Ko’zlar toliqmasligi uchun: Ekrandagi tasvir ravshanligi ko‘nglingizdagiday bo‘lishiga erishishga harakat qiling, bunda imkon boricha ekran aniqligi va kontrastlikni o‘zingizga moslab oling. Ekran displeyiga chiroq nuri, turli akslar tushmasligi uchun uni shiftdagi chiroq tagiga emas, balki derazalarga to‘g‘ri burchak ostida joylashtirish kerak. Krasnodar o‘lkasining bosh oftalmologi, tibbiyot fanlari doktori E.I.Volik maqolasidan parchalar keltiramiz. Ko‘zlaringizni komp‘yuterdan himoya qiling! Ko‘zlarning ravshanlik darajasi va komp‘yuter bilan ishlash o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Misol uchun, birinchi bor 2001- yilda amalga Komp‘yuter ko‘rish Sindromi (Computer Vision Syndrome, CVS) atamasini kiritgan Amerika oftalmologlar assotsiatsiyasining maoruzasini olaylik. Bu maoruzada sindromning paydo bo‘lish sabablari va uning oqibatlari haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. Oftalmolog - olimlarning fikriga ko'ra, ko‘p vaqtni komp‘yuter ekrani oldida o‘tkazadigan odamlarda ko‘rish qobiliyatining o‘ziga xos buzilishi hollari vujudga keladi.
Ya‘ni:
ko‘rish qobiliyati pasayadi;
yaqindan uzoqqa va aksincha uzoqdan yaqinga nigohini qaratish qobiliyati pasayadi ( akkomodasiya izdan chiqadi);
bitta narsa ko‘zga ikkita bo‘lib ko‘rinadi;
kitob o‘qiyotganda ko‘zlar tez charchaydi;
ko‘zlar achishadi;
ko‘z va peshonada og‘riq paydo bo‘ladi;
ko‘zlar harakat qilganida og‘riydi;
ko‘zlar atrofi qizaradi va shishadi.
Ba‘zi odamlarda ekran oldida to‘xtovsiz 2 soat davomida ishlaganlaridan so‘ng, ko‘pchilikda 4 soat, deyarli barchada 6 soatdan so‘ng CVS sindromi paydo bo‘ladi. Olimlar komp‘yuter ekrani oldida uzoq vaqt ishlash natijasida CVA sindromi vujudga kelishidan tashqari ko‘rish qobiliyati pasayishini ( yoki ilgari ham ko‘rish qobiliyati past bo‘lganlariniki yanada pasayib ketishi) ham taokidlaydilar. Ayniqsa, komp‘yuter grafikasi bilan shug‘ullanish davrida ko‘rish qobiliyati vaqtincha pasayadi. Tadqiqodchi olimlarning xulosasiga ko‘ra, insonning ko‘rish qobiliyati komp ‘yuterdagi tasvir bilan ishlash uchun moslashmagan. Monitoringiz ekranidagi tasvirlarning alohida belgilarini aytib o‘taylik:
u o‘zidan nur taratadi, tasvir aks etmaydi;
kontrastlik past, yoritilgan xona uni yanada pasaytiradi;
tasvir to‘xtovsiz emas, diskret nuqta-piksellardan iborat;
tasvir lipillaydi, ya‘ni nuqtalar maolum bir chastotada yonadi va o‘chadi;
aniq chegarasi yo‘q, chunki piksel asta-sekinlik bilan fonga o‘tib ketadi.
Komp‘yuterlarning inson ko‘ziga zararli taosiri ular paydo bo‘lganidayoq maolum bo‘lgan. Monitor oldida bir necha soat o‘tirib ishlagandayoq ko‘zlar charchar, qizarib ketar va yoshlanar edi. So‘ngra boshda og‘riq paydo bo‘lar edi. Ko‘zlari uzoqni ko‘ra olmaydigan, astigmatizmi bor, yaqinni ko‘ra olmaydigan xodimlarning ko‘rish qobiliyati keskin pasayib ketdi, ular tez-tez ko‘zoynaklarini almashtirar, so‘ngra asta-sekin nogironlarga aylanib borar edilar. Ilgari ko‘rish qobiliyatining pastligidan nolimaydiganlar esa endi ko‘zoynak taqa boshlar va yuqoridagilar qatoridan joy olar edilar. Diqqat: Ko‘z xirurglari bugungi kunda ham zamonaviy komp‘yuterlar yillar davomida muvofiqlashtirilgan ekanligiga qaramay, ko‘zlari operatsiya qilingan odamlarga 2-3 oy davomida kopmputer bilan ishlashni
taoqiqlaydilar. Ko‘zlarning haddan ziyod zo‘riqishi operatsiya qilingan ko‘zga salbiy ta‘sir qilishi mumkin. Ilova: Manba:www.medlinks.ru.
Xonani tanlash. Xona keng, meoyorida yoritilgan va havosi oson almashtiriladigan bo‘lishi kerak. Yorqin quyosh nurlari monitorga salbiy taosir etadi. Qorong‘i xonada faqat ish joyini yoritish ham maqsadga muvofiq emasdir.Stolni shunday joylashtiring-ki, deraza oynasi qarshingizda bo‘lmasin. Agar buning iloji bo‘lmasa, u holda qalin parda yoki jalyuzi sotib oling, shunda derazadan tushayotgan yorug‘lik sizga xalal bermaydi. Agar oyna yon tomonda bo‘lsa, yana parda yoki jalyuzi joningizga oro kiritadi.
Chang va issiqliq salomatlikka putur yetkazibgina qolmay, texnikaga ham yomon taosir o‘tkazadi, shuning uchun xonaga konditsioner o‘rnatgan ma‘qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |