O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


Respublikada sanoat- tarmoqlarining iqtisodiy o‘sishdagi ustuvor vazifalari



Download 10,25 Mb.
bet29/134
Sana20.04.2022
Hajmi10,25 Mb.
#566355
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   134
Bog'liq
Innavatsion iqtisodiyot uum 2021

5.4. Respublikada sanoat- tarmoqlarining iqtisodiy o‘sishdagi ustuvor vazifalari
Mustaqillik yillarida iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimida chuqur sifatiy o‘zgarishlar amalga oshirildi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi innovatsiya xisobiga yangilandi. Mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rni va mavqei toboro mustahkamlanib bormoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion islohotlar, tub yangilanishlarni modernizatsiya qilinishi hisoblanib, u makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, korxonalarni yangi texnologiyalar bilan jihozlash, iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini oshirishga asoslanadi. Ushbu jarayon, shubhasiz mamlakatning innovatsion, iqtisodiy salohiyatini oshirish bilan bir paytda, undan unumli foydalanishni nazarda tutadi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek “Ushbu siyosat, avvalo, mamlakatning iqtisodiy qudratini yanada mustahkamlash, boy tabiiy, xom ashyo va mehnat resurslari, intelektual va ilmiy-texnikaviy salohiyatimizdan to‘la va samarali foydalanishga yo‘naltirilgan bo‘lishi darkor.
Darhaqiqat mamlakatning jahon xo‘jalik tizimiga faol kirib borishi, iqtisodiyotning ochiqligini kengaytirish va erkinlashtirish, innovatsiya asosida modernizatsiya qilish sharoitida O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni barqaror sur’atlarni ta’minlashga alohida ahamiyat berilishini taqazo etadi. Ushbu vazifalarning amalga oshirilishi O‘zbekiston uchun hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida milliy iqtisodiyotda sanoatinnovatsion rivojlanish strategiyasi iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va modernizatsiya qilish, mahsulotlarning raqobatli turlarini ishlab chiqarish va tovarlar eksportini o‘stirish uchun sharoitlar yaratishni ta’minlashi hozirgi kunning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatda iqtisodiyotning tashqi omillarga ta’sirchanligini kamaytirish uchun yuqori texnologiyali ishlab chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Innovatsion jarayonni amalga oshrishdan maqsad investitsiyalashtirishning sifat o‘zgarishini ta’minlagan holda sub’ektlar olayotgan foyda o‘sib borishiga erishishdan iborat. Chunki har qanday iqtisodiy jarayon ishlab chiqarish jarayonidagi ishlab chiqarish resurslarini iqtisodiy mahsulotlarga aylantirish bilan bog‘liq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin raqobatga sub’ektlar o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar bilan bardoshli bo‘lishlarini, mavjud resurslarni iqtisodiy mahsulotlarga aylantirishda ilg‘or ishlab chiqarish texnika va texnologiyalariga asoslanishni talab etuvchi bu jaraen uchun ma’lum vakt zarur. Bu vaktni tejash ham innovatsion yutuqlarga va ularni qo‘llash darajasiga bog‘liq.
Innovatsion mablag‘larni ishlab chiqarishga sarflash, ishlab chiqarish omillariga aylanishida ular ikki xil xususiyatga ega ekanligini ko‘rish mumkin. Innovatsion investitsiya mablag‘larining asosiy qismi yangi ishlab chiqarish binolarini, ishlab chiqarish vositalarini xozirgi zamon fan va texnika yutukdari asosida tashkil etishga bog‘liq bo‘lsa, kolgan kismi ishlab chikarish uchun zarur bo‘lgan yangi xom ashyolarni yaratish bilan bogliq bo‘ladi. Ishyuvatsion investitsiya mablaglarining ishlab iqarish vositalarida ifodalangan kismi qiymatlari uzok muddatlarda amortizatsiya| mablag‘lari orqali koplanishi innovatsion jarayonlarni bozor talablari asosida kisqa muddatlarda yangilashda ma’lum kiyinchiliklar tug‘diradi. Xom ashyolarda innovatsion investitsiya mablaglaridan foydalanish biroz yengilroq. chunki bu innovatsion mablag‘larning doiraviy harakati birmuncha tezdir,
Innovatsion investitsiyalashtirish bazisli, ya’ni fundamental innovatsion investitsiyalashtirishga, innovatsion jarayonlarni yaxshilash bilan bogliq investitsion innovatsionga, qisman yangilanishga asoslangan innovatsion investitsiya xarajatlariga bo‘linadi. Bazisli innovatsion investitsiya xarajatlari asosan ilm-fan va texnika taraqqiyotidagi yuqori darajali yutuqlarda, yangi texnika va ishlab chikarish texnologiyalari; innovatsion jarayonni yaxshilash bilan bogliq bo‘lgan investitsiya esa asosan o‘rtacha ahamiyatga ega ishlab chiqarishga aloqador bo‘lib, u fan va texnikanint mukobil rivojlanish davrida o‘rtacha doirada yangiliklarni kashf etish va ularni tatbiq qilishda, jismoniy va ma’naviy jihatdan iktisodiy ahamiyatini yo‘kotgan texnika va texnologiyalar ma’lum darajada qisqa muddatlarda takomillashtirilishida ifodalanadi.Bu holat fikrimizcha, kalbakilashtirilgan innovatsion jarayonni ifoda etadi.

Download 10,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish