O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


Sanoat tovar belgilarining turlari va ularga talabnoma tuzish



Download 10,25 Mb.
bet68/134
Sana20.04.2022
Hajmi10,25 Mb.
#566355
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   134
Bog'liq
Innavatsion iqtisodiyot uum 2021

Sanoat tovar belgilarining turlari va ularga talabnoma tuzish

Talabnoma hujjatlariga qo‘yiladigan asosiy talablarni o‘z ichiga oladi.
1. Buyum, maket, rasm fotosuratlari to‘plami.
Buyumning tashqi ko‘rinishini aks yettiruvchi fotosuratlar talabnoma berilgan sanoat namunasi to‘g‘risidagi tasviriy axborotni o‘z ichiga olgan asosiy hujjatdir.
Sanoat namunasining tavsifi.
Sanoat namunasining tavsifi quyidagicha tuzilishi kerak:
• Sanoat namunasining nomi.
• Vazifasi va qo‘llanish sohasi.
• Sanoat namunasining alaloglari.
• sanoat namunasini tasvirlovchi fotosuratlar va boshqa taqdim etiladigan materiallar ro‘yxati.
• Sanoat namunasining mohiyati.
• sanoat namunasini ko‘p marta qayta ishlab chiqarish imkoniyati.
• Sanoat namunasining muhim belgilari (alomatlari) ro‘yxati.
Sanoat namunasi umumiy ko‘rinishining chizmasi namunani mohiyatini ochib berish va uning o‘lchamlari, mutanosiblik nisbatlarini aniqlash uchun zarur bo‘lgan hollarda taqdim etiladi.
“Sanoat tovar belgilarining turlari va ularga talabnoma yozishda ko‘pchilik firmalar bozor iqtisodiyoti sharoitida “xudbinlik” qilishga moyildir. Bu bilan biz tovar belgilarini belgilashda xalqaro huquq normalari bilan hisoblashishda buzg‘unchilikning uchrashi va talabnoma yozishda olib borilgan IIRning natijasiga tayangan holda bo‘limlarni kiritishda og‘ishishlar borligiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz”67.
Agar talabnoma berilgan sanoat namunasi ergonomik jihatdan qayta ishlashni ko‘zda tutadigan buyumga oid bo‘lsa, shuningdek, ushbu buyumning ergonomik sxemasi ham taqdim etiladi.
Tovar belgilarini huquqiy muhofaza qilmasdan madaniy bozor munosabatlarini o‘rnatish mumkin yemas. Intellektual mulk obekti sifatida tovar belgisining o‘ziga xos xususiyati uning tovar va xizmatlar bozoridagi bajaradigan roli bilan tushuntiriladi.
Tovar belgisi (yoki xizmat ko‘rsatish belgisi) fuqarolik muomalasi ishtirokchilari va ular ishlab chiqaradigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni xususiy alomatlarni aks yettiruvchi (individuallashtirish) uchun xizmat qiladigan belgidir.
O‘zbekistonda tovar belgilari bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan munosabatlar “Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi. Tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi)ning huquqiy muhofazasi u ro‘yxatga olinishi bilan yuzaga keladi.
Qonunga muvofiq quyidagi belgilar tovar belgisi sifatida ro‘yxatga olinishi mumkin:
• so‘zlar yoki harflar birikmasidan iborat bo‘lgan so‘z bilan ifodalanadigan belgilar;
• tasviriy belgilar–liniyalar kompozistiyasi, istalgan shakldagi figuralarning tekislikdagi soyasi shaklidagi;
• hajmiy belgilar – uch o‘lchamli fazodagi figuralar (liniyalar) yoki ularning kompozistiyasi shaklidagi;
aralash-tasviriy, so‘zli, hajmiy harakterdagi elementlarning kombinatsiyasidan iborat va hokazo.
Tovar belgisi istalgan rangda yoki ranglar birligida ro‘yxatga olinishi mumkin.
Talabnoma beruvchi o‘z tovar belgisini ishlab chiqarishda qanday asosiy tamoyillarga amal qilishi zarur. Odatda tovar belgisi quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi zarur:
• ifodalik va ma’nodorlik (o‘ziga xoslik), ya’ni tovar belgisi uni boshqalardan ajratib turuvchi belgiga ega bo‘lishi, oson ko‘chirilishi, (so‘z bilin ifodalangan tovar belgilari uchun) va yodda qolishi kerak;
qisqa va aniqlik, ya’ni tovar belgisi qisqa bo‘lishi (so‘zli belgilar uchun) va tasvir elementlari soni haddan tashqari ko‘payib ketmasligi (tasviriy belgilar uchun) kerak;
• estetiklik, ya’ni tovar belgisi idrok etilishi bo‘yicha zamonaviy va tushunarli hamda ko‘rgazmali bo‘lishi kerak;
• barqarorlik (uzoq muddatlilik), ya’ni tovar belgisi uzoq muddat, hatto mahsulot assortimeni o‘zgargan hollarda ham foydalanish uchun yaroqli bo‘lishi kerak;
• tasavvur u yotadigan, ya’ni tovar belgisi iste’molchidan tovar yoki uning biror-bir xususiyati to‘g‘risida tasavvur hosil qilishi zarur.
Bundan tashqari, so‘z bilan ifodalanadigan tovar belgisi uchun yangi bo‘lishi bilan birga, ohangdorligi va talaffuzi qulay bo‘lishi ham zarur sifatlardan hisoblandi.
Shuni qayd etish zarurki, tasviriy tovar belgisi uchun turli-tuman ranglarning uyg‘unligi, uning o‘ziga xosligini, kishilarni o‘ziga jalb etishi va farqlanuvchi qobiliyatini oshiradi. Shu bilan birga rang so‘zlar bilan ifodalangan, hajmi va qo‘shma tovar belgilari uchun ham muhimdir.



Download 10,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish