Umumiy orta talim maktablarida texnologiya darslarida fanlararo integrasiyadan foydalanish imkoniyatlari, mehnat talimi darslarida fanlararo integrasiyadan foydalanishga doir pedagogik-psixologik adabiyotlar, darslik va oquv qollanmalar, ilmiy-uslubiy ishlanmalar va maqolalar tahlil qilindi. Oquvchilarga zamonaviy texnika va texnologiyalar togrisida malumot berish, jarayonlarning mazmun mohiyatini oquvchilarga toliq tushuntirish maqsadida fanlararo aloqadorlik va integratsiyadan orinli foydalanish oquvchilarni berilayotgan malumotlarni mazmunini anglab yetishi va toliq ozlashtirishiga yordam beradi.
Bitiruv malakaviy ishimda texnologiya fanini barcha fanlar bilan bogliqlik tomonlarini ochib berishga harakat qildim va bu bogliqliklar darslikdagi qaysi mavzularga mos tushishini ham yoritishga urindim.
Men ozim tanlagan ushbu bitiruv malakaviy ishimda oz oldimga qoygan maqsadga erishdim va quyidagi asosiy vazifalarni hal etdim:
Integratsiya tushunchasi va uning manolari, olimlarning integratsiyaga bergan tariflari organildi;
Texnologiya fanini boshqa fanlar bilan aloqadorligini organib chiqildi:
Texnologiya darslarida fanlararo integratsiyadan foydalanish imkoniyatlari turli mavzular yordamida yoritib berildi.
Texnologiya mashgulotlarida fanlararo boglanishlardan foydalanishga oid dars ishlanmalari ishlab chiqildi.
Men ushbu bitiruv malakaviy ishini yozish natijasida kopgina malumotlarga ega boldim. Kelajakda oz pedagogik faoliyatimda foydalanaman degan umiddaman.
ILOVA
W W W. pedagog. Uz
TEXNOLOGIYA TALIMI DARSLARIDA CHIZMACHILIK FANIGA OID TUSHUNCHALARNI ORGATISHLARIDA MOZAIKA USULINI QOLLASH
Mehnat talimiga oid amaliy mashgulotlarda biror detal yoki buyumni tayyorlashdan oldan oquvchilarga ularni qanday tuzilishga va korinishga ega ekanligi haqida malumot berish muhim ahamiyatga ega. Bunda har qanday detal yoki buyumning tuzilishi va korinishini tushuntirishda chizmalarning orni beqiyosdir. Shu sababli mehnat talimi darslarida oquvchilarga oldindan chizmachilik fanidagi ayrim tushunchalarni, jumladan, ish chizmasi, eskiz, texnik rasm kabi tushunchalarni berish orinlidir. Bu tushunchalarni oquvchilarga mos holda quyidagicha tariflash mumkin:
1. Buyumning qolda chizilgan yakkol tasviri texnik rasm deyiladi. Bunda aksaiometrik qoidalar asosida buyumning uchta tomoni korsatiladi va buyum qismlari orasidagi mutanosiblik saqlab qolinadi, aniq olcham yoki masshtabga qatiy rioya etilmaydi.
2.Buyumning uchta tekislikdagi korinishini qolda tasvirlanishi eskiz deyiladi. Bunda ham buyum qismlari orasidagi mutanosiblik saqlanadi, biroq aniq olcham yoki mashtabga qatiy rioya etish talab qilinmaydi.
3. Buyumning uchta tekislikdagi korinishi berilgan olcham yoki mashtab asosida chizmachilik asboblari yordamida aniq qatiy tasvirlanishi ish chizmasi deb yuritiladi.
Bunda texnik rasm, eskiz buyum haqida dastlabki tushuncha berishda qollanilsa, ish chizmasidan bevosita buyumni tayyorlashda foydalaniladi. Shuningdek, buyum haqidagi malumotga ham uning chizmasi ilova etiladi. Mazkur tushunchalarni oqituvchi bevosita turli korgazmalardan foydalanilgan, holda bayon qilishi ham mumkin. Bundan tashqari darsda oquvchilarni yanada faollashtirish maqsadida, kichik guruxlarda ishlash usulini qollash yaxshi natija beradi. Bu usulni qollash uchun sinf oquvchilari uch guruxga ajratiladi va mashgulot ham uch bosqichda olib boriladi.
1-bosqichda 1-gurux oquvchilari texnik rasm; 2-gurux oquvchilari eskiz; 3-gurux oquvchilari esa ish chizmasiga oid malumotlarni organadilar, kerakli tasvirlarni chizadilar. Bu - organish bosqichi deyiladi.
2-bosqichda har bir guruxdan bittadan oquvchi ajralib chiqadi va ular ozaro birikib yangi guruxlarni tashkil etadilar. Yangi tashkil etilgan bu guruxdagi oquvchilar birinchi boskichda organgan narsalarni bir-birlariga orgatadilar. Bu - orgatish bosqichi deyiladi.
3-bosqichda oquvchilar 1-boskichdaga oz guruxlariga qaytadan birlashadilar hamda 2-boskichda bajargan ishlari, organgan-orgatganlari yuzasidan ozaro fikr almashadilar. Bu - muhokama boskichi deyiladi (sxemaga karang). Dars oxirida oqituvchi bajarilgan ishlarni tekshiradi va baxo(ball) qoyadi. Bu usulning afzalligi shundaki, oquvchilar qisqa vaqt ichida katta hajmli malumotlarni organish imkoniyatiga ega buladilar. Bir birlariga oz fikrlarini tushuntirish, savol berish, eslatish, muloqot qilish kabilar orqali oquvchilarda mustaqil va ijodiy ishlash malakalari tarkib topadi. Shu sababli malum tayyorgarlik ishlarini bajargandan keyin hajmi kengrok bolgan mavzularni organishda ham bu usuldan foydalanish yaxshi samara beradi. Bu ishlarni yanada qiziqarliroq bolishi uchun guruxlarni nomlash, gurux azolariga turli ranglardagi kartochkalar, belgilardan foydalanish va boshqa shu kabilarni tavsiya etish mumkin. Ish davomida turli rangdagi kartochkalar qollanilganligi uchun ham mazkur usul ayrim adabiyotlarda mozaika usuli deb ham yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |