11-mavzu. O‘zbekiston milliy innovatsion tizimi
O‘zbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishning dolzarbliligi. Bilim, yaratish va innovatsiya iqtisodiy tizim raqobatbardoshligini ta’minlashning bosh omili sifatida. Mamlakatning innovatsion rivojlanishini belgilovchi ko‘rsatkichlar tizimi. Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi. Ishlab chiqarishni nomoddiy omillar orqali rivojlantirish. O‘zbekistonning jahon bozoridagi fan sig‘imi yuqori mahsulotlardagi roli va o‘rni. O‘zbekistonning milliy innovatsion tizimi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining milliy innovatsion tizimdagi roli. Innovatsiyalarni moliyalashtirish manbalari. Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi, uni tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha muvofiqlashgan ishchi guruhi. Innovatsion faoliyatni axborot ta’minoti. Kadrlar ta’minoti. Davlat ilmiy texnik dasturi va uni bajarilishini muvofiqlashtirish va manitoring tizimi. Qonunchilik. Intellektual mulk xuquqini himoyalash tizimi.
12-mavzu. Innovatsion marketingda tovar va xizmatlarni strategik yo‘nalishlari
Ilmiy-texnik ishlanmalar va texnologiyalarni tijoratlashtirishning asosiy strategiyasi. Ilmiy natija va ishlanmalarni tijoratlashtirish shakllari. Ilmiy texnika ishlanmalarini baholash mezonlari. Innovatsion mahsulotlar bozorida narxning shakllanishi va ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar. Ilmiy maslahatlar, ilmiy maqolalar, ta’lim xizmatlari, buyurtmalar asosida ilmiy tadqiqot ishlari bajarish, qo‘shma loyihalar, funtamental va amaliy ishlanmalar, pedogogik grantlar. Ilmiy tadqiqot va texnologik hujjatlarni tijoratlashtirish tizimi va ularning huquqiy muhofazasi. Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar yarmarkalarini tashkil qilish va ilmiy texnika ishlanmalarini tijoratlashtirish. Innovatsiya bozorida raqobatchilar ta’sirini bashoratlash va raqobatni bartaraf etish choralari.
13-mavzu. Ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va litsenziyalash
Ilmiy kashfiyotlarning mohiyati va asosiy turlari. Ilmiy kashfiyot ustunligi. Kashfiyotlarni aniqlash. Ixtiro va litsenziyalash. Intellektual faoliyat. Yangi g‘oya. Texnik yechim. Intellektual mulk innovatsion loyihalarni boshqarishning o‘ziga xos ob’ekti sifatida. Intellektual mulk, texnologiya va litsenziyalar bozori. Intellektual mulkning himoyalanganlik darajasi va uning turlari. Ixtiro, ilmiy kashfiyotlarni innovatsiyalashtirish strategiyasi va ular bo‘yicha to‘lovlar tartibi. Mualliflik huquqi, tijorat sirlari va ularning turkumlanishi. Patent davlat nomidan sanoat mulki ob’ektiga beriladigan va muayyan hududda muayyan vaqt oralig‘ida amal qiladigan muhofaza hujjati sifatida. Ixtiroga O‘zbekiston Respublikasida patent va litsenziya berish uchun talabnoma tuzish qoidalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |