jarayonida qo‘llaniladi.


Ko‘pgina fan o‘quv dasturlari va darsliklarida xalq og’zaki ijodidan olingan va boy tarbiyaviy ahamiyatdagi mavzular hamda o‘quv materiallari berilgan. Buni maktabning boshlang'ich sinfidan tortib to oliy ta’limning bakalavriat va magistratura yo‘nalishlaridagi fanlami o‘rganishda ko‘rish mumkin. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi « O‘zbek tili», «Vatan adabiyoti» kabi darsliklarida atroflicha yoritilgan xalq og‘zaki ijodiyoti, o‘zbek adabiyoti klassiklari asarlari xalq pedagogikasi manbalari sifatida chuqur tarbiyaviy imkoniyatlarga ega. Xalq og‘zaki ijodi namunalari va o‘zbek mutafakkirlari asarlari bilan yoshlami tanishtirishda o‘qituvchi yorqin badiiy obrazlarga asosiy e’tiborini qaratishi zarur. O‘quvchilar esa bu obrazlami qabul qilishlari, tushunishlari va his etishlari kerak. Zero, badiiy obraz orqali o‘quvchilarda turli hissiyotlarni vujudga keitirish mumkin. Masalan, «Farhod va Shirin» dostonini o‘rganishda Farhodning jasoratli mehnatiga tan berish, Shirinning vafodorligi va go‘zalligiga lol qolish, Xisravning yovuzligi va makkorligiga g‘azablanish kechinmalari uyg‘otiladi. O‘zbek tili darsliklarida o‘zbek adabiy tili me’yorlarini o‘rganishda, grammatik qoidalarni egallashda chuqur tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan folklor asarlari, ya’ni dostonlar, rivoyatlar, qo‘shiqlar, ertaklar, maqollar, naqllar, hikmatli so‘zlar va hokazolardan tuzilgan misollardan iborat mashqlar qo‘llaniladi. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘tiladigan tarix darslarida turli tarixiy davrlarda xalqimizning milliy urf-odatlari va an’analari, me’morchiligi va amaliy san’ati, hamda fan va madaniyatning boshqa sohalari qanday rivojlanganligi haqidagi qator bilimlar o‘zlashtiriladi. Bunday bilimlar o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytiribgina qolmay, ularda axloqiy nafosat xususiyatlarini shakllantirishga, vatanparvarlikni tarbiyalashga ko‘maklashadi, ya’ni xalq tarixi – milliy ongning bir bo‘lagi sifatida o‘quvchilarning har tomonlama yetuk inson bo‘lib shakllanishlarida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Biz o‘zbek tili, adabiyoti, tarix darslari misolida gumanitar fanlar mazmunida xalq pedagogikasini qo‘llashning imkoniyatlari haqida so‘z yuritdik. Lekin aniq fanlami o‘qitishda ham o‘quv materiali mazmunining tarbiyaviy xususiyatlarini aniqlash va ulardan yoshlar tarbiyasida foydalanishga ko‘proq ahamiyat berish talab etiladi, zero barkamol shaxsni shakllantirish uchun tarbiyaga kompleks yondashish zarur. Avvalo, aniq fanlarda darsning didaktik maqsadlarga erishishining o‘zi o‘quvchilar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Aniq fanlami o‘qitish jarayonida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishning asosiy vazifalaridan biri - o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdir. Masalan, fizika, biologiya, geografiya va boshqa aniq fanlar bo‘yicha darslar davomida aniq tabiiy qonuniyatlar, hodisalar, jarayonlami tushuntirish orqali ulardagi eng umumiy belgilar, sifatlar va xossalar yoritib beriladi. Jumladan, fizika darslarida materiya haqida tushuncha berishda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan biri - topishmoqlardan keng foydalanish mumkin. O‘quvchilarga fizik hodisalar yoki osmon jismlari haqida topishmoq tarzida aytib berish havola etiladi. Masalan:
Ko‘k ko‘ylakka qo‘l yetmas. (Osmon)
Uzoq tog‘da o‘t yonar. (Quyosh)
Shu o‘rinda U.Gadoyboev, K.Yo‘ldoshevlarning «Fizika darslarida xalq maqol va masallaridan foydalanish» xususidagi maqolasiga murojaat etish mumkin. Astronomiyani o‘rganishda buyuk alloma Mirzo Ulug‘bekning hayoti va asarlari, biologiya darslarida Abu Ali Ibn Sino asarlari, matematikada Al-Xorazmiy, Umar Hayyomning hayoti va asarlarini, falsafiy she’rlar bilan qo‘shib o‘rganish ham katta samara beradi. Aniq fanlar, xususan iqtisodiyotga oid fanlarni o‘qitishda avloddan-avlodga o‘tib kelayoigan xarid qilish, mahsulotni xaridorgir qilib tayyorlash, raqobatga bardosh berish, savdo usullari, tejamkorlik haqidagi ma’lumotlarni o‘zbek xalq maqollari, diniy ta’limotlar, hadislardan namunalar keltirib berilsa, yoshlaming g‘oyaviy-siyosiy va iqtisodiy tarbiyasi samarali bo‘ladi. Shu o‘rinda barcha fanlarni o‘qitishda mehnat tarbiyasining ham o‘rni katta ekanligini ta’kidlash joiz. Yoshlarda ijtimoiy foydali mehnatga hurmatni tarbiyalash, ya’ni uni mehnat qilishga ruhan tayyorlash o‘zgalar mehnatini e’zozlash, ularda mehnatsevarlik, chidamlilik, tirishqoqlikni shakllantirish - mehnat tarbiyasining asosiy vazifalaridan biridir. Bunda buyuk allomalar asarlariga murojaat etish ham o‘rinlidir. Jumladan, Forobiyning «Buyuk ishlarning naqllaridan» asarida shunday yozilgan: «Qiyinchilik va tajribasizlik barcha xulqiy va fikriy fazilatlar oldida ko‘ndalang turadi, umuman, har qanday hunami o‘rganishda o‘ziga yarasha qiyinchilik bor». Shu o'rinda yoshlaming yosh xususiyatlarini hisobga olib, mehnatsevarlik haqidagi xalq og‘zaki ijodi namunalaridan ko'plab misollar keltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yoshlaming bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilishda ham xalq pedagogikasi manbalaridan unumli foydalanish mumkin. Bunda o‘quv fanlari bo‘yicha turli to‘garaklar, tematik kechalar, muloqotlar, savoljavob kechalari, tanlovlar, olimpiadalar, sayohatlar, «Quvnoqlar va zukkolar» bellashuvlarini tashkil qilish lozim. Xalq pedagogikasi asosida tashkil qilinadigan yuqoridagi kabi tadbirlaming yagona talabi: mashg‘ulotlar ma’Ium maqsadga yo‘naltirilgan va mazmuni hayot bilan bog‘liq bo‘lishi hamda tizimli olib borilishi, mashg‘ulotlarda yoshlar faoliyati xilma-xil va yangi ma’lumotlar, bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni egallashdan iborat bo‘lmog‘i kerak. Axloqiy mavzuda o‘tkaziladigan munozaralar, savol-javob kechalari, yoki o‘zbek xalqi tarixi va madaniyati bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar o‘quvchilarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashga katta imkoniyatlar yaratadi. Xususan, pedagogika va psixologiya mutaxassisligini mukammal egallashda ham xalq pedagogikasining o‘rni beqiyos, «Pedagogika tarixi», «Pedagogik konfliktologiya», «Oila pedagogikasi», «Pedagogik korreksiya», «Tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi», «Ijtimoiy pedagogika» kabi pedagogika yo‘nalishidagi hamda psixologiya siklidagi qator fanlarni o‘qitishda ham xalq pedagogikasi manbalaridan unumli foydalanish mumkin. Bu esa har bir fan o‘qituvchisidan o‘z kasbiga, mehnatiga vijdonan yondashishni va uning shaxsiy namunasini talab qiladi. Zero, o‘zbek xalq pedagogikasi, uning manbalari, tarbiyaviy va didaktik imkoniyatlarini har bir fan o‘qituvchisi avvalo o‘zi yaxshi o‘zlashtirib olishi, bunda fanni o‘qitish metodikasi bo‘yicha egallagan bilim va ko'nikmalariga asoslanishi lozim bo‘ladi.
Umumiy o’rta talim maktablaridagi tarbiyaviy ishlarning sinfdan tashqari shakllari ham xilma-xildir. Sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilarning dars jarayonida olgan bilim, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash, ularni takomillashtirish, o’quvchilarda mustaqillikni tarkib toptirishdek muhim masalalarini hal qilinadi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar fanlarning o’ziga xos xarakteriga ko’ra turli shaklda, har xil usul va metodlar asosida olib boriladi. Хalq og’zaki ijodining tarkibiy qismi bo’lish bolalar og’zaki ijodi janrlaridan talim va tarbiya maqsadlarida foydalanish aloxida o’rin tutadi. Maktabda bolalar og’zaki ijodidan foydalanish o’quvchilarda xalq yaratgan asarlarga muhabbat hissini uyg’otadi, estetik didni o’stiradi, ularni axloqiy jihatdan tarbiyalaydi. Boshlang’ich sinflarda bolalar og’zaki ijodidan asosan ona tili, o’qish, tabiatshunoslik bo’yicha olib boriladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarda foydalaniladi. Yuqori sinflarda bolalar og’zaki ijodidan adabiyot, tarix bo’yicha sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda foydalaniladi. Maktabda sinfdan tashqari qu yidagi tarbiyaviy tadbirlarda bolalar og’zaki ijodidan foydalaniladi.
1. Тarbiyaviy mashg’ulotlarda
2. Sinfdan tashqari o’qishda.
3. Adabiyot to’garaklarida.
4. Ertalik va kechalarni tashkil etishda.
5. Maktab devoriy gazetalari va jaridalari sahifasida.
6. Ko’rgazmalar va tanlovlar uyushtirishda.
7. Illyustrativ va mavzuli albomlarda.
8 . Ko’rgazmali qo’rollar tayyorlashda.
9. Didaktik o’yinlarda.
10.Rebuslar tuzishda.
11.Ekspeditsiyalar o’tkazishda.
12.Ekskursiyalar o’tkazishda.
13.Krossvordlar tuzishda.
14.Stendlar tayyorlashda.
15.Viktorinalar o’tkazish va hokazolarda.

Download 116,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish