O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi



Download 104,94 Kb.
bet7/15
Sana29.06.2022
Hajmi104,94 Kb.
#718113
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
ta`lim tizimidagi islohatlar

Taraqqiyotning “O’zbek modeli”Iqtisodiyotni mafkuradan ҳoli etish.Qonunning ustivorligi, jamiyatda qonun oldida barchaning tengligiO’zbekistonda demokratik yangilanishlar jarayonini chuқurlrashtirish va fuqarolarning erkinliklarini tahminlashning g’oyat muhim sharti- bu ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishXokimiyatning uchunchi tarmog’i- sud- ҳuquq tizimini isloҳ qilish va yanada liberallashtirish aloҳida aҳamiyat berishDavlat qurilishi va boshqaruvi soҳasidagi eng muҳim vazifa bu қonunchilik ҳokimiyati bo’lmish parlamentning roli va tahsirini kuchaytirish, tarmoqlari o’rtasidagi muvozanatga erishish
Davlat iqtisodiy o’zgariшlarning tashabbuskori va bosh isloҳotchisi
Tashqi siyosatning ustivor yo’nalishlari
Kuchli ijtimoiy siyosat orgizish
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma- bisqich o’tish
Iqtisodiy isloҳotlarning eng muҳim ustivor vazifalari.
Bozor isloҳotlarini chuqurlashtirish va iqisodiyotniyanada erkinlashtirish
Xususiy tarmoqlarni jadal rivojlantirishni uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini ko’payi
Bank va moliya tizimlaridagi isloҳotlarni chuqurlashtirish
Kichik biznes va fermerlikni rivojlantirish borasidagi ish larni chuqurlashtirish
Uy joy- kommunal xo’jaligini isloҳ qilishga jiddiy e’tibor qaratish
Soliq siyosatini yanada takomillashtirish


II BOB “TA`LIM TIZIMIDAGI ISLOHATLAR- O`ZBEK MODELINIG O`ZIGA XOSLIK OMILI “ MAVZUSIDA ELEKTRON O`QUV MODUL ISHLANMASI
2.1”Ta`lim tizimidagi islohatlar-“o`zbek modeli”ning o`ziga xoslik omili” mavzusida keyslar
Tarix fani ijtimoiy fan bo‘lganligi bois o‘quvchilarni qiziqishini shakllantirish uchun o‘qituvchi ularning shakllanish sharoitini ifodalovchi faktorlarni bilishi lozim. Bunday faktorlarga g‘oyalar, turli yo‘l tutishlar va emotsiyalar kiradi. O‘quvchilarni fanga qiziqishini shakllantirish zaminida ota-onalar talablarini bajarilishi, o‘rta maktabni tugatish, tugatgandan keyin biror kasbni tanlashlariga sabab bo‘lishi va nihoyat jamiyatga foydali shaxs bo‘lib tarbiyalanishiga erishish uchun ko‘p bilim olishi va intilishi lozim. Yuqoridagi fikrlarni amaliy isbotini aks ettirish uchun o‘qituvchi har bir mavzuni o‘qitish jarayonida uning istiqbolini ko‘ra olishi lozim. Buning uchun oldindan olingan bilimlarga tayanishi va kelajakda uning davomiyligini ta’minlanishini e’tiborga olishi lozim. Masalan, O'zbekiston sanoati va qishloq xo'jaligi front xizmatida mavzusini o‘rta maktab sharoitida 10 sinflarda o‘tiladi. Tarix fanini o‘rgatayotgan o‘qituvchilarga dars jarayonlarida to‘htalib o‘tmog‘i lozim.
Kasb-xunar maktablarida esa, tarix fanining o‘qitish metodikasining vazifalaridan biri kasbga oid tarix ma’lumotlarlarni tarix kursi mazmuniga kiritish orqali o‘quvchilarning ham fanni o‘rganishga, ham kasbni egallashga bo‘lgan qiziqishini oshirish, natijada ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ularning ongiga doimo tarix bilimlarini, hodisalarining o‘zaro bog‘liqligini singdirib borishda, kasbga doir bilimlarini chuqurlashtirishdan iboratdir. Bu esa, tarix fanini o‘rganish orqali berilayotgan bilimlarni uzviylashtirish bilim va hodisalarning ular orasidagi bog‘lanishni ham ochib berishda asosiy rolni o’ynaydi. To‘g‘ri o‘rnatilgan bog‘lanish bir mavzuni ikkinchisi to‘ldirib borishi, ularning bir biridan ajralib qolmasligini ta’minlaydi. Mavzular o‘zaro yaxshi bog‘lanmasa, o‘quvchi olam hodisalari bilan, to‘qnashganda uning oldida ojiz bo‘lib qoladi. O‘qitishda sistemalilik va ketma-ketlik prinsipiga ko‘ra bilimlarni ilmiy asoslangan holda o‘rgatilishi, har bir o‘rganiladigan material avval o‘rganilganlariga asoslanishi, kelajakda o‘rganiladiganlarga imkoniyat tug‘diradigan bo‘lishi va amaliyot bilan mustahkamlanishi kerak.
Kasb-xunar ta’limi tarix fanini o‘qitishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
1. o‘quvchilarni umumta’lim bilimlariga;
2. Fan texnika taraqqiyotiga;
3. Didaktika prinsiplariga;
4. Hodisalarni o‘rganish vaqtida tarixi bilimlarning chuqurlashib va rivojlanib borishiga;
5. Tarix fani bo‘yicha olinadigan bilimlar asosida hodisalar bog‘lanishini ko‘rsatib berishiga;
6. O‘quvchilar ma’lum sistemada kasbiy bilimlarni olishlarida va uning amaliy tadbiqlari bilan tanishishlarida tarix fanining o‘rniga;
7. O‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirib borishiga to‘g‘ri va mos kelishiga.
KXM o‘qituvchilari tarix fanini o‘qitish uchun mavzulararo bog‘liqlik va moslikning uzviyligini amalga oshirishda quyidagi yo‘nalishlarga ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Tarix fanini mazmunan o‘rganishning uzviyligini aniqlash. Bu muvofiqlik shunday bo‘lishi kerakki, bir mavzuning o‘rganilishi bevosita ikkinchisi uchun zamin tayyorlashi bilan birga, ko‘prik vazifasini o‘tashi ta’minlash.
2. Tarix fanini bo‘limiga oid tushunchalar va malakalarni shakllantirishda uzviylikni vujudga keltirish.
3. Umumiy tushuncha va malakalarni shakllantirishda bir xil yondoshuvni vujudga keltirish. Masalan, o‘quvchilarda ko‘pgina fanlar uchun umumiy hisoblangan o‘quv adabiyotlari bilan malakalarni shakllantirishda umumiy yondoshuvni vujudga keltirish.
4. O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish.
5. Turli fanlarda qo‘llaniladigan tadqiqot uslublarining umumiyligini ko‘rsatish.
6. Turli o‘quv fanlari darslarida o‘rganiladigan bir xil masalalarni o‘quvchilarning o‘qishga munosabatiga salbiy ta’sir etmasligi uchun o‘rindoshlarni joylashtirish.
O‘quv jarayonida Tarix fanini uzviyligini amalga oshirishning quyidagi usullarini ko‘rsatib o‘tamiz:
1. Tarix darslarida o‘rganilayotgan ma’lumotlarini ilgari o‘rganilgan hodisa bilan o‘zaro aloqasini ko‘rsatish.
2. Tarix fanini o‘rganishda ilgari boshqa fanda(tabiat, botanika, geografiya, biologiya, kimyo...) o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarga tayanish.
3. Eksperimental harakterdagi masalalarni yechish.
4. Mavzu doirasidagi amaliy ishlarni bajarish.
Tarix fani bo‘limini uzviylik tamoyili orqali o‘rgatish, tarix fani kursini kasb-xunar maktablarida o‘qitishning izchilligini ta’minlaydi, fanni o‘rganishda o‘quvchilarda yuzaga keladigan psixologik bar’erni yuqotadi, o‘quvchilarni fanni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada ortiradi.
Shu bois kasb-xunar maktablari o‘qituvchilari o‘quvchilarning bevosita qaysi yo‘nalishda(tibbiyot, qurilish, oziq-ovqat, injener, tikuvchilik, shafyor va ...) faoliyatlarini davom ettirishlaridan qat’iy nazar tarixiy elementlariga duch kelishi va u bilan muloqot o‘rnatishi muqarrar ekanini xis ettira olishi lozim. Buning uchun esa, umumta’lim maktabi o‘qituvchilari bu zanjirni boshlab berishlari ya’ni, 5-sinfda boshlang‘ich ma’lumotlar berishlari, 9-sinfda esa nazariy asosini etkazishlari va nihoyat kasb- xunar kollejlarida esa, xodisalarni nazariy asosi yanada mustaxkamlanishi va chuqurlashtirilishi va texnika va turmushda keng qo‘llanilishiga keng e’tibor berib, uning davomiyligini ta’minlagan holda bilim berilishi kelajakda o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan kadrlar jamiyatga kirib kelishiga asos yaratgan bo‘ladi.
Ta’lim metodlari muayyan pedagogik jarayondan ko’zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun bajarish lozim bo’lgan vazifalarii amalga oshirishda qo’llaniladigan turli-tuman ish usullari va shakllarini o’z ichiga oladi. Bu ishlarni amalga oshirishning shakllangan va amaliyotda qo’llanilayotgan har turli usullari va shakllari asosida ko’plab ta’lim metodlari hosil bo’lgan va bu jarayon davom etmoqda.

Download 104,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish