O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 14,29 Mb.
bet8/14
Sana12.06.2022
Hajmi14,29 Mb.
#659556
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Abdullayeva M.A Informatika

«Diqqat-e'tibor» bosqichi — ta'lim jarayonining boshidan oxirigacha juda muhim hisoblanadi. Bugungi kunda diqqat e'tiborni ushlab turishni minglab usullari bor, ulardan foydalaning. O'quvchining komp`yuter bilan o'zaro muloqoti va nazariy materiallarni yetkazishning rang-barang usullari: illyustratsiyalarga boy slaydlar, videoroliklar, flesh-animatsiyalar, jadvallar va hkz. hisobiga uning butun diqqat-e'tiborini o'rganilayotgan mavzuga qarata olish mumkin.
Muhimlik — bu bilim olishlikni o'ta muhim va amaliy qilishda yordam beruvchi bosqichdir. Bu bog'iqliklar: Bilim olish — amalda qo'llash va Bilim olmaslik — orqada qolish. O'quvchi shunchaki bu bilimlarsiz vaziyatni o'zgartira olmasligini tushunib yetadi.
Ishonch — bu o'quvchining yangi bilimni o'rgana olishga va uni amalda qo'llay olishga o'zining qodir ekanligini tushunib yetish layoqatidir. Ishonchni qo'llab-quvvatlash uchun (masalan, ilk muvaffaqiyatlarni qo'llab-quvvatlash orqali) bilim olish jarayonining boshidan oxirigacha ishlash kerak bo'ladi
O'quvchidagi ishonch uni bir qator masalalarni bajarib kurishga undaydi, kafolatlaydi. Shuningdek, o'quvchi o'quv materiali ichidan har doim savollar va testlarga javob topa olishi mumkinligini aniq biladi.
Qoniqish — bu juda ko'pqirrali tushuncha. Ammo aynan ta'lim olish jarayonida bu muloqotni, mashg'ulot so'nggida emotsional yengillikni, muammolardan uzoqlashishni his qilish demakdir. Bu narsa bilim olishdan qoniqish his qilishda asos bo'ladi.
O’quvchiga mana shu to’rt bosqichdan o’tish uchun shart-sharoit qilib bera olsak, dars maqsadiga erishishimiz aniq.
Bu bosqichlarning birinchisi — «Diqqat-e'tibor» bosqichiga e’tiborimizni qarataylik. Bilim olishi kerak bo’lgan o’quvchi Y avlod va darsda uning diqqat-e’tiborini jalb qilishimiz uchun unga yoqadigan vositalardan foydalanishimiz kerak. Ya’ni, video, audio, virtual ma’lumotlarni bera oladigan texnik vositalarni qo’llashimiz kerak.
Shu o’rinda buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniyning o‘qitishda o‘quvchini zeriktirmaslik va xotirasini toliqtirmaslik uchun o‘rganiladigan fanlarni tez-tez almashtirib turish zarurligi va o‘qitishda turli ta'lim uslublaridan foydalanish haqidagi ilg‘or fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. Uning asarlarida ta'lim-tarbiyaning muhim metodologik asoslari quyidagicha qayd etilgan:

  • darsda o‘quvchilarni zeriktirmaslik (motivatsion va shaxsni rivojlantirish vaziyatlarini ishlab chiqish, o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyati tarkibiy tuzilmasini aniqlash);

  • ta'limdagi uzviylik va izchillik (darsning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarining birligi va uzviyligi);

  • yangi mavzuni qiziqarli, asosan ko‘rgazmali bayon etish (ta'lim metodlarini tanlash, ta'lim vositalaridan foydalanish uslubini aniqlash);

  • olib borilayotgan mashqlarning bolalar yoshiga mos bo‘lishi (o‘quvchilar -ning o‘zlashtirish darajasini ma'lum bosqichdan yuqoriroq bosqichga ko‘tarish ketma-ketligini ta'minlash);

  • har bir ta'lim jarayonini yengildan og‘irga qarab murakkablashtirib borish (ta'limning texnologik vositalarini o‘quvchining yoshiga mos qilib tanlash)

  • bolaga bilim berishda majburan zo‘riqishga yo‘l qo‘ymaslik (pedagogik texnologiyadan majburan foydalanmaslik).

Bolaning miya faoliyati axborot va bilimlarni go’yo televideniyadagi ko’ngilochar dasturlar, videoroliklar, audiotovushlar orqali qabul qilishni xush koradimi, marhamat, ularga darsda taqdim etiladigan ma’lumotlarni media-vositlar orqali taqdim qilish kerak. Bu borada Konfutsiyning “Eshitganimni esimdan chiqaraman, ko’rganimni eslab qolaman, mustaqil bajarsam, tushunib olaman”, deb aytgan so’zlari o’rinli. Katta hajmdagi axborotlarni har bir bola qisqa vaqt ichida o’zlashtirishi, ongida shakllantirishi va amaliy faoliyatda foydalana olishga o’rgatish zarur bo’ladi.
Darsni loyihalashtirishda o’qituvchi turli video va dasturiy mahsulotlardan foydalanadi. Dars jarayoniga tayyorgarlik ko’rishda tayyor mediamahsulotlar (ensiklopediya, lug’atlar, ta’limiy video va dasturlar) foydalanishda AKT vositalarining o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, kompyuter texnologiyasi vositasida dars o’tish barcha fanlardan labaratoriya mashg’ulotlarini, yangi mavzularni ko’rgazmali tushuntirsh imkoniyatiga ega bo’lib, o’tilgan dars materiallarini o’quvchi mustaqil qayta ko’rib chiqishi mumkin. Bunday yondashuv o’quvchilarda darsga qiziqishni kuchaytirib, bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Video va audio ma’lumotlardan foydalanishning afzalligi: ta’limni individuallashtirish; o’quvchilar mustaqil ishlarini mujassamlashtirish; darsda berilgan ma’lumotlar hajmining oshishi; o’quvchilarning ko’rish orqali olgan ma’lumotlari va ularni o’zlashtirish darajasining ortishi; darsda o’yinli texnologiyalardan foydalanish natijasida o’zlashtirishda faollikkka erishish va darsga motivatsiyaning kuchayishi. Bu texnologiyalardan foydalanish usuli orqali o’qituvchi ham o’z ishidan qoniqish, hattoki, qiziqarli idrok etish jarayonlaridan huzurlanishni his qila oladi. Bu jarayonda o’qituvchi o’z mehnatining ko’p qismini kompyuterga, televizorga yuklashi mumkin bo’ladi. Bu bilan darsni yanada qiziqarli, rang-barang qilib, mazmunan boyitadi. Oqituvchi o’quvchining video va audio ma’lumotlar orqali qanchalik o’zlashtirganini xolisona baholay oladi, bolalarga noan]anaviy saboq berish usullarini topishga ijodiy yondashadi. Bu esa o’qituvchining kasbiy kompetentligining rivojlanishiga asos bo’la oladi.

Bundan tashqari, o’quvchi olishi kerak bo’lgan axborotni hali davr talabiga mos vaqtidayoq, o’z dolzarbligini yo’qotmasdanoq olish imkoniyati vujudga keladi.
Media-ta’lim — bu media mahsulotlari bilan:

  • muloqot madaniyatini kommunikativ imkoniyatlari tanqidiy tafakkuri media­matnini to‘liq qabul qilish;

  • intepritatsiya etish;

  • tahlil qilish hamda baholashdan iborat.

  • televideniye;

  • radio;

  • video;

  • kinomotograf;

  • pressa;

  • matbuot internet va boshqalarni taqdim etadi.

Manbalardan kelayotgan axborot oqimi­dan to‘g‘ri foydalanib, o‘zining rivojlanishi uchun kerakli bo‘lgan axborotlarni o‘rganish. Hozirgi axborotlashgan jamiyatda barcha media-resurslarini tahlil qilish muhum rol o‘ynaydi. Xorijiy mediata’limning tahlili shuni ko‘rsatadiki, o’quvchilar o‘zining o‘qish jarayonida asosan internet, televideniya manbalaridan foydalanishadi.


Jahon mediapedagogikasida media­ning tarbiyaviy ijodiy usullaridan foydala­nish yo‘lga qo‘yilgan. Mediata’lim usullari asosan kiyingi muhum bosqichlarga bo‘li­nadi.

  1. Media-nazariyasi, uning tarixi, struk­turasi hamda tili haqida bilim olish (o‘qitish media-texnologiyasi);

  2. Mediamatnlarni qabul qilishni rivojlantirish «o‘qish, anglash, tasavvurni faollashtirish, xotirani rivojlantirish, fikrni turli usullarini rivojlantirish» (kritik, ijodiy, intuitv hamda obraz yaratish).

Mediata’lim faoliyatini olib borish uchun ma’lum bir profissional bilim ko‘nikma va ko‘rsatgichlariga ega bo‘lish lozim:

  • maxsus yo‘naltirilgan mediata’lim soha­sida nazariy bilimlar hamda eng so‘nggi axborotlarga ega bo‘lish darajasi; motivatsiyalashgan ko‘rsatgich.

Masalan, ta’lim jarayoniga:

  • aqliy;

  • vizual;

  • sensor;

  • audio bo‘lgan faoliyat;

  • tezkor media-ta’lim sohasida metodik ko‘nikmalarini darajasi, masalan, media-manbalarni va ulardagi axborotlarni ijodiy yondashish orqali qabul qilish.

Ularning kelib chiqish sabablarini sharoitlarini va harakatini o‘rganib tahlil etish tashviqotchilik harakatini olib borish va optimal natijani tallash.
Kreativ (ijodiy mediata’lim faoliyatidagi ijodiy fikrlash darajasi) (mobillilik, kommunikativlik, o‘ziga xoslik, tasavvurni rivojlantirish fantaziya kabi xususiyatlarga ega bo‘lish).
Dunyoda mediata’limini ahamiyati turli xalqaro tashkilotlar UNESKO tashkilotining rezolyutsiya hamda tavsiyalarida media-ta’lim muhumligi alohida ta’kidlanib, media-ta’lim rivojlanishini qo‘llab-quvvatlagan (mediaeducation barcha turlari elektron, bosma, grafik, media va boshqalar) hamda turli texnologiyalar bilan uzviy bog‘langan holda rivojlanadi va insonlarni quyidagi faoliyatlarga yo‘naltiradi.

  1. Media-matnlarni tahlil qilish tanqidiy anglash va yaratish.

  2. Media-mahsulotlarni (matn, video-audio) manbalarini topish va ular­ning quyidagi:

  • siyosiy;

  • iqtisodiy;

  • madaniy;

  • iqtisodiy xususiyatlarini aniqlash va ularni asl ma’nosini o‘rganish.

  1. Media-mahsulotlarini tushunish.

  2. Shaxsiy media-mahsulotlarini yaratish tarqatish va ularga qiziqadigan audito­riyaga ega bo‘lish.

  3. O‘rganish hamda yaratgan media mahsulotlarni hayot tarzini aniqlash. Media-ta’lim — bu butun hayot uchun konsep­siyasi deyiladi.


AKT NI DARSNING TURLI BOSQICHLARIDA QO’LLASH VARIANTLARI






Download 14,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish