O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti



Download 10,25 Mb.
bet33/134
Sana20.04.2022
Hajmi10,25 Mb.
#566355
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   134
Bog'liq
Innavatsion iqtisodiyot uum 2021

Takrorlash uchun savollar
1. Korxonaning innovatsion salohiyatiga ta’rif bering.
2.Innovatsiyalarning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni qanday.
3.Innovatsiyalarni moliyalashtirish manbalarini sanab bering.
6-Mavzu. Innovatsiyalarning sohalar bo‘yicha turlari

Reja:
6.1. Xizmatlar sohasidagi innovatsiyalar


6.2. Marketing innovatsiyalari
6.3. Narxlarni shakllantirishdagi innovatsiyalar
6.4. Tashkiliy va biznesni yuritishdagi innovatsiyalar


Tayanch iboralar: xizmatlar innovatsiyalari, marketing innovatsiyalari, narxlarni shakllantirishdagi innovatsiyalar, tashkiliy va biznesni yuritishdagi innovatsiyalar.


6.1. Xizmatlar sohasidagi innovatsiyalar

Xizmatlar sohasidagi mahsulotlar bo‘yicha innovatsiyalar o‘z ichiga quyidagilarni oladi: prinsipial jihatdan yangi xizmatlarni ishlab chiqish va joriy etish; mavjud xizmatlarga yangi funksiyalar va xususiyatlar qo‘shish orqali uni takomillashtirish; xizmatlar bilan ta’minlashda (masalan, ularning samaradorligi va tezligi nuqtai-nazaridan) sezilarli darajada yaxshilanishlar.


“Xizmatlar sohasidagi jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalar xizmatlarni ishlab chiqarish va taqdim etishning yangi yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan usullarini ishlab chiqish va joriy etishni o‘z ichiga oladi”40.
Quyidagi o‘zgartirishlar, agar ular yangi yoki sezilarli yaxshilangan xizmatlarni, ularni ishlab chiqarish va yetkazib berish usullarini joriy etishga bevosita bog‘liq bo‘lmasa, texnologik innovatsiyalar hisoblanmaydi:
• tashkiliy va boshqarish bo‘yicha o‘zgartirishlar (jumladan: boshqarishning ilg‘or usullariga o‘tish, jiddiy o‘zgartirilgan tashkiliy tuzilishni joriy etish, tashkilotning iqtisodiy strategiyasida yangi yoki sezilarli o‘zgartirilgan yo‘nalishlarni amalga oshirish);
• sifat standartlarini joriy etish.


6.2. Marketing innovatsiyalari

Marketing innovatsiyalari deganda yangi yoki sezilarli yaxshilangan marketing uslublarini joriy etish tushuniladi. Bular o‘z ichiga: mahsulotlarning dizayni va qadoqlanishida jiddiy o‘zgartirishlar; mahsulotlarni sotish va taqdimoti bo‘yicha, shuningdek ularni bozorlarga tanitish va olg‘a siljitish bo‘yicha yangi uslublardan foydalanish; yangi narx strategiyalarini shakllantirishni oladi. Bu o‘zgartirishlar mahsulot iste’molchilarining ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga, sotish hajmini ko‘paytirish maqsadida mahsulotlar va xizmatlar iste’molchilarining tarkibini kengaytirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Mahsulot dizaynidagi o‘zgartirishlar yangi marketing konsepsiyasining bir qismi bo‘lib, ular mahsulotning shakli va tashqi ko‘rinishidagi o‘zgartirishlarni o‘z ichiga oladi. Bular mahsulotning funksional va foydalanish xususiyalariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Shuningdek, bunday o‘zgartirishlarga qadoqlanishi tashqi ko‘rinishini ta’riflab beruvchi iste’mol mahsulotlari, ichimliklar, yuvish vositalari kabi mahsulotlarning qadog‘idagi o‘zgartirishlar ham kiradi.


Mahsulotlarni sotish va taqdimoti bo‘yicha yangi uslublardan foydalanish sotishni kengaytirish bilan bog‘liqdir. Bunga logistika (xomashyo, tarkibiy qismlar va tayyor mahsulolarni tashish va omborxonalarda saqlashni boshqarish) uslublari kirmaydi. Mahsulot (xizmat)larni bozorga tanitish va olib chiqishning yangi uslublaridan foydalanish tashkilotning mahsulot va xizmatlarini olib chiqish uchun yangi konsepsiyalardan foydalanishni anglatadi.



Download 10,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish