To’g’ri o’tirish. Belingizda ahyon-ahyonda bo‘lsa-da og'riq sezsangiz, to'g'ri o‘tirishni o‘rganishingiz zarur, yumshoq mebelni tanlamang. Qattiq stul yuki kursida o‘tiring, shunda gavdangizning og‘irligi umurtqa pog‘onasiga tushmaydi.
Mebelga bo‘lgan talablar:
I- Oyoqlar polda turishi uchun stulning balandligi tizzalarning uzunligiga mos kelishi lozim.
I- Bo'yi pastlar oyoqlari tagiga kurscha qo'yib olganlari ma'qul.
I- Oyoqlaringiz bukilib qolmasligi uchun stol tagida yetarlicha joy bo'lishi kerak.
I- Oyoq uchlari va tovonlar polda tekis tursin.
Do'stlaringiz bilan baham: |