Takrorlash uchun savollar
1. Innovatsiya faoliyatiga davlatning faol aralashuv strategiyasining maqsadi nimadan iborat?
2. Ilmiy faolliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini tushuntiring?
3. Ilmiy-texnik raqobat nima?
4. Innovatorlar mehnatini rag‘batlantirish deganda nimani tushunasiz?
5. Halqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘llarini aytib bering?
9-Mavzu. Intellektual kapital, intellektual mulkni shakllantirish va boshqarish
Reja:
9.1. “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
9.2. Patent huquqining rivojlanish tarixi.
9.3. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida intellektual mulkni O‘zbekistonda muhofazalash
9.4. Butun jahon intellektual mulk tashkiloti.
9.1. “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 1996-yil 30 avgust (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 135-modda) qabul qilingan.
I. Umumiy qoidalar.
1-modda. Asosiy tushunchalar.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
«Muallif» — ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy shaxs;
«Yozuv» — ovozlar va (yoki) tasvirlarning ularni texnikaviy vositalar yordamida qayta-qayta idrok etish, takrorlash yoki uzatish imkonini beradigan biror-bir moddiy shakldagi mujassami;
«Ijrochi» — aktyor, qo‘shiqchi, musiqachi, raqqos yoki rol o‘ynaydigan, o‘qiydigan, ifodali o‘qiydigan, musiqa asbobini chaladigan yohud adabiyot yoki san’at asarnni (shu jumladan yestrada, stirk yoki qo‘irchoqli nomerni) boshqa bir tarzda ijro etadigan shaxs, shuningdek spektaklning sahnalashtiruvchi rejissyori va dirijor;
«E’lon qilish (oshkor qilish, chop etish)» – ommaning oqilona talab-ehtiyojlarini qondirish uchun hamda asarning, fonogrammaning xususiyatidan kelib chikqani holda asar, fonogramma nusxalarini muomalaga yetarli miqdorda chiqarish;
«Manzarali amaliy san’ag asarlari» – amalda foydalaniladigan buyumlarga ko‘chirilgan ikki o‘lchovli yoki uch o‘lchovli san’at asari, shu jumladan, badiiy hunarmandchilik asari yoki sanoat yo‘li bilan tayyorlanadigan asar;
«Fonogramma» — biron-bir ijro yoki boshqa ovozlarning har qanday mutloqo ovozli yozuvi;
«Asar nusxasi» — asarning har qanday moddiy shaklda tayyorlangan ko‘chirmasi;
«Fonogramma nusxasi» — fonogrammadan bevosita yoki bilvosita tayyorlangan va shu fonogrammaga jo bo‘lgan ovozlarning hammasinn yoki bir qismini qamrab olgan har qanday moddiy jismdagi fonogramma ko‘chirmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |